Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2026 | 14:21

img660

MENI VATAN QO‘LLAGAN

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon va Olimpiada chempioni, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ruslan NURIDDINOV bilan suhbat

– Siz Istiqlol tengdoshisiz. Ismingiz ham mustaqil O‘zbekiston tarixining zarvaraqlariga bir necha bor qayd etilgan. Suhbatni bir ochiq savol bilan boshlamoqchiman. Muvaffaqiyatlaringizdan keyin xorijdan “Bizning mamlakat nomidan qatnashing” degan takliflar ham bo‘lganmi? Bunda moddiy manfaat ham ko‘zda tutiladi, albatta.

– Bilasizmi, ba’zi intervyularimni eshitganlarning ayrimlari “Vatan haqida yolg‘on gapiryapti”, der ekan. Odamlarni tushunish qiyin, yuragingni ochsang, “xushomad qilyapti” deydi, muammoni aytsang, “noshukur ekan” deydi. Talqinlar o‘zgaraveradi. Lekin men baribir aytaveraman: Vatanimni chin dildan sevaman! Ta’ma, ta’nalarsiz, iddaolarsiz!

Siz aytgan takliflar ikki-uch marta bo‘lgan. Lekin ularni hatto oxirigacha eshitmasdan rad etganman. Bu haqda gap boshlanishi bilan: “Yo‘q, men keta olmayman!” deyman. Chunki bu yurt menga hayot berdi, imkon berdi, shon berdi. O‘sha imkoniyatlardan foydalandim. Natijasi niyat, harakat va taqdirga ko‘ra bo‘lyapti. Bugun ko‘ksim shoda-shoda medallarga to‘lganda, ham ma’naviy, ham moddiy rag‘batlarga erishganimdan keyin hammasiga qo‘l siltab, ko‘proq pul, ko‘proq shuhrat ilinjida ketib qolishni insofsizlik deb bilaman. Bu shaxsiy qarashim. Boshqalarning tutumlariga baho bermayman. Har kim o‘z hayotini yashaydi, qarorini qabul qiladi.

Men oddiy oilaning farzandiman. Hech kim qo‘limdan yetaklab, tayyor natijaga olib kelmagan. Meni faqat Vatan qo‘llagan. Qanday qilib? Sharoit yaratib bergan, to‘g‘ri foydalanishga harakat qilganman. Buning uchun bir umr qarzdorman. Shu yurtda tug‘ilganimga shukur qilaman. Faqat menda imkoniyat bo‘lgan, demoqchi emasman. Shu yurtda yashayotgan har bir insonda imkoniyat bor, hamma gap insonning o‘zida. Mehnat, intilish va sabr bo‘lmasa, hech narsaga erisholmaydi kishi.

– Endi o‘ttiz yil ortga qaytsak. Zalda ikki akasining og‘ir atletika bilan shug‘ullanishini tomosha qilib o‘tirgan bolakay Sizga tanish emasmi?

– Tanish, albatta. O‘shanda akalarim 10-12 yoshli o‘smirlar edi. Muntazam mashq qilgani uchun bo‘ydor, mushakdor, chayir yigitlar bo‘lib yetilgandi. O‘sha paytlarda “Gerkules” multfilmi juda mashhur edi. Biz bolalar “Kim kuchli, kim Gerkulesga o‘xshaydi?” deya bahslashardik. Men “Shunaqa toshlarni ko‘tarayotgan akam, nahotki, Gerkules bo‘lsa”, deb o‘ylaganman. Balki o‘sha beg‘ubor hayrat yuragimda og‘ir atletikaga mehr uyg‘otgandir. Hozir akalarim o‘zlari uchun shug‘ullanib turishadi. Men esa havaskorlikdan professional sportga o‘tdim. 1999-yildan jiddiy kirishganman. Eng muhimi, shu yillar ichida sportga mehrim kamaymadi. Hafsalam sovimadi. Bugun ham sevgan ishim bilan mashg‘ulman.

Sport faqat jismoniy kuch manbayi emas. Undan ham muhimi, sport odamda matonatni shakllantiradi. Qiyinchilikka chidashni, yiqilganda turishni, o‘zini qo‘lga olishni o‘rgatadi. Odamda shaxsiyat shakllanadi, iroda mustahkamlanadi va ichki quvvat ortadi.

– Musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

– Bizda mashg‘ulotdan tashqari hayot deyarli yo‘q, desam ham bo‘ladi. Hayotimiz sportdan iborat. Chunki biz doim sport formasini ushlab turishimiz kerak. Ayniqsa, yuqori natija ko‘rsatish uchun sportchi doim jismoniy holatini nazorat qilib boradi. Bizga faqat Yangi yilga ta’til berishadi, qolgan paytlarda tayyorgarlikdan ortmaymiz. Masalan, bitta musobaqaga tayyorgarlik jarayoni uch oydan besh oygacha davom etishi mumkin. Agar yiliga uchta musobaqada qatnashadigan bo‘lsangiz, hisoblab ko‘ring, deyarli butun yil band bo‘lasiz. Har bir musobaqa – organizm uchun katta yuklama. Ayniqsa, yuqori natija uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchiga tiklanish uchun vaqt kerak. Hordiq ham belgilangan tartibda bo‘ladi. Agar musobaqalarni haddan tashqari ko‘paytirib yuborsangiz, bugungi natijangiz yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin keyingi yillarda tanangiz pand berib qo‘yadi. Uzoqni o‘ylab ish qilish kerak.

