Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.09.2025 | 15:45

img686

QARMOQQA KIM ILINDI?

Odamzod tafakkuri o‘sib, ajdodlaridan ko‘ra kengroq fikrlashga o‘tgani haqida bong uradi olimlar. Zamonaviy dunyodagi ulkan o‘zgarishlar bunga dalil bo‘ladi. Lekin ba’zi masalalarda yurtdoshlarimiz tutumlarini ko‘rib, eshitib “Nahotki, shu XXI asr odami bo‘lsa?!” deb hayron qolaman. Navbatdagi sud jarayonidan chiqar ekanman, shu o‘ylar ongimni band etdi. Voqea bunday bo‘lgan edi…

* * *

Sudlanuvchi Baxtiyor Qo‘ziboyev o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish va ishonchni suiiste’mol qilish borasidagi xatti-harakatlarini shunday izohladi:

– Men Bahrom Xolmurodovni pora berishga qiziqtirib, katta miqdordagi pulini qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldim. Unga Mudofaa vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishim orqali jiyani O‘ktam Hasanovni Toshkent shahridagi harbiy kafedraga ega bo‘lgan Pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qildim. Qo‘shimchasiga, keyinroq o‘qishini Chirchiq shahridagi Oliy harbiy bilim yurtiga ko‘chirib berishni aytdim. Buning uchun taxminan 10 ming AQSh dollari kerakligini ta’kidladim.

Jabrlanuvchi Qo‘ziboyevning va’dalariga ishonadi. Bolaligidan harbiylikka qiziqqan jiyanining orzularini amalga oshirish uchun har qanday xarajatga tayyorligini bildiradi. Uddaburonligidan suyungan Qo‘ziboyev joriy yilning
30-may kuni soat 15:30 larda poytaxtdagi kafelardan birida uchrashib pulni olishi, tanishiga vaqtida yetkazib bermasa, o‘qishga kirish ishlari ortga surilib ketishi mumkinligini aytib vahima qiladi. Xolmurodov esa barchasi u aytgan muddatda tayyor bo‘lishini bildiradi.

Umumiy ovqatlanish maskaniga aytilgan vaqtdan ikki soat avval yetib kelgan B.Qo‘ziboyev oladigan summasiga hal bo‘ladigan muammolari haqida o‘ylab shirin xayollar surib o‘tirar, uning aldoviga laqqa tushgan hamyurti bu mablag‘ni topgunicha qancha zahmat chekkani haqida umuman o‘ylamasdi. B.Xolmurodov soat millari 15 dan 20 daqiqa o‘tganini ko‘rsatganida, kelishilgan joyga yaqinlashadi. Biroq kafe eshigi oldida bu summani topguncha chekkan mashaqqatlarini eslab turib qoladi. Jiyani o‘qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani, shu pulni bermasa ham o‘qishga kirib ketishi mumkinligini o‘ylab ikkilanib qoladi. “Agar o‘qishga kirolmasa-chi?” Jiyanining tushkun holatga tushib qolishini ko‘z oldiga keltirarkan, avvalgi mulohazalaridan voz kechadi.

Aytilgan vaqtda yetib kelgan “o‘lja”ni ko‘rgan ustasi farangning yuziga tabassum yuguradi. O‘rnidan turib mulozamat qila boshlaydi. B.Qo‘ziboyev fuqaro B.Xolmurodovdan oldindan kelishilgan jami qiymati 127 million 682 ming 600 so‘mga teng bo‘lgan 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni qo‘lga kiritgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Firibgar jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra oxiriga yetkaza olmaydi.

* * *

– Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan firibgarlik 5 ta qismga bo‘lingan, – deydi sudya Malika Qodirova. – Ularning 4 ta qismida jinoyatni qaysi hollarda og‘irlashtiruvchi malakalash ko‘rsatilgan. Beshinchi qismida yengillashtiruvchi holatlar bayon qilingan. Ya’ni jinoyat sodir qilingandan keyin yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, ayblanuvchi, gumonlanuvchi yoki sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi mumkin. Oxirgi nuqta sudning qarori bilan qo‘yiladi. Jinoyat kodeksida firibgarlik jinoyati uchun ko‘pi bilan 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

Ijtimoiy turmushda insonlar o‘zaro bir-birlari bilan muomala qilar ekan, ular orasida turli xil munosabatlar o‘rnatiladi. Ayrimlar sof, halol yo‘l bilan, o‘zgalar haqidan qo‘rqqan holda bu munosabatni o‘rnatsa, ayrimlar insonlarning soddaligi, ishonuvchanligini suiiste’mol qiladi. Bundaylarning ham jamiyatda o‘z nomi bor: firibgarlar va tovlamachilar.

