05.02.2025 | 09:07
227
OTAXONNING MAKTABI
Yozyovonda uni Mahmud hoji deb e’zoz va ehtirom bilan tilga olishadi. U kishi o‘n farzandli katta oilada tug‘ilib o‘sgan. Otasi Zokir hoji qishloqda nom qozongan imoratsoz usta bo‘lib, joyi kelsa, qo‘li qisqaroq odamlarga beminnat, tekinga xizmat ko‘rsatgan. Hatto ba’zi ehtiyojmand oilalarga qurilish ashyolarini o‘z hisobidan olib bergani, uyini butlab berganiga el guvoh. Otaning bunday serhimmatligini ko‘rib ulg‘aygan farzandlar ham boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishga odatlandi.

Bu yog‘ini so‘rasangiz, Mahmudjon ota o‘smirlik yillarida tengdoshlari bilan 6-7 chaqirim olisdagi maktabga borardi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring, qishda qor, bahorda loy, kuzda goh yomg‘ir, goh tuproq kechishga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda u kishi bir kun kelib tadbirkor bo‘lsam, Qumqishloqqa bir maktab qurib beraman, deb niyat qilgan shekilli, keyinchalik yelkasiga omad qushi qo‘nib, mustaqil yurtimizning omadli tadbirkori bo‘ldi. Gaz idorasida yuk tushiruvchi, paxta titish sexida oddiy ishchi bo‘lib ishlab, besh-to‘rt so‘m jamg‘arib, qishlog‘iga yangi uskunalar olib keldi va ko‘p o‘tmay ko‘rpa-to‘shak uchun toypaxta chiqara boshladi. Halol mehnat ortidan yirik tadbirkor bo‘ldi.
2002-yil boshida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Ismatulla Qahhorov qabuliga kirib, Qumqishloqda maktab qurish taklifini bildirdi. Bu tashabbus, albatta, tuman va viloyat mutasaddilariga ma’qul keldi. Natijada, Qummahalla (hozirgi nomi Qoziliqqum)dan bir gektar yer ajratildi. Bu joy yantoqzor bo‘lib, to‘rang‘i bosib yotardi. Darrov hasharchilar yig‘ilib, o‘roq-ketmonni ishga solib, maydonni tozalashdi. Bino tamal toshini tadbirkorning otasi Zokir hoji qo‘ydi va o‘g‘lining savobli ishiga fotiha berdi. Ish qizg‘in boshlanib, 2003-yil avgust oyida maktab bitdi. Ikki navbatda o‘qiyotgan 5-maktabdan yangi 34-maktabga 270 nafar o‘quvchi ko‘chib o‘tdi.
2014-yilga kelib maktab qoshida zamonaviy sport zali, 2020-yilda esa yana 270 o‘rinli yondosh bino qurildi. Shu yillar davomida ilm maskanini 200 nafardan ziyod o‘quvchi bitirdi. Ba’zilari yurtimiz va chet el oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyapti, ba’zilari turli tashkilot, korxonalarda ishlab, el-yurt xizmatini qilyapti.
Mahmud hojining ilm-fan ahliga, adabiyot va san’at kishilariga ham mehri bo‘lakcha. Sovet zamonida qatag‘on va quvg‘inga uchragan hamqishloqlari – ota-o‘g‘il Mulla Umarjon Mahdum Gʻurbatiy va Mulla Mahmudjon Majruh qalamiga mansub “Devoni Gʻurbatiy”, “Bayozi Majruh”, “Odamoxun” kitoblarining nashriga homiylik qildi. Kitobsevarlar bu kitoblarni qo‘lma-qo‘l o‘qimoqdalar.
Tadbirkorning oilasi ham havas qilgulik. To‘rt o‘g‘lining uch nafari nufuzli korxonalarda dasturchi, kenjasi o‘quv markazini boshqaryapti. Ular o‘z odobi, bilimi va dunyoqarashi bilan ko‘p yoshlarga namuna bo‘la oladi.
E he, u kishining el og‘ziga tushgan ezgu amallarni bir-bir sanasangiz, kompyuterning quvvati yetmaydi.
So‘ngso‘z o‘rnida mustaqil Vatanimizda Mahmud aka kabi xalq koriga yaraydigan, insonlarning og‘irini yengil, mushkulini oson qilishga bel bog‘lagan halol tadbirkorlar ko‘payaversin, deymiz!
Malik Boy MUHAMMAD
Yozyovon
“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



