Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.09.2026 | 12:28

img3163

DARON AJEMOG‘LU – KAMBAG‘ALLIKKA QARSHI KURASHGA ILMIY YONDASHGAN NOBELCHI

Hayot yo‘li

Daron Ajemog‘lu 1967-yil 3-sentyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda nufuzli Galatasaray litseyini tamomlagan. 1989-yilda Buyuk Britaniyaning York universitetida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. 1992-yilda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida magistrlik va doktorlik darajasini olgan. 1993-yildan buyon AQSHdagi Massachusets texnologiya institutida faoliyat yuritadi va ushbu dargohning eng yuqori akademik maqomi – Institut professori unvoni sohibi hisoblanadi.

Olim ummon ortida faoliyatini davom ettirar ekan, ilmiy yutuqlari birin-ketin e’tirof etila boshladi. 2006-yilda Amerika san’at va fanlar akademiyasi, 2014-yilda AQSH Milliy fanlar akademiyasi, 2021-yilda esa Amerika Falsafa jamiyati a’zoligiga saylandi.

Bugungi kunda u jahonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan iqtisodchilardan biri hisoblanadi.

Ilmiy meros

Ajemog‘luni dunyoga tanitgan eng yirik loyihalaridan biri – Chikago universiteti professori Jeyms Robinson bilan hammualliflikda yozilgan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” kitobidir.

Mualliflar institutsional islohotlarning davlatlar farovonligi va aholining turli qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyatini tushuntirib bergan. Xususan, inklyuziv institutlar yaratishning asosiy unsurlari korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvining shaffofligini oshirish va fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash ekanini ta’kidlaydi.

2019-yilda ikki olimning yana bir salmoqli kitobi – “Tor yo‘lak” asari chop etiladi. Unda davlat va jamiyat munosabatlari o‘rtasidagi muvozanat, shaxsiy erkinlik hamda erkin jamiyatni shakllantirish masalalari tadqiq etilgan.

2023-yilda esa Ajemog‘lu hamkasbi Saymon Jonson bilan “Hokimiyat va taraqqiyot” kitobini yozdi. Asarda texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyot omili bo‘lishi bilan birga, ulardan keladigan iqtisodiy foyda jamiyat a’zolari o‘rtasida qanday taqsimlanishi tahlil etiladi.

E’tirof

2024-yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va farovonlikka ta’sir qilishini o‘rgangani uchun” Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga topshiriladi.

Muhim jihati: laureatlar nafaqat siyosiy va iqtisodiy institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va ularning xalq farovonligiga ta’sirini tadqiq etadi, balki mustamlakachilik va siyosiy o‘zgarishlarning davrlar kesimidagi oqibatlarini o‘rganib, faqat ayrim guruh manfaatlari uchun tashkil etilgan institutlar oxir-oqibat kambag‘allikka olib kelishi mumkinligini aks ettirgan.

Bu esa asriy qaramlikdan qutilib, o‘zining mustaqil yo‘lini boshlagan davlatlar uchun muhim uslubiy qo‘llanma, tanqidiy-tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 36-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324