Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.09.2024 | 13:13

img475

MILLATNI UYGʻOTISH ORZUSI

XX asr o‘zbek she’riyatida kechgan yangilanishlar – bu, avvalo, badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlardir. Zero, har qanday ijod mahsuli zamon va makon, ulardagi o‘zgarishlar va ijodkorning bevosita munosabatini o‘zida aks ettiradi. Insoniyatning azaliy va abadiy muammolarini badiiy-falsafi y idrok eta bilgan chinakam shoir bu muammolarni o‘z davri, xususan, zamon muammolari, zamondoshlarining dardlariga uyg‘un kayfiyatda ifodalashga erishadi. Shu bois keyingi yillari bir-biriga yaqin zamonlarda yashasa-da, ijodining mazmuni, mavzusiga ko‘ra farqlanadigan, majozan aytganda, hayot deb atalgan dengizda o‘z to‘lqini qudratini namoyish etishga qodir avlodlar paydo bo‘ladi. Har bir avlod o‘zi kirib kelgan davrga boshqalarga nisbatan xiyla yaqinroq turadi.


XX asrning 70–80-yillari voqeligi ana shu davrda adabiyotga kirib kelgan avlod ijodida yorqinroq aks etdi. Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron va ushbu avlodga mansub boshqa shoirlar she’rlaridagi yetakchi g‘oyalar, ularda aks etgan mavzular qamrovi, o‘ziga xos ifoda shakllarini bevosita ana shu davrning badiiy mahsuli deb ayta olamiz.
Hali biror ishni
uddalamadim,
hali hech kimsani qilmadim rozi,
behuda o‘tibdi go‘zal umrimning
qanchalab chiroyli bahori, yozi.
Men orom borligin unutib qo‘ydim,
bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan,
Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!

Shavkat Rahmon she’riyatining mavzusi endilikda uning hayot mazmuniga aylangan Vatan ekanligi baralla aytilmoqda. Shoirning keyingi she’rlarida bir qarashda, ushbu mavzuga aloqasi yo‘qdek tuyulgan tasvirlar ham alal-oqibat Vatan va vatanparvarlik tuyg‘ulari, o‘y-kechinmalari, orzu-istaklari, armon-u nadomatlarining ifodasi bo‘lib kelaveradi:
…Axir o‘zbekning bir o‘jar shoiri
qarsak chalarmidi bema’ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko‘paygan juda.
Yurakni so‘z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o‘ylab so‘ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.


Shavkat Rahmon she’riyatida ijtimoiylikning keng o‘rin egallashini tabiiy ravishda davr talabi, qolaversa, shoirdagi grajdanlik ruhining badiiy pozitsiya darajasiga ko‘tarilishi sifatida baholash lozim. Shoir suhbatlarining birida shunday deydi: “…She’r kayfiyat mahsulidir. Kayfiyat ildizlari kundalik hayotimizda, kundalik hayotimiz esa siyosat bilan bog‘liq”. Xalq hayotining sovet siyosati sababli tanazzulga tushganligini teran anglagan shoir uning turmushini, ijtimoiy holatini kuzatar ekan, ko‘plar ichida o‘z millatining, millatdoshlarining qadr-qimmatini anglab yetishlarini istaydi, ommaning mudroq holatidan iztirobga tushadi. Istak va iztiroblar millatni uyg‘otish orzusini harakatga keltiradi. U millatparvarlikni ulug‘ tushunchalar qatorida ardoqlaydi. “…Millatparvarlik baland g‘oyadir va bu g‘oya bugungi adabiyotning yetakchi mavzusiga aylanmog‘i, har bir vatandoshimizda millatparvarlik tuyg‘usini uyg‘otmog‘i zarur”, degan aqida bilan yashaydi. O‘z navbatida, shoirning ijodida ham ushbu mavzu yetakchi o‘ringa o‘tadi. “Avtobusdagi o‘ylar” she’ri fikrimizning dalilidir. She’r lirik qahramoni – yo‘lda ketayotgan yo‘lchi. Avtobus, yo‘l, yo‘lovchilarning holat va kechinmalari, yo‘l cheti manzaralari – barcha-barchasi poetik kontekstda lirik qahramonning o‘y-kechinmalari, baholari bilan bog‘liq ravishda o‘zgacha badiiy mazmun kasb etadi. Endi “yo‘l”, “yo‘lovchi”, “avtobus” obrazlariga o‘zgacha falsafi y-badiiy mazmun yuklanadi. Shoir o‘z uslubiga xos poetik tafakkur yuritadi. Bu o‘rinda qishloqlar yo‘l chetida pista, qurut sotuvchi chollarga mengzaladi. Shoir naza rida sodda qishloqlar yo‘l chetida shunchaki tomoshabin bo‘lib turishgani yo‘q. Ular olis bir sayohat va safarga chog‘langandek ko‘rinadi:
Qayga boradilar,
loygarchilikda
qay orzu-istaklar bag‘rini ezar?


