KUTUBXONA
Muallif: admin
“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi
3-dekabrdan “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi. Joriy yilning 3-15 dekabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar doirasida “Yangi […]
03.12.2024 | 12:39
555
“BOBURNOMA” DANTE DIYORIDA
Tahririyatdan: Yaqinda Italiyaning tarixiy ilmiy-ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlaridan biri “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarini ilk bor italyan tilida ommaviy tirajda chop etdi. Sohibqiron Amir Temurning avlodi Bobur Mirzo hassos shoir, qomusiy olim, atoqli davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida o‘zidan takrorlanmas va boy ijodiy-ilmiy meros qoldirgani barchaga ma’lum. […]
03.12.2024 | 10:19
377
SHE’RIYATGA OSHNO MATEMATIK
Bu yil taniqli matematik olim, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi To‘xtamurod Jo‘rayev tavalludining 90 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan yaqinda u kishining ibratli hayot yo‘li, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari xususida muxtasar ma’lumot beruvchi “Orzular ushalgan umr” deb nomlangan to‘plam chop etildi. Ushbu kitobga serqirra olimning hamkasblari, zamondoshlari, shogirdlari va oila a’zolari yozgan […]
03.12.2024 | 10:03
257
MA’NAVIY EKSPERTIZA – QONUN TALABI!
“So‘z erkinligi madaniyatsizlik bazmi emas!” maqolasini o‘qib Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekistonda mediamahsulotlar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazilishi tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi ma’lumoti yuzasidan internet saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiyga qaraganda ko‘proq tanqidiy fikrlar bildirilmoqda. Xususan, “Facebook”dagi bir faol ishtirokchining sahifasida bu “qip-qizil senzura”, so‘z va ijod erkinligiga tahdid deb baholanib, “Ma’naviyat markazi o‘zining harakatlari qaysi qonun, Konstitutsiya […]
03.12.2024 | 09:37
370
Asosiy
Erkin Vohidov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Shunday dargohlardan biri – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz. Bu ijodkorlar yosh jihatdan hali kichik bo’lsa-da, she’rlariga o’zgacha, yangi, takrorlanmas tashbehlar topishga erishgan, va hamon izlanishda. Katta adabiyot ostonasiga mardona qadam qo’yib […]
02.12.2024 | 17:53
1526
MЕTAFORA
«Metafora» atamasining bir necha ma’nolari mavjud. Adabiyotda ushbu atama tilning tasviriy-ifodaviy vositalaridan biri sifatida qo‘llaniladi, ya’ni biror so‘z yoki iboraning boshqasi o‘rnida qo‘llanilishi yoki yashirin qiyoslashga nisbatan aytiladi. Tasviriy san’atda esa «metafora» – kutilgan vizual elementning kutilmagan, biroq u bilan yashirin o‘xshashlikka ega bo‘lgan unsur bilan almashtirilishiga nisbatan ta’kidlanadi. Metafora yunoncha μεταφορά so‘zidan olingan bo‘lib, […]
02.12.2024 | 15:53
429
OMONATGA XIYONAT KECHIRILMAYDI
“Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘lyapti.” Aholi uchun farovon va xavfsiz, barqaror turmush tarzini yaratish, albatta, bosh masala. Biroq bunda taraqqiyot mezonlari sifatida sog‘lom ekologik muhit yaratish g‘oyasiga e’tibor qilmaslik mumkin emas. Chunki tabiat muvozanati buzilgan joyda hech qanday amaliyot samara bermaydi. Atmosferaning ifloslanishi, […]
02.12.2024 | 13:34
558
Rasul Hamzatovning «Tanlangan asarlar»i chop etildi
«Adabiyot» nashriyoti tomonidan taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning «Tanlangan asarlar» kitobi chop etildi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi. Kitobda «Mening Dog‘istonim» badiasi, «Onalarni asrang» dostoni, shuningdek, kitobga zamondosh adiblarning Rasul Hamzatov haqidagi e’tiroflari, shoirning «o‘zim haqimda uch og‘iz so‘z» tarjimayi holi va yosh kitobxonlarga ma’lumot berish maqsadida, tarjimonning adib haqidagi maqolasi […]
