Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

Cho‘lponning bugungi kunga qadar nusxasi topilmagan asari nashr etildi

Abdulhamid Cho‘lponning «Zamona xotini» pyesasi hech kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qo‘lyozma varianti topildi. Mazkur asar Cho‘lponning bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri edi. Eng muhim jihati, qo‘lyozma ustidan Cho‘lpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan, so‘zboshi ham yozilgan. Asarda zamon shamollari ta’siri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson […]

08.12.2024 | 13:17

img583

Asosiy

Yaltirar har yonda qor…

Yurtimizga o‘z tarovati bilan kumush qish kirib keldi. Qishning xabarchisi bo‘lgan birinchi qor qalblarga o‘zgacha surur baxsh etib, avvalgi qorli xotiralarni ham yodga soladi. Bu turkumda she’rsevarlar eng sevib o‘qiydigan shoirlarning qorli satrlarini sizga tuhfa qilamiz. Abdulla ORIPOVQOR Bul ajoyib kun erurkim,Yaltirar har yonda qor.Ko‘kda oftob, yerda yulduz,Garchi yo‘q osmonda qor. Bul g‘aroyib she’r nedur […]

08.12.2024 | 11:29

img1656

“Ma’rifat karvoni” Vatan kezadi

“Tamaddun. Madaniyat. Ma’rifat” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot karvoni yo‘lga chiqdi. “Karvon” so‘zining tanlanishi ham juda yaxshi topilma bo‘libdi. Chunki karvonlar ellarga har doim orziqib kutgan yangiliklar, boylik, ashyo, ne’matlar bilan kirib kelgan. Bu gal karvon “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi doirasida yo‘lga chiqdi. Tuyalarda emas, O‘zbekiston Boinglari qanotida, Afrosiyob po‘lat tulporlarida. Tuya karvonlari 40 […]

07.12.2024 | 11:39

img500

Nima uchun Van Gog oʻz qulogʻini kesib tashlagan?

1888-yil 23-dekabrda Fransiyaning Arl shahridagi kichik bir uyda barcha davrlarning eng mashhur rassomlaridan biri – Vinsent Van Gog gʻayrioddiy ravishda isitma holatida oʻz qulogʻini kesib tashladi. Bu sanʼat tarixidagi eng mashhur voqealardan biri hisoblanadi. Ammo u nima sababdan bunday ishga qoʻl urdi? Van Gog 1888-yilda rasm chizish uchun Arldagi “Sariq uy”ga koʻchib kelgan edi. Uning […]

06.12.2024 | 17:35

img576

PIROG va CHEBUREK

Yanglishmasam, 2008-yil edi. Shoir Usmon Azim bilan Qrimga, Xalqaro turkiy she’riyat festivaliga borganmiz. Qrimtatarlar o‘zbeklarni ko‘p yaxshi ko‘rar ekan, Stalin tomonidan qatag‘on qilingan qayg‘uli kunlarida o‘zbeklar ularga non-tuz, boshpana berganligi uchun o‘zlarini qarzdor his etar ekanlar. Pul yig‘ishib, o‘zbek xalqi hurmatiga Qrimda kattagina yodgorlik ham o‘rnatishgan ekan. “O‘zbekistonda bizning qabrlarimiz qolgan”, deya qayg‘uli gapirganlari hamon […]

06.12.2024 | 15:12

img283

Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Peter Handke tavallud topgan kun

Peter Handke 1942-yil 6-dekabrda tugʻilgan. Adib romanlar, pyesalar, ssenariylar, esselar va sheʼrlar yozgan. U 2019-yilda «inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun» adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Handke XX asrning ikkinchi yarmida nemis tilida ijod qilgan eng nufuzli va oʻz yoʻliga ega yozuvchilardan biri hisoblanadi. Iqtiboslar Nimani sevsangiz, […]

06.12.2024 | 12:29

img405

2025-yil rangi eʼlon qilindi

Nufuzli Panton ranglar instituti 2025-yil rangini eʼlon qildi. Pantonning rang ekspertlari 2025-yilning kayfiyatini belgilaydigan ifoda sifatida “Mocha Mousse” deb ataluvchi rangni eʼtirof edi. Sodda qilib aytganda, jigarrangni tavsiya qilishdi.