Lirik qahramonning ushbu savoli sodda qishloq poetik obrazining ma’nosiga yanada oydinlik kiritadi. Shoir yo‘lchi – lirik qahramonni boshqa yo‘lovchilardan ajratadi. Sodda qishloqlarga sovet davridagi O‘zbekis tonni tamsil etadi. Shoirning safar, sayohat haqida eslashi bejiz emas. U bu fi kr bilan mehnatga bog‘lab, qora ishchiga aylantirilgan xalqini ana shu mahkumlikdan ozod etib, orzusidagi erkin mamlakat fuqarosiga aylantirmoqchi. Poetik matndagi “loygarchilikda” so‘zi xalqning mahkumligiga ishora. She’rning keyingi misralarida shoirning dardi, armonlari yanada teranroq ifoda topadi.
Paxtazor boshlanar,
kirza etikli,
yuzlarin quyoshlar yalagan qizlar
ming bora egilib,
ming bor yalinib,
har mitti g‘o‘zani uyg‘otar sizlab.
Bir zum bosh ko‘tarib,
yerga o‘xshagan
qo‘llarin silkitib nenidir so‘ylar,
go‘yoki qo‘llarmas,
qo‘llar shaklida
rostlanib havoda titraydi o‘ylar.


Paxtazorga epitet bo‘lib kelayotgan “kirza etikli” so‘zi zamirida xalqning paxta dalasida kechayotgan zahmatli kunlari, “mitti g‘o‘zalar”ni sizlab uyg‘otishga butun quvvatini, umrini bag‘ishlayotgan qizlarning “havolarda titrab” qolib keta yotgan o‘ylari, taqdiri lirik qahramonning og‘riq lari bo‘lib eshitiladi. Shoir “kirza etikli” epitetini bir paytning o‘zida dalalar va qizlarga taalluqli etib tasvirlagani assotsiativ ma’noni yanada kuchaytiradi.
Yo‘l chetida yo‘lchi qorachig‘iga yaxlit-yaxlit manzaralar bo‘lib joylashayotgan tasvirlar yanada tiniqlashadi. Shoir endi o‘zbek obrazining port retini mehr va iztirob bilan chizadi:
Turkona hovlilar kunga qaragan,
achchiq mevasidan shirin boli ko‘p,
ko‘rimsiz eshiklar mangu yopilmas,
teragidan ko‘ra majnuntoli ko‘p…
Sabr daraxtiday o‘sgan odamlar –
saksovul singari chidamli, chayir,
yerga botib ketgan bahodirlarday
kunlarga qaraydi
siniq iljayib.


Keltirilgan tasvirlarning barchasi yo‘lchi – lirik qahramon avtobus derazasidan kuzatgan manzaralar edi. Shoir tasvirni avtobus ichiga ko‘chirganida avtobus obrazining ko‘chma ma’nosini yanada teranroq anglaymiz.
Mayxonaga o‘xshar
avtobus ichi,
yosh-yalanglar chaynar nag‘malarini.
Bir butun olamni ko‘rmadim bunda,
ko‘rdim men odamning zarralarini.
Ko‘ngil ag‘darilar
latifalardan,
orzular, qarashlar naqadar kalta.
Nega gapirishmas separatchilar
Indira Gandini otgani haqda?!

