13.04.2024 | 12:57
305
CHIQQAN QIZ CHIYDAN NARIMI?

Joriy yil 20-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida, bir talay muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritildi.
Jumladan, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bilan bog‘liq kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’sir qilayotgan holatlarning oldini olish, odamlarga buning oqibatlarini tushuntirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi. Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin noxush holatlar hali ham uchrab turibdi. Yig‘ilishda zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd etildi. Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla miqyosida alohida tizim yaratilishi belgilandi. Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi.
Endi har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tun-u kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi. Qiyin vaziyatga tushib qolgan yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining bu borada kuyunib gapirgani bejiz emas. Eng asosiy masalalardan biri xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi rolini yanada oshirishdir. Rivojlangan mamlakatlarda xotin-qizlar huquqlari kafolatlangan bo‘ladi. Bizdayam bu boradagi ishlar izchil olib borilmoqda. Lekin, afsuski, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, oramizda befarq yoki tor fikrlarga o‘ralashib qolgan kishilar bor. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir yosh qizchaning bo‘yniga taqinchoq taqishayotgani ko‘rsatildi va bu ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Emishki, taqinchoq taqqan ayol taxminan 7-8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizchaning bo‘lajak qaynonasi emish. O‘g‘liga qizchani unashtirib “belgili” qilib ketganmish. Bunday holatlarning uchrab turishini hammamiz bilamiz-ku! Maktab o‘quvchilari unashtirilayotganini eshitamiz-ku! Yoki qizlarni maktabni bitirishi bilan turmushga uzatish urfga kirib borayotgani hech kimga sirmas. Bu juda achinarli hol. Qizlar ota-ona ra’yiga qarshi borolmay bu holatga ko‘nishyapti. Negadir, aksar ota-onalar qizlarining ta’lim-tarbiya olishiga unchalik e’tibor berishmaydi. “Chiqqan qiz chiydan nari” kabi almisoqdan qolgan aqidalar tufayli qancha qizlarning orzulari ro‘yobga chiqmay, oila yukini bo‘yniga olishganini eshitganmiz. Aslida, qizlarga zamonaviy ta’lim bermoq lozim. Chunki millat bolalarining tarbiyachisi aynan onalardir. Qizlar millatni tarbiyalovchi bo‘lajak onalardir. Qiz bola uchun muhimi oila, degan vaj bilan o‘zimizni ovutamiz. Bunga shubha yo‘q. Musulmon erkak uchun ham, ayol uchun ham oila muqaddas. Nikoh benihoya ijobiy o‘zgarishlarga sababchi va turli fitnalardan saqlovchidir. Lekin er ham, ayol ham oila muqaddasligini anglamog‘i, oila qurmoqqa jismonan va ruhan tayyor bo‘lmog‘i zarur. Bugun turmush qurayotgan ayrim yoshlarning hayot haqida, oila haqida tushunchasi, tasavvuri sayoz. Yigitlar uylanishi lozim bo‘lgani uchungina, qizlar esa ota-ona ra’yiga qarab to‘y bo‘layotgandek. Bo‘lajak ota-ona muayyan bilim va tushunchalarga ega bo‘lmog‘i kerak, albatta. Ba’zan ayoliga zug‘um qilayotgan erlar haqidayam eshitib qolamiz. Alamzada er xotinini savalab alamidan chiqqandek bo‘ladi. Nega alamzada deyapman. Chunki o‘zidan qoniqqan, jamiyatda o‘z o‘rni bor erkak hech qachon mazlumaga qo‘l ko‘tarmaydi. Bir ojizaga kuch ishlatgan bilagi zo‘rni nima deb ta’riflashgayam til ojiz. Va bunday ayollar ham hayot shu ekan deb, ko‘nib yashayverishadi. Aslida, hammasi haq-huquqni bilmagandan kelib chiqadi. Bilimli va o‘qimishli ayolga uncha-muncha kishi qo‘l ko‘tarishga haddi sig‘maydi.
Bugun oramizda ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh onalarimiz bor. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, alamzadalikdan forig‘ qilib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish yaxshi natijalarga olib keladi.
Zikrilla MAMATOV
«Jadid» gazetasi 2024-yil 1-mart 10-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



