Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.03.2026 | 14:23

img1856

CHO‘LPONNI YOQLAGAN MUTARJIM

O‘tgan asrning 20–30-yillarida o‘zbek milliy matbuoti, tarjima maktabi, teatr tanqidchiligi va ma’rifat maydonida o‘chmas iz qoldirgan yorqin siymolardan biri Sanjar Siddiqdir. Ism-sharifi Bosit Siddiqov bo‘lgan qahramonimiz oddiy tarjimon emas, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan “Adabiy tarjima san’ati” risolasini yozib, tarjimashunoslik poydevorini qo‘ygan chin ziyoli edi.

Uningcha, tarjima bir matnni boshqa tilga o‘girish emas, balki millatning dunyo bilan suhbatini yo‘lga qo‘yish, til imkoniyatlarini kengaytirish, estetik didni boyitish, fikrni tarbiyalash hisoblanadi. Shu ma’noda, u rus, olmon, ingliz, fors tillaridan qator asarlarni o‘zbek tiliga mohirona tarjima qildi, xorij pyesalarini o‘girishda tomoshabinning ruhiyatiga ta’sir qiladigan jonli tilni yaratishga intildi. Shu sababli, Lope de Vega, Gogol, Shiller, Pogodinning asarlari Sanjar Siddiq tarjimasida yillar davomida o‘zbek sahnasida yashadi.

Uning matbuotdagi faoliyati ham jamiyatni uyg‘otish ishining bir qismi edi. “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Qizil O‘zbekiston”, “Ozod Buxoro” gazetalarida, “Yer yuzi”, “Guliston”, “Mushtum” singari jurnallarda xizmat qilib, publitsistikada turli taxalluslardan foydalandi: “Gazetchi”, “Toshkentlik”, “Ko‘z-quloq”, “Bir kishi”, “Kitobxon”, “Kaltadum” va boshqalar. Bular shunchaki niqob emas, bir ijodkorning turli yo‘nalishlarda ishlay olishini, jamiyatning turli masalalariga mos ohang topishini bildirardi, demak, u bir mavzuga qamalib qolmay, hayotning o‘ziga qarab yozgan.

Sanjar Siddiqning publitsistikasi biryoqlama shiorbozlikdan yiroq bo‘lib, u muammoni yuzaki ko‘rsatishdan ko‘ra, ildizini ochishga intildi. O‘quvchini shunchaki xabardor qilish emas, o‘ylantirish, chog‘ishtirish, xulosa chiqarishga undash uning uslubi edi.

Masalan, “Bugungi Buxoro” maqolasida u shaharning ko‘chalari, bozorlar, oddiy insonlar hayotini tasvirlar ekan, bir vaqtning o‘zida, bekorchilik, o‘g‘rilik, tartibsizlik, ruhiy xotirjamlikning buzilishi kabi ijtimoiy illatlarni ham ko‘rsatadi. Bunday kuzatuvchi nigoh tizimga yoqmasdi, chunki u rasman chizilgan “ideal manzara”ning ortidagi haqiqatni ko‘rsatib qo‘yardi. Shu yerda qalamning asl qudrati ayon bo‘ladi: u ko‘zga ko‘rinmaydigan ziddiyatlarni ko‘rsatadi, odamni o‘z vijdoni bilan yuzlashtiradi, jamiyatni o‘zini baholashga majbur qiladi.

Uning inson sifatidagi jasorati, ayniqsa, Cho‘lponning “Hamlet” tarjimasi atrofida kechgan bahslarda yaqqol ko‘rindi. 1935-yili bu asar Cho‘lpon tarjimasida sahnaga qo‘yilgach, 1936-yili keskin hujumga uchradi va haqoratga evrilgan tanqidlar paydo bo‘ldi. Shunday paytda Sanjar Siddiq “Tuhmatga o‘xshagan tanqid” maqolasini e’lon qilib, masalaga hissiyot yoki guruhbozlik bilan emas, dalil, mantiq va tarjima tabiatini tushunish bilan yondashadi. U Shekspir asarlarining rus adabiyotida ham turli tarjimalari borligini, tarjima bir xil qolipda bo‘lishi shart emasligini, tarjimon ko‘pincha vositachi manbalar bilan ishlashini eslatib, “uchinchi qo‘l orqali bo‘lgan tarjimadan” mukammallik talab qilish adolatdan emasligini aytadi. Shu bilan birga, u Cho‘lpon tarjimasidagi kamchiliklarni ham inkor etmaydi, ya’ni himoya qilishni ko‘r-ko‘rona maqtash bilan almashtirmaydi. Bu yondashuv uning prinsipini ko‘rsatadi: adabiyotda ham, matbuotda ham bahs bo‘lsin, lekin bahs inson sha’nini toptamasin; tanqid bo‘lsin, lekin u tuhmatga aylanmasin.

Sanjar Siddiq repertuar masalalarini, sahna bilan xalq didi o‘rtasidagi masofani erta sezdi va “O‘zbek teatri” mavzusida xalqning teatrdan “muzday soviganligi”ni tahlil qilar ekan, sababni asarlarning muhitga yotligida, ijro va baholash mezonlarining ko‘pincha xalq ruhiyatidan uzoqlashganida ko‘radi. U milliy teatr va Yevropa teatri sintezi asosida yangi yo‘l taklif qiladi, chunki uning fikricha, teatr xalqning tabiatiga suyanmasa, sahna bezagigina bo‘lib qoladi, qalbni o‘zgartira olmaydi. Bu takliflar o‘sha paytda to‘liq amalga oshmay qolgan bo‘lsa-da, uning tashvishi bugun ham dolzarb: san’at xalqdan uzilsa, tomoshabin ko‘payishi mumkin, lekin ma’naviy ta’sir kamayadi.

1937-yil fojialari boshlandi: tintuv, oilaviy parokandalik, tergov, yuzlashtirish, to‘qilgan aybnomalar… Aybni bo‘yniga qo‘yish talablari qancha kuchaymasin, Sanjar Siddiqning qat’iyati sinmadi. Qo‘yilgan ayblarning barchasi rad etildi, biroq 1938-yili yopiq “uchlik” sudi otuv hukmini chiqardi. Tarjimon yovga yolg‘iz nishon emasdi, kitoblari ham nishonga olindi…

1956-yilda Sanjar Siddiq ishi qayta ko‘rib chiqilib, oqlandi. Biroq “oqlov” hayotni qaytarmaydi, yo‘qotilgan yillarni tiklamaydi, yoqilgan kitoblarning o‘rnini to‘ldirib bermaydi, lekin u jamiyat vijdoniga bir savol tashlaydi: adolat kechiksa, uning bahosi qanchaga tushadi? Shu savol bugun ham bizni hushyor tutishi kerak, chunki tarixni eslashning ma’nosi ham shunda – kechikkan adolatning achchiq ta’mini unutmaslik, uni takrorlamaslikdadir.

Bo‘ri QODIROV, Alisher ATAYEV,
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-fevraldagi 9-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599