04.11.2024 | 10:01
260
IRODADAN YARALGAN INSON
Malika Artiqbayeva bolaligida poliomielit kasalligining falajsiz turiga chalindi. Har qancha davolatishmasin, toʻliq tuzalib ketishning imkoni boʻlmadi. U boshqalar kabi toʻshakka mixlanib qolmadi-yu, oyoqlari rivojlanishdan toʻxtab, yurishga qiynaladigan boʻldi. Mana, qarib-qartaydi hamki, bir joyga borgisi kelsa, jonini qiynab protez taqadi. Lekin nogiron boʻlishiga qaramay, ovulida chevarchilik qiladi.

Odam oʻz hovlisiga tushgan qorni oʻzi kuraydi. Doimiy dardlar Malika opaning suyagini yemirdi-yu, bardoshiga tegolmadi. Rango-rang iplarda orzularini ninaga oʻtkazib, tikish va toʻqishga berildi. Ayollar jurnallarida “Tikishni oʻrganamiz” ruknida muntazam berib boriladigan andozalarni erinmay kesib oldi. Tavakkaliga mato qirqib, bichim oldi, mustaqil ravishda chevarlikka qoʻl urdi.
Asta-sekin ovuldoshlari unga koʻylak tiktira boshladi. Shu-shu tirikchiligi tikuvchilik ortidan boʻldi. Protez ogʻrigʻidan ozorlanib, uy ichida “toʻrt oyoqlab” yurdi, emaklab-emaklab bichiq qildi, qadalib oʻtirib libos yaratdi. Vaqti yetib, tajriba toʻplab, oʻttizga yaqin xotin-qizni tikuvchilikka oʻrgatib, shogird qilib tarbiyaladi.
Otasidan qolgan toʻrt xonali chogʻroqqina uyda serfarzand ukasi qaramogʻida umr kechirib, tiqilishib yashayotgani oʻngʻaysiz boʻldi. Koʻylak tiktirishga kelgan mijozining bir ogʻiz maslahati bilan davlatdan uy soʻrab, hukumatga qayta-qayta xat yoʻlladi. Bu endi oʻn yil avvalgi gaplar.
Nihoyat, zamon oʻzgardi. Uydan umidini uzib, mayli-da, deb turgan joyida hokimiyatdan qoʻngʻiroq qilishib, “Sizga ikki xonali uy beriladigan boʻldi. Tezlik bilan shaxsiy hujjatlaringizni yetkizing”, deb aytishdi. U yogʻini opaning oʻzidan eshitgan yaxshi.
– Shu payti juda hayajonlanib qoldim. Lekin kimga aytsam, hovliqma-yey, kim senga uy beradi, shunchaki hujjatlaringni soʻrab qoʻyishgan-da, deya oʻtimni oʻchiraverdi. Hafsalam boʻlar-boʻlmay, soʻralgan hujjatlarni ukamdan bervordim. Hech qancha oʻtmay, menga Qoʻngʻirot tumani markazidagi koʻp qavatli uylardan ikki xonali xonadon kalitini topshirishdi.
Malika opa bunday tortiq uchun xalqni arzi dodi yerda qolmaydigan bugunidan minnatdor. Har qadamda zamonaviy oʻquv kurslari boʻlishiga qaramay, yoniga kelgan hunartalablarning ishtiyoqini soʻndirmaydi. Oʻzi ham bekorchidan Xudo bezor, deb qarindosh-urugʻning buyurtmasini bajaradi. Opadan qiynalmayapsizmi oʻzi, deya soʻradik.
– Nega qiynalaman? Protezim biroz eskirganini, almashtirishim kerakligini aytmasa, hammasi yaxshi…
Bir oilaning yarashtiruv ishiga qatnashganimiz bor. Kelin erining topish-tutishidan norozi edi. Savol-javoblarimizda ayol savdoga boshi, tikuvchilikka yelkasi ogʻrishini aytgandi. Qoʻshningizga oʻxshab pista qovurib ulgurji topshirsangiz-chi, deganimizda, mening pistaga allergiyam qoʻziydi-ku, degan iddaoni eshitgan edik.
Demak, farogʻatda yashay olish uchun faqat tani sihatlikkina emas, insonda shukronalik hissi ham barqaror boʻlmogʻi zarur. Ana shu xislat umumiylik kasb etsa, jamiyatning ham toʻrt muchasi sogʻ boʻlajak. Zero, bugun hech kim e’tibordan chetda qolayotgani yoʻq.
Muhayyo PIRNAFASOVA
Toshkent-Qoʻngʻirot-Toshkent
“Jadid” gazetasining 2024-yil 1-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