02.12.2024 | 13:01
589
IKKI POYTAXTNING YAKDIL XABARNOMASI
Yaqinda Germaniya poytaxti Berlinda “HAPTSTADT-BRIEF – POYTAXTNOMA” nomli yangi gazeta tashkil etildi. Unda O‘zbekiston-Germaniya hamkorlik qirralari haqida qiziqarli maqolalar berib borilayotir. Eng qizig‘i, gazeta ikki tilda – olmon va o‘zbek tillarida chop etilmoqda. Unda ikki mamlakat siyosatchilari, tadbirkor va iqtisodchilar hamda olimlarga minbar berilgan. Ana shu gazeta ikki olmon mamlakati birlashgan kun munosabati bilan Toshkentda […]
02.12.2024 | 12:23
313
INSOFLI YOSHLAR
Xayol chalg‘ib yo‘l chetida turgan bir mashinani turtib yubordim. Chiqib qarasam, egasi yo‘q ekan. Eshigiga raqamimni yozdim-da, yo‘limda davom etdim. Besh daqiqa o‘tar-o‘tmas telefonim jiringladi va ayol kishi: “Assalomu alaykum, mashinamni turtib ketibsiz, kelasizmi?” dedi. Hozir boraman, dedim va dilimda iliqlik paydo bo‘ldi. Chunki bunaqa payti mashinasi shikast yeganlar dag‘dag‘a qiladi va bunga haqqi bor. […]
02.12.2024 | 11:21
334
QORAQALPOQ TILIM MENING
Amu, Orol bo‘ylarindaTuqqan yurtim, elim mening.Bobomlardan meros qolganQoraqalpoq tilim mening. Kuylamasam “Alpomish”ni,Tarqarmikin cherim mening.Parvoz qilgan ulkan qushdayQoraqalpoq tilim mening. Ajiniyoz, Berdaq bo‘libSayragan bulbulim mening.Turkiy zabon erur azal –Qoraqalpoq tilim mening. Yashnagay tug‘ishgan ellar,Turkiy tilda gulim mening.Bo‘stonda eng go‘zal, ko‘rkamQoraqalpoq tilim mening. Onajonim so‘zin aytmayO‘tarmikin kunim mening.O‘zing ruhim, aqlim, o‘yim,Qoraqalpoq tilim mening. Hazil, hajv, ilmoqli so‘z […]
02.12.2024 | 10:28
695
O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojon tavallud topgan kun
Ramz Bobojon 1921-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Shoirning «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi she’riy to‘plamlari va «Saylanma»si nashr etilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq shoiri […]
02.12.2024 | 09:35
463
O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shaharda “Jadidlar izidan” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Bu yil Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ikkita yirik yangi loyihaga qo‘l urildi. Ulardan biri “Turon” maktab teatri bo‘lsa, ikkinchisi “Jadidlar izidan” respublika tanlovlaridir. “Jadidlar izidan” tanlovi buyuk jadid alloma, adib hamda mutafakkirlarning boy merosini keng targ‘ib qilish va o‘rganish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida joriy etildi. […]
30.11.2024 | 18:21
1844
Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lyozmasi topildi
Londonda O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi tadbirlari o‘tkazilmoqda. Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi London shahridagi “Christie‘s” va “Sotheby‘s” auksion savdo uylarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida “Christie‘s” auksion savdo uyining Islom va Hindiston sanʼati bo‘limi boshlig‘i Sara Plambli mazkur tashkilot tarixi va faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Tashkilotda mavjud bir qator nodir eksponatlar, tasviriy sanʼat asarlari haqida […]
30.11.2024 | 13:43
544
Abdurauf Fitratning “Najot yo‘li” asaridan iqtiboslar
Borib-borib zamon o‘zgardi, sa’y-u harakatlar, ilmga bo‘lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, “ijod qilmoq” (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arbolari ham podshoh nomiga biror-bir yolg‘on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar. Biz turkistonliklar boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo‘limizdan adashganmiz, bu parishonlikning sababi nedur? Ajabo, bu […]
29.11.2024 | 14:12
2363
NIMA EDIK, NIMA BOʻLDIK, NIMA QILAYLIK?
