28.09.2026 | 15:37
3219
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING ESKI ZONTIGI
“Zontik” gollandcha so‘z bo‘lib, “quyoshdan himoyalanish vositasi” degan ma’noni anglatadi. Xo‘sh, “zontik” so‘zining sof turkiychasi bormi? “Soyabon” deysizmi? Yo‘q, “soyabon” forscha so‘z.

Toki dunyoda quyosh issig‘i va yog‘ingarchilik bor ekan, demak, hamma joyda ulardan himoyalanish vositasi bo‘lgan. Hamma joyda shunday vosita ishlatilgan ekan, unda hamma tillarda bu narsani ifodalaydigan so‘z ham bo‘lgan. Faqat bu so‘zlar unutilgan bo‘lishi mumkin.
Mahmud Koshg‘ariy “Devoni lug‘atit-turk”da “јaңalduruq” so‘zini yomg‘irdan, quyosh issig‘idan boshni saqlash uchun vosita ekanligini izohlab ketgan. Yangalduruq namatdan tikilgan ekan. Bu narsa yomg‘irpo‘sh yo oddiy yopinchiq emas. Chunki yopinchiq qadimgi turkiy tilda “јug‘urqan” so‘zi bilan ifodalangan. Koshg‘ariy “Ol aңar yug‘urqan esho‘di” – “U unga yopinchiq yopdi” degan misolni keltirib o‘tgan.
Qozoqlarda zontikni “qo‘lchodir” deyishar ekan.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



