Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.05.2024 | 22:46

img540

MUALLIFLIK HUQUQI HAQIDA…

Yaqinda qirg‘izlarning “Jannat ona­­lar oyog‘i ostida” badiiy filmi o‘g‘­rincha telegram kanallarida tarqati­lishiga qarshi keng jamoatchilik o‘rinli tarzda e’tiroz bildirdi. Mualliflik huquqi himoya qilinishi kerak.

 Ammo Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlariga kelganda nima uchundir merosxo‘rlari­ning haqli e’tiroziga qarshi borildi va “Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlari xalq mulki bo‘lishi kerak”, deya fikrlar bildirildi.

O‘zbekistonda “Mualliflik huquqlari” degan tushuncha keng targ‘ib qilinishi kerak. Mualliflik huquqlari haqida tushun­chaga ega bo‘lmay turib fikr bildirish o‘rinsiz deb o‘ylayman.

Oddiy misol, qozoq kinochilari “Temir xotin”ning qozoqcha variantini suratga olishmoqchi bo‘lib, Toshkentga – Yozuv­chilar uyushmasiga kelishgan, u yerdan adibning manzilini olib, oilasidan ruxsat so‘rashgan. Mana buni mualliflik huquqlariga hurmat ko‘rsatish deyiladi.

Deylik, ulug‘ adiblarimizning kitob­lari nashr qilinadigan bo‘lsa, albatta, ular­ning merosxo‘rlaridan ruxsat olinishi va ularga gonorar to‘lanishi shart. Xuddi shunday, ulug‘ san’atkorlarning (deylik, Sherali Jo‘rayev, Komiljon Otaniyozov, Nuriddin Haydarov, Oxunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov va boshqalar) qo‘shiqlari – xalq mulki, ammo me­ros­xo‘rlari tirik. Ulardan ruxsat olish shart. (Ruxsat olish uchun ma’lum miqdorda haq to‘lanadi. To‘ylarga falon dollarga boradigan xonanda-yu, otarchilar uchun bu arzimas pulligini 1-sinf o‘quvchisi ham biladi).

Ha, aytmoqchi, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishi shartlaridan eng asosiylaridan biri aynan mualliflik huquqlariga rioya etish hisob­lanadi.

Aytmoqchimanki, “qo‘shiqlarga qo­rovul” iborasiga kinoyasiz yondashish kerak.

Yana bir gap. Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlari – boshqa san’atkorlar tomoni­dan aytilsa ham, aytilmasa ham umrboqiy qo‘shiqlar. Hozirgi voqealar o‘tkinchi, Sherali Jo‘rayev ulug‘ san’atkor sifatida o‘zbek san’ati osmonida yulduz emas, quyosh bo‘lib qoladi.

Gapiraman desa gap ko‘p. Hozir tirik yurgan ayrim ulug‘ san’atkorlarimiz ham farishta emas. Marhumlarning emas, tiriklarning ham oilasi sirlarini yorita oladigan mard bormi?

Sharofiddin TO‘LAGANOV

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img69

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img585