– Raqiblaringizning chiqishini, natijalarini kuzatib borasizmi?

– Ko‘pincha ataylab kuzatmayman. Bunga men uchun juda katta dars bergan bir voqea sabab bo‘lgan. 2010-yil edi. Birinchi marta kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashyapman. 85 kilogramm vazn toifasidaman. Oxirgi chiqishimni kutib o‘tiribman. Kutish xonasida musobaqa o‘tayotgan podium ham ko‘rinib turadi. Mendan oldin chiqqan raqibim, adashmasam, 200 yoki 201 kilogrammlik toshni ko‘tarayotgan edi. Oxirgi nuqtaga kelganda qo‘li qayrilib,  shtanga tushib ketdi. Butun zal shovqinga to‘ldi. Men esa narigi tomonda bularning hammasini ko‘rib o‘tiribman. Tabiiyki, bu holat ruhiyatimga ta’sir qildi. Natijam kutilganday chiqmadi. Shu voqea juda katta saboq bo‘lgan.

Natijalarini eshitishim mumkin. Lekin o‘zim chiqib bo‘lgunimcha ko‘rmayman. Bu faqat mening strategiyam. Boshqa sportchilar ham xuddi shunday qilishi kerak, degani emas.

– Olimpiada chempioni bo‘lganingizda, rekordlar o‘rnatganingizda Sizga havas qiladigan yoshlar safi yanada kengaydi. Ular ham og‘ir atletikaga zo‘r bera boshladi, nazarimda. Lekin musobaqaga boradigan sportchiga jismoniy tayyorgarlikning o‘zi yetarli bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, yana nimalarga e’tibor qaratish kerak?

– Aslida, ko‘p narsa shartmas. To‘g‘ri, ko‘pchilik bu sport turini juda qiyin, juda og‘ir, deb o‘ylaydi. Lekin yosh o‘tib, tajriba ortgani sari uddalash mumkinligini tushunib borasiz, faqat yo‘nalish to‘g‘ri berilsa, bas. Bunda ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, menga ruhiy tayyorgarlikda musiqa katta yordam beradi. Qizishib ketgan bo‘lsam, biroz tinchlanish uchun mumtoz navolarni eshitaman. Aksincha, yetarlicha qizimagan bo‘lsam, rok qo‘yaman. Eng muhimi, hammadan biroz uzilish. Birovning gapini, g‘iybatini, rejasini, maqsadini eshitmay, o‘zimni eshita boshlayman. O‘zingni o‘zing eshitish juda muhim. Chunki tashqaridan qaraganda, odamning yuzida hammasi joyidagidek ko‘rinishi, lekin ichkarida butunlay boshqa holat bo‘lishi mumkin.

Shunaqa paytda biroz yolg‘iz qolib, o‘zingiz bilan gaplashsangiz, aslida qanday holatda ekaningiz, kayfiyatingiz, nimaga tayyor yoki tayyor emasligingizni tushunib yetasiz.

– Sportchi, ayniqsa, rekord o‘rnatgan chempion keyingi musobaqada undan ham yuqori natija ko‘rsatishni, yana rekord o‘rnatishni maqsad qiladimi?

– Yo‘q. Men ishlashni maqsad qilaman. Chunki ko‘p marta “mana shuncha kilo ko‘taraman”, deb niyat qilganman-u, o‘xshamagan. Keyinchalik boshqacha yondashishni o‘rgandim: “Borib, zo‘r ishlab kelishim kerak”, degan maqsad qo‘yaman. Albatta, ichingizda taxmin bo‘ladi: “Mana buncha kilo bo‘lsa yaxshi bo‘lardi”, degan. Lekin o‘sha raqamni asosiy maqsad qilib qo‘ya olmaysiz. Chunki faqat cho‘qqini ko‘zlasangiz, unga olib boradigan yo‘ldagi jarayonni sezmay qolishingiz mumkin. Bu holatni men navigatorga o‘xshataman. U sizga “mana shu nuqtaga bor, qolganini o‘zing bilasan”, demaydi-ku. Yo‘lning hammasini ko‘rsatib beradi: qayerda burilasiz, qayerda to‘xtaysiz. Sportda ham xuddi shunday.

Bizda bitta musobaqada jami oltita asosiy urinish bo‘ladi – ikkita yo‘nalishda uchtadan. Har bir chiqishga bor kuchingizni berishingiz kerak. Tajribam shuni ko‘rsatdiki: “falon natijani albatta qilishim kerak”, deb emas, “butun jarayon davomida imkon qadar yaxshi ishlashim kerak”, deb chiqsangiz, konsentratsiya ham boshqacha bo‘ladi va natija ham shunga yarasha chiqadi.