“Nima edik, nima boʻldik?” soʻrogʻiEsimizga keladi har chogʻi. “Nima qilmoq kerak edi?” derlar,Bizdagi kambagʻal ishchi-erlar. Ilgari bizlarga matlab bor edi,Yangi maktab, eski maktab bor edi. Chiqar edi bir-ikki roʻznoma,Oʻqir edi uni xos-u omma. Yoshlarda dard ila gʻayrat bor edi,Xalqda ozgina himmat bor edi. Nima boʻldi – ishimiz oʻzgardi,Sogʻligʻi ketdi-yu qoldi dardi. Yaʼni na maktabu paktab […]
29.11.2024 | 11:52
500
Asosiy
“YOSH XIVALIKLAR”: ALDANGANLAR QISMATI
…1904-05-yillardagi Rossiya imperiyasi va Yaponiya urushida samuraylar avlodlarining omadi kelishi chor ma’murlari paytavasiga qurt tushiradi – imperiyada ichki g‘alayonlar to‘lqini boshlanadi. To‘g‘ri, istibdod asosida qurilgan imperiya bu inqirozni “qonli yakshanba” otliq qirg‘in o‘laroq saqlab qoladi. Ammo Birinchi jahon urushi boshlanishi saltanat poydevoriga o‘nglab bo‘lmas darz tushiradi. Xorazm taxtida yigirma yildan ortiq o‘tirgan, Yangi Urganch shahriga […]
28.11.2024 | 16:22
1194
VAQT BARAKASI
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur bilan suhbat – Suhbatni kundalik turmushimizda uchraydigan holatlar haqidagi savoldan boshlasam. Ko‘pincha yosh avlod vakillariga aytilgan “o‘zbek tilida yoz, o‘z ona tilingda so‘zla” degan chaqiriqlarga duch kelamiz. Ammo qiziqsangiz, aynan o‘sha va’zxonlarning aksariyati bolasini ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarga bermagan, oilada ham o‘zaro muloqot tili o‘zbekcha […]
28.11.2024 | 13:35
346
YANGI LUG‘AT
TURER – mototsiklning bir turi bo‘lib, u haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulay o‘tirish joyiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mototsikl haydovchilarni kiruvchi havo oqimidan to‘liq himoya qiladi. VAYFAY – internetga ulash imkonini beruvchi simsiz texnologiya bo‘lib, undan kompyuter, telefon hamda planshet kabi qurilmalarni radio to‘lqinlar orqali internetga bog‘lashda foydalaniladi. NETIKET – zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bugungi davrda internet […]
28.11.2024 | 13:24
452
YANGICHA DUNYOGA O‘ZGACHA NAZAR
Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan o‘n besh nafar yosh ijodkorning sara asarlari “Izlam” turkumida chop etildi. Undan sakkizta she’riy, beshta nasriy va bittadan publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar guldastasi o‘rin olgan. Biz turkumga kirgan sakkiz nafar iqtidorli shoir ijodini tahlil etishga jazm qildik. Ularning ijodini tutashtiruvchi nuqtalar umumiy fikr, motiv va mavzular bo‘lsa-da, uslubda bir-biridan farq qiladi. […]
28.11.2024 | 10:48
496
AJINIYOZ
Romandan parcha * * * Kun peshindan kechga qarab og‘di. Osmondagi daydi bulutlar kechga tomon shamol esishi bilan seng1day surinib ketdi. Hozirgina yarqirab turgan oq bulutlarning betiga tabiat qora pardasini yopganday osmon qovog‘ini uyib oldi. Qora bulutlar suzib yurib kunning yuzini to‘ssa, olamni zulmat qoplaydi. Goho quyosh nuri ko‘ksini qitiqlaganday qora bulut o‘ynab chiqib, chopqillab […]
28.11.2024 | 10:24
385