“Avtobus”dagi “olam” shoir orzu-ideallariga zid – olomonchilik olami. Bir qarashda, keltirilgan misralar obrazlilikdan xoli, axborot xitoblarga o‘xshaydi. Lekin ular umumpoetik matnda shoir nazarda tutgan g‘oyani ifodalashga xizmat qiladi. Shoir lirik qahramon tilidan “avtobus olomoni”ga qarata:
…Shular o‘ylarmikin tuprog‘imizni,
shular ko‘tararmi elning yukini!?
Qani birortasi
bitta so‘z aytsa,
so‘qimlar davrasin nogoh to‘zitib,
shoir yuragimni yulib berardim
birgina Turkiston degan so‘z uchun…

– deya xitob qiladi. Ushbu so‘nggi “Turkiston” degan xitob she’rdagi sayohat manzilining ma’nosiga aniqlik kiritadi. She’rning so‘nggi qismida sayohat oxirlagani aytilar ekan, xalqni uyg‘otish fasli yetib kelgani, avlodlarning ajdodlarga munosib voris bo‘lish mas’uliyatini his qilish kerakligi uqtirilayotgandek bo‘ladi. Shoir xotimada uxlayotgan omma manza rasini berish orqali xalqni ogohlikka, hushyorlikka, kurashga chorlaydi:
…oxirlab qolganda hamki sayohat,
bilishmas, ne uchun xo‘mrayar tog‘lar,
bu azim daryolar oqar qayoqqa…
Bolalar, kampirlar,
chollar mudraydi,
mehnatkash qo‘llari yoziqligicha,
bu dono yigitlar,
bu dono qizlar
uxlaydi ko‘zlari ochiqligicha.


“Avtobusdagi o‘ylar” tom ma’noda majoziy she’r, majoziylik she’rda botartib kelgan manzaralar tasviridan, manzaralar umumlashib, hosil etgan yaxlit asardan, asardagi har bir so‘z – obrazdan anglashilib turadi.
Shavkat Rahmonning ijtimoiy mavzudagi she’rlarini mohiyatan umumiy bir maxrajga keltirish mumkin. Ularda xalqning sobiq sovet davridagi ahvoli, yuz yildan ortiq vaqt davomida arosatda saqlanish oqibatida so‘ngan ruhiyati, turli ta’qib, yasoqlar bilan shonli tarixi, ma’naviyati va madaniyatidan ajralib, yot g‘oyalarga asir etilgani, oqibatda o‘zligini unutish darajasiga kelgan mute avlodlar shakllanib kelayotganining og‘riqlari hamda xalqni ana shu zanjirlardan ozod etishga, o‘zligini anglashga chorlash yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shavkat Rahmon va u mansub bo‘lgan davr she’riyatida yangi ijtimoiy mavzuning ishlanishi XX asr o‘zbek adabiyoti ko‘lamida o‘rganilsa, muayyan tadrijiylikka asoslangan muhim prinsip ko‘zga tashlanadi: 20-yillar avlodi she’riyatida qo‘ldan ketayotgan vatan qayg‘usi kuylangan bo‘lsa, 70–80-yillar she’riyatida vatan mustaqilligi, erk va ozodlikni qayta qo‘lga kiritish baralla yangradi. 20-yillar she’riyatida dastlab, oshkora aytilgan ijtimoiy fi kr keyingi davr adabiyotida majoz yo‘lida – ramz va ishoralar, tagma’noli ifodalar yordamida kuylangan bo‘lsa, 70–80-yillar she’riyatida oshkoralik va qayta qurish siyosati bois timsol va majozlar qobig‘i olib tashlandi, shoirlar Vatan haqida ochiq-oydin yozish imkoniyatini topdilar. Shavkat Rahmon she’riyati ana shu shiddatli davrning yorqin namunasi sifatida maydonga chiqqan edi.

Ra’no MULLAXO‘JAYEVA,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600