– “Bo‘ldi, sportni yig‘ishtiraman, endi murabbiylikka o‘taman”, degan paytlaringiz bo‘lganmi?

– Murabbiylik haqida o‘ylamaganman. Lekin sportni tashlash haqida o‘ylar bo‘lgan, albatta. Har xil jarohatlar, charchoq, oila bilan bog‘liq muammolar – hayotda turli vaziyatlar bo‘ladi. Shunaqa tushkunlikka tushgan paytlarim ko‘p marta bo‘lgan. Bunday vaqtlarda musiqa jonimga ora kiradi. Albatta, yaqinlarimning ham o‘rni juda katta. Ko‘pincha bunday vaqtlarimda onam qo‘llab-quvvatlaydi. Faoliyatim davomida eng ko‘p jon kuydirgan insonlardan biri onam bo‘lgan. Ba’zan o‘zim jahl qilib, “Bo‘ldi, bas qilaman”, degan paytlarim ham kuzatilgan. Shunday paytlarda onam dalda bo‘lib “Sen uchun hammasi oson, uddalaysan”, deb o‘zimga kelishimga yordam beradi.

Hozir umr yo‘ldoshim ham shunaqa – mening yonimda turadigan, jon kuydiradigan ayol. Shuning uchun odam og‘ir vaziyatda yolg‘iz qolmasa, undan chiqib ketish ham osonroq bo‘ladi.

– Farzandlaringiz sportchi bo‘lishni xohlasa, ularni qo‘llab-quvvatlaysizmi?

– Men biroz qattiqqo‘l otaman, ikki qizimning ko‘ngli nozikligini bilsam-da, ularning salomatligi uchun sport bilan shug‘ullanishlarini talab qilaman. Ota sifatida hozirgi asosiy maqsadim – farzandlarimni sog‘lom qilib tarbiyalash. Chunki bugungi zamonda sportsiz yashash qiyin. Bizning butun hayot tarzimiz kamharakatlik bilan o‘tib boryapti: mashinada o‘tiramiz, ishda o‘tiramiz, uyda o‘tiramiz. Hamma narsa telefon, kompyuter, noutbuk orqali hal bo‘ladi.

Oldin biror joyga borish uchun piyoda yurardik. Hozir 200-300 metrga ham mashina chaqiramiz, yetkazib berish xizmatlaridan foydalanamiz. Skuter, samokat – hammasi bor. Hech bo‘lmaganda bir kun vaqt ajratib, jismoniy faol bo‘lishimiz kerak. Ota-ona sport bilan shug‘ullansa, bolalar ham bunga o‘rganadi. Menimcha, sport endi shunchaki tanlov emas, zamon talabi.

– Sportchilar orasida ham “yulduzlik kasali” bo‘ladimi? “Endi men qahramonman, boshqa shug‘ullanmasam ham, musobaqalarga bormasam ham bo‘ladi”, degan kayfiyat kuzatiladimi?

– Medallar jarangidan quloq bitib, pulning rangidan ko‘z xira tortishi mumkin. Lekin bu o‘tkinchi. Sportning shafqatsizligi ham bor. Yoshlar, ko‘proq mehnat qilganlar hech qancha vaqt o‘tmay boshingizda porlagan yulduzingizni olib qo‘yishi mumkin. Bu tabiiy. Lekin o‘z salohiyatini bilib yoki o‘z xohishi bilan sportdagi faoliyatini to‘xtatish boshqa masala. Bu hurmatga loyiq qaror.

O‘zi har bir sportchining asosiy maqsadi – Olimpiada. Ko‘pincha “Olimpiadadan keyin sportchida maqsad qolmaydi”, deyishadi. Lekin bu fikrga qo‘shilmayman. Ertalab mashg‘ulotga kelayotganimda, “Nimaga kelyapman?” deb o‘zimdan so‘rab o‘tirmayman. Men nimaga kelayotganimni aniq bilaman. Chunki ishimni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun o‘sha paytdagi maqsadim ham, hozirgi maqsadim ham ishlash, imkon qadar yaxshi natija qilish.

Maqsad – rekordni yangilash, albatta. Rekordni yaqinda ham yangiladim, yana yangilasa bo‘ladi-ku. Masalan, 2021-yilda jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lsam, 2024-yilda yana o‘sha rekordni o‘zim yangiladim. Yana yaxshi natijalar bo‘lishi mumkin. “Men ishimni sevaman”, deganimning sababi ham shu, bu ishdan charchamayman. Allohga shukur, quvvat beryapti, madad beryapti. O‘zimga ham va’da berganman: shu quvvatim bor ekan, ishlayman. Eng katta maqsadim esa – 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan Olimpiada g‘olibi bo‘lish.

– Yuksak maqsadlarga yetishingizni tilaymiz! Vatanimiz bayrog‘i olam uzra hilpirashida kamarbasta bo‘lishda kuch-quvvat, sog‘lik va omad yor bo‘lsin!

Vasila HABIBULLAYEVA suhbatlashdi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 9-oktyabrdagi 41-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600