06.12.2024 | 11:32

img1410

«Dunyoning biron-bir xalqida bizdagi kabi katta hajmli meros yoʻq» – professor Narzulla Joʻrayev

Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida “Maʼrifat karvoni” doirasida qator tadbirlar boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayev mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida fikr bildirar ekan, dunyoning biron-bir xalqida Oʻzbekistondagi kabi moddiy-maʼnaviy merosning mavjud emasligi, mana shu buyuklikni keyingi avlodga yetkazish va jamiyatni maʼrifatli qilish […]

06.12.2024 | 11:18

img317

QAT’IYAT VA JASORAT SOHIBI yoxud Bobur va Masserman qoidasi

Insoniyat o‘z tarixida hayotini xalq xizmati, yurt obodligi, davlat taraqqiyoti yo‘lida baxshida etgan hukmdorlarni ko‘p ko‘rgan. Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Amir Temur, Sulaymon Qonuniy, Jorj Vashington, Avraam Linkoln, Mahatma Gandi, Uinston Cherchill… Ularning har biri o‘ziga xos boshqaruv maktabi yaratgan ulug‘ siymolar sanaladi. Zotan, dunyodan qancha hukmdor o‘tgan bo‘lsa, davlat boshqaruvida ularning bir-biriga o‘xshamagan beqiyos […]

06.12.2024 | 10:13

img1052

Oʻzbekiston xalq artisti Xayrulla Saʼdiyev tavallud topgan kun

Xayrulla Saʼdiyev 1940-yil 6-dekabr kuni Toshkentda aktyor Habib Saʼdiyev oilasida tugʻilgan. Faoliyatini teatr sahnasidan boshlagan. Aktyor “Toʻylar muborak”, “Shaytanat”, “Alpomish”, “Oʻtov”, “Novda”, “Qoʻrgʻoshin” kabi koʻplab filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.

06.12.2024 | 09:58

img891

Saudiya Arabistonida o‘zgacha dizaynga ega dunyodagi eng uzun haydovchisiz metro liniyasi ochildi

Britaniyaning Zaha Hadid Architects kompaniyasi tomonidan Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda Qirol Abdulla metro stansiyasini qurib bitkazildi. Mazkur liniya 85 ta stansiyani bog‘lab, 176 kilometrdan ortiq masofani qamrab oladi va kuniga 3,6 million yo‘lovchini bir manzildan boshqa manzilga yetkazish imkoniyatiga ega. Ar-Riyod metrosi 1-dekabrdan ish boshladi.

05.12.2024 | 17:43

img291

KUZ TUNI KIRADI…

Halima AHMEDOVAShe’rlar Kuz tuni kiradi g‘amgin va go‘zal,Tinglayman yuragim larzasini jim.Labimdan sirg‘alib tushadi mahtal,Shabnamda chayilgan bir so‘z:“Sog‘indim…” Kuzgi olmalarning nafasi o‘tkir,Jonimni yayratar bir sir muattar.Shamolga aytaman: – Sen ham birga kir…Kirmaydi, u mendan yuz bora qaysar. Kuz menga eslatar bolaligimni,Tangaday sochilgan gujum barglari.Arg‘imchoqda qolgan hur shodligimniOlib ketdi qachon qismat dardlari? Meni yupatmagin, ey dilkash yomg‘ir,Ko‘ksimda […]

05.12.2024 | 14:16

img345

Asosiy

MUXTORIYAT – MILLIY LAYLATUL QADRIMIZ

1917-yilning 27-noyabr tongi jadidlar ko‘nglidagi ozodlik g‘oyalarining shu’lalaridan yorishdi. Kechga borib, Qo‘qon shahrida yig‘ilgan Turkiston qurultoyi milliy ozodlik kurashi yo‘lidagi eng muhim amaliy qadamlardan birini qo‘ydi – Turkiston muxtoriyati rasman e’lon qilindi. Turkiston muxtoriyati… Temur hoqonning chin bolalari yoninda, turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli (xosiyatli), mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman. Turkiston […]

05.12.2024 | 10:46

img2107

Mahmudxo‘ja Behbudiy va Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi. Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Rejissyor – […]

05.12.2024 | 10:20

img721

O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xoʻjayev tavallud topgan kun

Soyib Xoʻjayev 1910-yil 5-dekabrda Andijon viloyatida dunyoga kelgan. Oʻz kasbiy faoliyatini 1927-yili Hamza nomidagi Qoʻqon oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida boshlagan. 1939-yildan umrining oxirigacha Toshkent shahridagi Muqumiy nomli oʻzbek davlat musiqali drama va komediya teatrida ijodiy faoliyat olib borgan. Aktyor “Malikai Turandot”da Trufaldino, “O‘rtoqlar”da Soli domla, “Boy ila xizmatchi”da Xolmat kabi komik rollarni mahorat […]

