Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 20:04

img557

“VATAN MANZUMASI” DAVOM ETADI

“Parchagina bulut, cheksiz os(i)mon, Adir ortidagi yolg‘izoyoq yo‘l”ni ko‘p sog‘inaman. Qahramon shoirimiz tasvirlagan manzara men tug‘ilgan qish­loqqa juda ham o‘xshaydi. Shuning uchunmi, bilmadim, shu she’r bo‘lakcha ta’sir qilgan. Shu she’r bor kitob ham javonimning qo‘l yetar jo­yida turibdi. Har gal bu kitobga ko‘zim tushganda, shu she’rni topib o‘qiyman. Ko‘p vaqt o‘qimay qo‘ysam, sog‘inaman.

Odam ba’zan “Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim… Odamiylik dini birla toza iymon o‘zbegim”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “O, ota makonim, onajon o‘lkam” singari vatan, vatanparvarlik ifodalangan satrlarni ham sog‘inib qolarkan.

Ona vatan madh etilgan she’r-qo‘shiqlarni sog‘inib qolgan bitta menmi, deb yursam, “Vatan man­zumasi”dan so‘ng bildimki, butun xalqimiz bunday kuy-qo‘shiqlarni, she’rlarni sog‘ingan ekan. Res­publikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan bu muhtasham ma’rifiy konsert elimizning sog‘inchiga, ko‘ngil ehtiyojiga malham bo‘ldi go‘yo. Bugungi dunyo va unda kechayotgan olag‘ovur hayot ham bunday she’rlarga, kuy-qo‘shiqlarga ehtiyoj borligini, kuchayganini ko‘rsatdi. Milliy dardkash shoirimiz Cho‘lpon bejiz “Adabiyot yashasa, millat yashar”, degan xulosaga kelmagan ekan.

O‘tgan yili harbiy xizmatchilar va yoshlarimizning yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini, jangovar ruhini kamol toptirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilganini yaxshi esla­sangiz kerak. Ma’rifiy kecha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgandi. Dastur Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan yangicha islohotlar tufayli yurtimizda shakl­langan “Xalq bilan armiya – bir tan-u bir jon” degan ezgu an’anani, ayniqsa, ijodkorlar va harbiy xizmatchilar orasida yakdillikni yanada mustahkamlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan edi.

– Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, mehr-oqibatli bo‘lish oliy qadriyat ekani ushbu yorqin she’riy-musiqiy dastur orqali yana bir karra o‘z ifodasini topdi. Yurtimizdagi tinchlik va totuvlikni, ahillik va hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash nafaqat harbiy soha vakillari, balki barcha hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekani rang-barang musiqiy chiqishlar vositasida namoyish qilindi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Zohidova.

Ushbu adabiy kecha dastlab 26-yanvar kuni poy­tax­timizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida namoyish etilgan bo‘lsa, keyingi kunlarda “Turkiston” san’at saroyida 12 kun davomida namoyish etildi. Respub­likamizning barcha hududlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyat markazlarida san’at va madaniyat uylari, drama teatr binolarida uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Har bir hududda mahalliy ijodkorlar – iste’dodli shoirlar va xonandalar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi. O‘zbek adabiyoti namoyandalari Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Munavvar qori, Abdulhamid Cho‘lpon, shuningdek, ko‘plab marhum ijodkorlar: Rauf Parfi, Shafoat Rahmatullayev, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Azim Suyun, Enaxon Siddiqova kabi shoirlarning ta’sirchan she’rlari yod o‘qildi. Yosh ijodkorlarning vatanparvarlik ruhidagi she’rlari tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Darhaqiqat, har gal yig‘ilganlarning barchasi taniqli san’atkorlar bilan birga eng yaxshi qo‘shiqlarda vatan madhiga jo‘r bo‘lganlarini ko‘rdik. El suygan san’atkorlar, shoirlar, yozuvchilar ishtirokidagi bir-biridan mazmunli va qiziqarli chiqishlarda Vatan himoyasi yo‘lida jonini ayamagan tarixiy shaxslar va ular izidan borib yurt sarhadlari daxlsizligi uchun kechgan janglarda halok bo‘lgan bugunning mardlari madh etilganda hech bir tomoshabin “tomoshabin” bo‘lib qolmagani, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, she’rlarni birga aytib, chi­qish­larni o‘rinla­ridan turib ting­laganlari, ayniqsa, kishini to‘lqinlantirib yubordi.

