28.04.2025 | 17:55
891
FERUZXONDAN MEROS MAKTABLAR
Jadidlar o‘z davrida jamiyatdagi barcha sohalarni qamrab olgan qizg‘in faoliyat bilan shug‘ullanishgan va ular orasida harakatga asos bo‘lgani ta’lim edi. Dastlab ta’lim maskanlarida Ismoilbek G‘asprali muallifligidagi darslik, qo‘llanmalar o‘qitilgan bo‘lsa, qisqa davr ichida mahalliy faollar – Avloniy, Behbudiy, Ibrat, So‘fizoda, Hamza, Bobooxun Salimov tomonidan darsliklar yaratilib, foydalanishga topshirilgani bu soha ma’rifatparvar bobolarimiz faoliyatida nechog‘li muhim ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi. Tabiiyki, o‘lkada jadid maktablari paydo bo‘lgan davrda taraqqiyparvar pedagoglarga ehtiyoj katta edi. E’tiborli jihati, shunday jarayonda xalq ichidan yangi avlod pedagoglari yetishib chiqdi.

Yaqinda nashr etilgan “Xorazm jadid maktablari” monografiyasida ana shu davr islohotlari xususida so‘z boradi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Umid Bekmuhammad tomonidan ta’lim sohasidagi bu jarayon O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari, “Tarjimon” gazetasida chop etilgan maqolalar hamda qator memuarlar asosida tahlil etilgan.
Xorazm jadidlik harakatining Turkiston, Buxoro hududlaridagidan farqli va o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu holat jadid maktablari, pedagoglari faoliyatiga ham tegishli. Xorazmda jadid maktablariga nisbatan Turkiston, Buxorodagi kabi jiddiy to‘sqinliklar bo‘lmagan. Negaki, ushbu maktablar, pedagoglarga Xiva hukmdorlari Feruz, Asfandiyorxon va ko‘plab amaldorlarning munosabati ijobiy bo‘lgan.
Shu tariqa 1898-yilda Xiva, Yangi Urganch shaharlarida Feruzxonning xayrixohligi va qo‘llab-quvvatlashi bilan ochilgan ilk jadid maktablarida Muhammad Vafo, Abdurahmon afandi singari pedagoglar xorazmlik o‘quvchilarga ta’lim bera boshlashgan.
Qrimda nashr etiladigan “Tarjimon” gazetasining 1907-yil 30-mart kungi sonida Asfandiyorning “Xiva valiahdi usuli savtiya maktabi ochdirish uchun Barudiy madrasasini tamomlagan ikki muallimni chaqirtirdi, 25-fevralda keldilar, kelishlari bilan maktabda dars boshlaganlari haqida”gi xabar chop etilgan.
“Tarjimon” gazetasi To‘rtko‘l, Xivadagi pochta tizimi orqali Xorazmga tarqalgan va Feruzxon, valiahd Asfandiyor, saroy a’yonlari, mudarrislar, maktab o‘qituvchilari uni doimiy mutolaa qilib borishgan. 1883-yildan 1917-yilgacha bo‘lgan davrlarda mazkur gazeta sahifalarida Xorazmda kechayotgan jarayonlarga oid 150 dan ortiq maqola, xabar yoritilgan.
Bu davrga kelib qiz bolalar uchun maxsus jadid maktablari ham tashkil etila boshlangan edi. Xususan, 1906-1907-o‘quv yilida pedagog Husayin Qo‘shayev turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva bilan Yangi Urganchda qizlar maktabi ochadi. Bu muhim voqeadan xursand bo‘lgan Feruzxon Urganchga borib, mazkur ta’lim-tarbiya ishlari bilan shaxsan tanishadi va Husayin Qo‘shayevni qo‘llab-quvvatlab, unga bosh-oyoq sarpo kiygizadi. Xazina hisobidan maktabga yordam berib turishga qaror qiladi. Mazkur maktabda Komila Qo‘shayeva, Maryam Agisheva, Zaynab Siddiqova singari jadid pedagoglari xotin-qizlarga saboq bera boshlaydi.
Ushbu jarayonlarda taraqqiyparvar amaldorlar Mamat mahram, Bobooxun Salimov, Xudoyberganbek Matniyozbekovning faoliyatini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bosh vazir Islomxo‘janing jadid maktablari, umuman ushbu harakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonga aylanishida roli katta bo‘lgan.
Bu borada bir misol keltirsak. Xonlikda keskin islohotlar o‘tkaza boshlagan Islomxo‘ja 1911-yil yanvar oyida Turkiston general-gubernatori huzuridagi diplomatik amaldorga Xivada yana bir yangi usul maktabi ochmoqchiligini bildirgandi. Diplomatik amaldor esa general-gubernatorga “Islomxo‘ja Xivada nafaqat xon va amaldorlarning farzandlari bilim oladigan, balki boshqa xivalik yoshlar ham dunyoviy bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladigan maktab yoki gimnaziya ochish niyatida ekanligini menga ma’lum qildi. U yoshlarga dunyoviy fanlar o‘qitilsa, mamlakat taraqqiyoti uchun foydali bo‘ladi, degan fikrda”, deya ma’lumot bergandi.
Islomxo‘ja shu tariqa 1911-yilda yana bir jadid maktabi ochishga erishadi. Mazkur maktab uchun Islomxo‘ja Xiva markazida yevropacha usulda qo‘sh qavatli bino qurdiradi. Islomxo‘janing yangi usul maktabida 70 nafar bola o‘qigan.
Monografiyada Muhammad Vafo, Abdurahmon afandi, Husayin Qo‘shayev, Nuriddin afandi, Ahmadjon Akayev, Ramazon Saydashev, G‘ofur Usmoniy, Komila Qo‘shayeva, Abdulla Salim, Yusuf afandi, Matyoqub Rajabov, Ahmad Nuriddin, David Bakirov, Muxtor Bakirov, Husayin Ibrohimov, Nizomiddinoxun Salimov, Inoyatoxun Salimov singari jadid pedagoglari faoliyati, ularning ta’lim jarayonidagi ishtiroki atroflicha yoritib berilgan.
Shuningdek, monografiyada Xivadagi “Ta’sisoti xayriya”, “Yangi Urganch savodxonlik jamiyati”ning jadid maktablarini darslik, qo‘llanmalar bilan ta’minlash, iqtidorli yoshlarni xorijga yuborish borasidagi faoliyati ham tahlil etiladi.
Xiva jadid maktabini tugatib, Istanbul universitetida tahsil olgan Bekjon Rahmon, Gurlandagi jadid maktabi o‘quvchisi Olimjon Qodiriy, Yangi Urganchdagi qizlar maktabini tamomlagan Maryam Sultonmurodovaning Germaniyada tahsil olishi, ularning keyingi faoliyati, taqdiri ham arxiv hujjatlari, o‘sha davrga oid boshqa manbalar orqali tadqiq qilingan.
Bir so‘z bilan aytganda, “Xorazm jadid maktablari” monografiyasi Xorazm zaminida kechgan ma’rifatparvarlik harakati tarixini o‘rganishda muhim o‘ringa ega manba sifatida ahamiyatlidir.
Is’hoqjon ISMOILOV,
filologiya fanlari nomzodi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-apreldagi 17-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



