29.09.2025 | 15:36
3973
KARMANALIK ERKSEVAR QIZ
Milliy ozodlik harakati ishtirokchilari qatorida xotin-qizlar borligi ko‘pchilik uchun yangilik. Aslida, Turkiston ayollarining chavandozlikda, qilichbozlik, kamondan o‘q uzish singari harb ishlarida mohir ekani, temuriylar qo‘shinida ham nozik xilqat vakilalari bo‘lganiga tarix guvohlik beradi. Ularning munosib avlodlaridan biri Nodira Rahmatillaboy qizidir. U haqidagi ma’lumot ko‘p emas. Faqat tarixchi olimlar Qahramon Rajabov hamda Said Mansur Olimiyning izlanishlari tufayli qahramon qiz hayotining ayrim sahifalariga oydinlik kiritilgan.

Nodira Rahmatillaboy qizi 1904-yili Karmana bekligiga qarashli Ziyovuddin qishlog‘ida, ziyoli oilada dunyoga kelgan. Ikki akasi chavandozlik, kurash va merganlikda o‘z muzofotida tengsiz bo‘lgan. Ular maktab sabog‘ini puxta o‘zlashtirgan singilga o‘z hunarlarini o‘rgatadi. Yigitlar orasida o‘sgani uchunmi, g‘ayrati ichiga sig‘magan qiz erkakcha kiyinib ot choptirar, akalari bilan bellashardi.
1923-yilda qishloqqa bostirib kirgan qizil askarlar Rahmatillaboyning ikki o‘g‘lini o‘ldirib, odamlarni talab, qishloqni vayron qiladi. Jigarlarining dog‘iga chidolmagan qiz ko‘zyoshdan foyda yo‘qligini anglab, o‘ch olishga ahd qiladi. Tezda milliy ozodlik harakati guruhlariga qo‘shilib, ikki yil davomida kurash olib boradi. Xalq orasida nom qozongan qizning jasorati odamlarga umid beradi, hatto, yov oldida ikkilanib qolgan erkaklar ham undan ibrat olib, qayta urushga kiradi.
Ammo sho‘rolar qo‘li baland kelib, istiqlol kurashchilari safi kundan kunga qisqarib borar ekan, 1925-yilda Rahmatillaboy qizini olib Afg‘onistonga ko‘chib ketadi. Afsuski, yurtdoshlarimiz bu o‘lkada ham halovat topmaydi. 1929-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Nodirshohning ta’qib-u xo‘rliklariga duchor bo‘ladi.
Nodirshoh o‘zidan oldingi hukmdorlardan farqli ravishda, Turkistondan kelgan qochqinlarga iltifot ko‘rsatmaydi, hatto sovetlarga qarshi kurashayotgan istiqlolchilarning dastalariga hujum uyushtirib, aksariyatiga zarar yetkazadi. Qo‘rboshilar qiyin vaziyatda qolib, ikki frontda kurash olib borishga majbur bo‘ladi. Ibrohimbek, O‘tanbek singari qo‘mondonlar ham mana shunday xurujlar ortidan zaifl ashib, mahv etiladi.
Bir kuni afg‘onlar kiyimidagi ikki yigit Rahmatillaboyning uyiga kirib keladi va cholning yoqasiga yopishib, tirik qolishni istasa, yashirib qo‘ygan boyliklarini topshirishni talab qiladi. Ma’lum bo‘ladiki, ular mahalliy aholi kiyimidagi qizil askarlar ekan. Askarlar borini olgach, va’daga vafo o‘rniga chol-kampirni o‘ldiradi va qizga tajovuz qilmoqchi bo‘ladi. Bunday yovuzlikni ko‘rgan Nodira har ikkisini qilich bilan chopib tashlaydi.
Shundan so‘ng Nodira turkistonlik muhojir xotin-qizlarni to‘plab, maxsus guruh tuzadi va 1930-yili Tahor viloyatining markazi Toliqonda turgan Ibrohimbek qo‘shiniga kelib qo‘shiladi. Mashhur lashkarboshi Ibrohimbek Karmananing bu jasur qizi bilan ota-bola tutinadi. 1931-yili Ibrohimbek SSSR hududiga kirganida, uning qo‘shini safi da Nodira ham bo‘lgan. Aynan uning guruhi qizil askarlarga kuchli zarbalar bergani ma’lum. Afsuski, Nodiraning 1931-yil yozidan keyingi taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Nodira Rahmatillaboy qizining qahramonligi va mardona hayoti, bemisl shijoati va vatanparvarligi tarixiy-badiiy kitoblar yoki kino asarlarda aks etsa, barchamiz, ayniqsa, yoshlar uchun ibratli bo‘lardi.
Hamzabek TURDIYEV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



