Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 15:35

img422

KITOB HAYOTNI BEZAYDI

Xalqimiz azaldan savob ishlar qilishni o‘tkinchi umrning mazmuni, deb bilgan. Darhaqiqat, maktablar qurish, yo‘llarni sozlash, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdek xayrli yumushlar inson hayotini bezaydi. Ayniqsa, muqaddas ro‘zai ramazon oyida ezgulik yo‘lida nafsni jilovlash ruhiyatimizga yengillik, qalbimizga quvonch bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori kitobxonlikka yuksak e’tibordan tashqari, bebaho boylik sifatida kitobni qadrlash, asrab-avaylashda ham muhim ahami­yat kasb etdi. O‘tmishda o‘lka­mizda xususiy kutubxonalari bilan xalqqa beminnat xizmat ko‘rsatib, ziyo taratgan savobtalab insonlar ko‘p bo‘lgan. Joylarda tadbirkorlar, saxovatli kishilar tomonidan xususiy kutubxona­lar yo‘lga qo‘yilgani aholi qo‘lidagi kitoblarni as­rab qolishning muhim omiliga aylangan. O‘tgan asr boshida jadid bobo­larimiz millat yoshlari kelajagi uchun qayg‘urib, ilg‘or yangiliklarni joriy etishga intilishgani, maktablar, kutubxonalar ochishgani biz uchun ibrat namunasidir. 

Bugun yurtimizda o‘nlab xususiy kutubxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular­ga Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan ko‘mak berilayo­tir: kitoblar tuhfa etilmoqda, ular Milliy kutubxona­ning elektron kutubxonasiga ulanmoqda, shuningdek, kutubxonachilik me’yorlari bo‘yicha kitoblarni qayta ishlash, joylash bo‘yicha amaliy yordam olmoqda. Yil boshida tashkil etilib, qisqa fursatlarda xalqimiz e’tiborini qozongan sevimli “Jadid” gazetasi sahifalarida xususiy kutubxonalar va ularning faoliyati, bu ishga kamarbasta zamonaviy jadidlar, fidoyi insonlar haqida maqolalar berib borilayotir. Bu esa ezgu ishlar respublikamiz bo‘ylab keng quloch yoyishi­ga samarali ta’sir o‘tkazib kelayotir. 

Shu kunlarda Farg‘ona vodiysiga xizmat safarimiz chog‘ida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Sultonobod qishlog‘ida yana bir xususiy kutubxona sohibi bilan tanishdik. Bizni 86 yoshni qoralagan Nabijon bobo Uraimov xonadoniga chorlagan narsa ham uning xususiy kutubxonasi bo‘ldi. Shaxsiy kutubxonasi bor insonlar ko‘p, ammo ulardan xalqning beminnat foydalanishi boshqa masala. 1983-yildan beri Nabijon bobo kutubxonasidan foydalangan kitobxonlar ism-familiyasi qayd qilingan daftarni ko‘rib hayratga tushdim. Kutubxonada 10 mingdan ziyod nashr bo‘lib, shulardan 74 tasi nodir nashrlar. Nodir manbalar, asosan, diniy adabiyotlar bo‘lib, Nabijon boboning otasi ilmli inson bo‘lgani sababli kitoblar yaxshi saqlangan. Kutubxonadan bugun ham qishloq ahli foydalanayotir. Shinamgina kutubxonada kitoblar uchun qo‘shimcha javonlar qo‘yilsa, bu ma’naviy boylik o‘z ko‘rkini to‘la namoyon qiladi. Nabijon boboning nodir kitoblarini ta’mirlash, ularni o‘rganish va yagona reyestrga kiritish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish kerak. Bu masalada Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘z yordamini ayamaydi. 

Umida TESHABOYEVA, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15 -mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593