Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.06.2024 | 12:41

img397

BIZ QAROQCHIMIZMI?

Sudanlik do‘stlarimdan biri ajoyib bir maqola yozdi. Sarlavhasi – “Nahotki men qaroqchiman?” Maqolada u o‘zi guvohi bo‘lgan ikkita voqeani keltiradi.

“Birinchisi. Irlandiyada tibbiyotdan imtihonlarim bor edi. Imtihon to‘lovi 309 funt. Menda esa mayda pul yo‘qligi sabab 310 funt berdim. Muhimi, imtihonni topshirdim. Sinovlar tugagach, Sudanga qaytdim. Sal o‘tib, Irlandiyadan xat keldi. Unda shunday yozilgandi: “Siz imtihon haqini to‘lashda xatoga yo‘l qo‘yibsiz. 309 funt o‘rniga 310 funt to‘labsiz. Sizga bir funtlik chek yubordik. Biz o‘z haqimizdan ortig‘ini olmaymiz”. Qizig‘i, maktub bilan markaning narxi bir funtdan qimmatroq edi.

Ikkinchisi. Men fakultetga qatnardim. Uyim bilan fakultet oralig‘ida bir ayol ul-bul sotib o‘tirardi. Men undan 18 pensga kakao sotib olardim. Bir kuni o‘sha yerdan o‘tayotsam, do‘konning boshqa tokchasida aynan shunday kakao­ning narxi 20 pens yozilganiga ko‘zim tushdi. Men taajjublanib so‘radim:

– Nega birinchi tokchada kakaoning narxi 18 pens, ikkinchisida 20?

– Bizga kakao Nigeriyadan eksport qilinadi. Yaqinda u yerda favqulodda vaziyat sodir bo‘libdi. Shu sabab narxlar ko‘tarilibdi. Bu tokchadagi kakao keyinroq kelgan yukdan. Shuning uchun u qimmat. Mana bunisi esa oldingisidan. Shuning uchun bunisi arzon.

– Unday bo‘lsa, odamlar oldin arzonini olishadi-ku. U tugasagina qimmatiga o‘tishadi. Axir, arzoni tugamaguncha qimmatini hech kim olmaydi-ku, – dedim.

– Ha, buni bilaman, – dedi u.

– Ularni aralashtirib, arzonini ham 20 pensdan sotsangiz bo‘lmaydimi? Buni hech kim bilmaydi-ku!

Shunda u qulog‘imga:

– Sen qaroqchimisan? – dedi pichirlab”.

Uning gapi haligacha qulog‘im ostida jaranglaydi. Bu qanaqa axloq?! Biz qachon bu darajaga ko‘tarilamiz ekan?

Qosimjon RAZZOQOV sahifasidan olindi.

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 14-iyun | 25-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599