“Bo‘lar ekan-ku shunday kechalar o‘tkazsa ham!” – deya samimiy qutlagan yurtdosh­larimiz ko‘p bo‘ldi.

Ha, haqiqatan ham, bo‘lar ekan-ku!

Vatanga muhabbat, el-xalqqa qayishish, tug‘ilgan yurtni asrab-avaylash kabi yuksak insoniy tuyg‘ular, aslida, hammaning yuragida bor. Faqat buni hamma ham ochiq-oshkor izhor qilavermas ekan, epini topib izhor qilish ham mushkul ekan, bu hammaning ham qo‘lidan kelavermas ekan. Lekin eng muhimi, har birimizning ichimizda bir Vatan yashar ekan. Ana shu Vatan “Manzuma” davomida bo‘y ko‘rsatdi, pinhon tuyg‘ularni tabassum va ko‘zyosh shaklida namoyon etdi. Hech kimga begona bo‘lmagan sof va yuksak tuyg‘u – Vatanni sevish va vatanparvarlik hech bir kishining kasbiga ham, koriga ham aloqasi yo‘q, hammada birdek mujassam ekanligini ro‘yirost isbotlab berdi.

Harbiy vatanparvarlik nima ekanini ko‘z oldimizga keltirish qiyin emas. Harbiy bo‘lmagan kishilardagi vatanparvarlik-chi? U qanday namoyon bo‘ladi?

Vatanni har kim o‘z quroli bilan himoya qiladi. Harbiy xizmatchi harbiy qurol-aslahasi bilan himoya qilsa, adib qalami bilan, olim ilmi bilan, kosib kasbi bilan. Hech bir inson o‘z yurtini birovga haqorat qildirib qo‘ymaydi, o‘z gapini, qat’iy javobini aytadi. Bu ham bir vatanparvarlik. Axborot jangi kechayotgan bugungi zamonada har bir kishining o‘z qat’iy pozitsiyasini bildirishi, e’lon qilishi, ayniqsa, eng kuchli qurolga aylanib bo‘ldi.

O‘z yurtini, elini sevishdek, ardoqlashdek baland hissiyotlarni eslatuvchi, qo‘zg‘ovchi, alangalatuvchi, o‘stiruvchi “Vatan manzumasi” har kuni, har hudud­da o‘tkazilishi kerak ekan. Buni bugunning o‘zi oydinlashtirdi. Bu gulxan har bir yurtdoshimiz qalbida yonib turishi, o‘chib qolmasligi kerak bo‘lgan o‘tdir. Bu o‘tni yanada gurillatadigan “o‘tin” – she’r, qo‘shiq, spektakl, umuman, san’at, adabiyot. Zero:

Elning shoirlari mizg‘igan asno,

Elning botirlari g‘aflatda qotgay.

El orasidagi chin botirlarni uyg‘otuvchi adabiy-ma’rifiy kechalar yurtimiz bo‘ylab bu yil ham o‘tkazilishi chin xushxabar bo‘ldi. Bu esa yana ming­lab-millionlab ko‘ngillarni yuksak insoniy tuyg‘ularga to‘ldirishiga ishonamiz. Xayyom kosasi mayga to‘lgandek, ko‘ngil­larimiz muhabbatga, sadoqatga, shijoatga, bir so‘z bilan aytganda, qalbimiz Vatanga to‘lsa, naqadar go‘zal!

Mansur JUMAYEV

2024-yil 9 -fevral 7-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img64

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584