05.12.2024 | 10:02

img537

“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”

Har kimning o‘z ona tili Vatan kabi aziz va moʻtabar. Bu tuyg‘u insonga ona suti bilan singadi. Ba’zan boshqa millat vakillari bilan suhbatlashganimizda, ularning o‘zbek tiliga iliq munosabatini, samimiy mehrini ko‘rib, ko‘nglimiz yanada nurafshon bo‘ladi. Jonajon tilimiz bilan faxrlanamiz. Galdagi suhbatdoshimiz Ulyana Filimonova ham boshqa millat vakilasi, ammo o‘zbekchani uncha-muncha o‘zbekdan ravon gapiradi. Ayniqsa, shoirlarimizning […]

04.12.2024 | 16:23

img340

MUZEY OCHGAN OTAXON

Sakson yoshli otaxon jadid bobolarimizning chinakam targ‘ibotchisiga aylandi. Yozyovonlik Ahmadjon Ismoilov keksalikni qalam tebratishdan boshladi. Vulqon tog‘lari ham uzoqdan sokin ko‘rinadi. Ammo uning tub-tubida tabiatni larzaga solishga qodir qaynoq lava portlashga hozirlik ko‘rayotgan bo‘ladi. Qahramonimiz ham bir umr ko‘z oldimizda yurib, “ochilur chog‘”ini kutib turgan ekanmi – ochildi-qoldi. Ketma-ket “Toshhovuz va toshhovuzliklar”, “Yozyovon ziyoratgohlari”, “Usta […]

04.12.2024 | 15:25

img362

TUPROQQA “EKILGAN” AJAL URUG‘I

Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan statistik raqamlarga ko‘ra, 2022-yilda 2 ming 427 ta, 2023-yilda 3 ming 13 ta giyohvandlik vositalarini o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat aniqlangan. Bu kabi vositalar miqdori ham ortgan – 2022-yilda 2 ming 31, 2023-yilda 10 ming 306 kilogramm giyohvandlik vositasi aniqlangan bo‘lsa, psixotrop moddalar 2022-yilda 81 kg, 2023-yilda esa 172 kg […]

04.12.2024 | 14:11

img423

Oksford universiteti «Yil so‘zi»ni e’lon qildi

«Brain Rot», ya’ni «Miya chirishi» – internetdan surunkali foydalanuvchilar uchun ofatli hisoblangan atama Oksfordning 2024-yil so‘ziga aylandi. Bu atama virtuallik ta’sirida insonning aqliy yoki intellektual holatining yomonlashuvini anglatadi. So‘nggi bir yil ichida bu so‘zning qo‘llanilishi taxminan 230 foizga oshgan, Oksford ma’lumotlariga ko‘ra. U boshqa beshta finalchi so‘z: «demure» (sipo), «lore» (an’ana va bilimlar jamlanmasi), «romantasy» […]

04.12.2024 | 11:07

img722

Asosiy

CHO‘LPON BILAN UCHRASHUV

“…Bir kuni o‘sha yerga borganimda peshtaxta oldida salobatli, o‘qimishli ekani bilinib turgan ko‘zoynakli kishiga e’tibor qildim. Odob bilan salom berdim. U alik oldi va: “Yigitcha, siz qayerdansiz?” deb so‘radi. Men ismimni aytib, toshkentlik, texnikum o‘quvchisi ekanimni bildirdim. U: “Juda yaxshi. Bu zamonda o‘qish kerak”, dedi…” Mening ona tomondan bobom Gʻulomqodir ota Norxo‘ja eshon o‘g‘li 1907-yilda […]

04.12.2024 | 10:15

img750

Asosiy

QORAQALPOQ JADIDI SAYFULG‘ABIT MAJIT TAQDIRI

Qatag‘on qirg‘ini millat tanlamagan. Qaysi xalqning ilg‘or fikrli, millatparvar vakili bo‘lsa, deyarli barchasi sovet tuzumining qonli iskanjasiga tushib, qatliom domiga tortilgan. Qoraqalpoq adabiyoti va tarixshunosligida ma’lum-u mashhur Sayfulg‘abit Majitov ham zamonasining hurfikrli, peshqadam ziyolilaridan biri edi. U shoir, nosir, dramaturg, ma’rifatparvar va pedagog sifatida qoraqalpoq xalqi tarixida o‘chmas iz qoldirgan. 1920-yillarda uning nomi ma’rifat va […]

03.12.2024 | 13:52

img573

JADID KUTUBXONASI