Achinarlisi shundaki, keyingi paytda firibgarlar tufayli ro‘y bergan shuncha voqealardan keyin ham firibgar yo tovlamachi qarmog‘iga ilinayotgan odamlar soni kamayib qolgani yo‘q. Qolaversa, taraqqiyot yuksalgani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari ham qayd etilmoqda. So‘nggi yigirma yilliklarning yana bir firibgarligi – bu farzandining oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishi orzusidagi ota-onaga nisbatan qilinmoqda. Xo‘sh, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari nimada? Albatta, bilimsizlikda. Toki biz zamon o‘zgarishlari va yangiliklarini o‘z vaqtida mushohada qilib, hushyorlik va sezgirligimizni oshirmas ekanmiz, farzandlarimiz uchun munosib hayot tarzini yarata olmaymiz. Ularga ibrat bo‘la olmaymiz.

* * *

– Qilgan ishim xatoligini tushundim, – deydi sudlanuvchi B.Qo‘ziboyev. – O‘zim oliy ma’lumotliman. Lekin mehnatga bo‘ynim yor bermadi. Tez va oson keladigan pulga uchdim. Oxiri voy bo‘lishini sezsam ham, xuddi qo‘lga tushmaydiganday yurardim. Bugun mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘, ayniqsa, farzandlarim oldida juda uyatli bo‘lib qoldim. Men sizlardan uzr so‘rayman va jazo turini yengillashtirishingizni o‘tinib so‘rayman.

Sud B.Qo‘ziboyevga nisbatan jazo turi va muddatini belgilashda tegishli moddalar talabiga rioya qilib, uning shaxsini, muqaddam sudlanmaganligi, oilaviy sharoiti, qaramog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, qilmishidan pushaymonligini inobatga oldi.

Bu holatda ikkinchi tomon ham farishta emas. Pora haqida gap ketar ekan, beruvchi qo‘lning aybi oluvchidan kam emasligini hech qachon unutmasligimiz kerak.

– “Bilmayin bosdim tikonni, tortadurman jabrini”, degan ekan men kabi boshi devorga urilgan gumroh, – deydi B.Xolmurodov. – Jiyanimni o‘qishga kiritaman, deb firibgarlar ortidan yugurmasdan uning bilim olishi uchun yetarlicha sharoit qilib berish zarurligini tushundim. Men o‘z qilmishlarimdan pushaymonman. Vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarga murojaat qilganim esa to‘g‘ri ish bo‘ldi. Chunki men kabi kalta o‘ylab, ham vaqtiga, ham naqdiga kuyib qoladiganlar oz emas. Agar gaplarim boshqalarga ham yetib borsa, aytmoqchimanki, eng yaxshi mablag‘ bilim olish uchun tikilgan mablag‘ ekan. Peshona terimiz bilan topilgan pulni firibgarlarga emas, bolalarimiz bilim olishlari uchun sarflaylik.

* * *

– Fuqarolar firibgarlar domiga qanday ilinib qolmoqda? – deydi Respublika Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov. – Firibgarlarning o‘zlari ham o‘zlarini “firibgar” deb bilishadimi, tan olishadimi? Yo‘q, ularning hech biri qilmishini tan olmaydi, aksincha, maqsadi odamlarga yordam berish bo‘lganini ta’kidlashadi. Biz kattalar maqsadga kimnidir aldash yoki qaysidir firibgarga murojaat qilish bilan emas, mushkul va murakkab ko‘rinsa-da, halol mehnat, mustahkam bilim orqali erishishni farzandlarimizga targ‘ib qilishimiz kerak. O‘g‘il-qizlarimizni mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishimiz juda muhimdir.

Sud majlisida B.Qo‘ziboyev oliy ma’lumotli bo‘la turib, o‘z vaqtini, rejalarini to‘g‘ri taqsimlay olmagani haqida afsus bilan gapirildi. Uning so‘zlarini eshitib, ulug‘ ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning mana bu so‘zlarini esladim: “Bu jaholat xohishidurki, millat foydasi uchun jonni qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz butun millatni yodlaridin chiqorib iste’dod va g‘ayratlarini choyxona va pivoxonalarg‘a sarf etmakdadurlar”.

Yuqorida bugungi ayrim odamlarning qadimgilardan ham ortda qolayotgani haqida gapirdik. Gap shundaki, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ochiqlik va adolat mezonlari bilan o‘tayotgan, testlarni kompyuter tekshirayotgan, amaliy sinovlar kuzatuv kameralariga muhrlanayotgan bir zamonda pora bilan ish bitadi, deb o‘ylash qanchalik aqlga to‘g‘ri keladi? Axir, qadimdan najotkorlik da’vo qilganlarning barchasidan dalil-hujjat so‘ralgan-ku! Nahotki, shu oddiy narsaga ham aqlimiz yetmasa?

Muxtasar TOJIMAMATOVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599