Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.04.2024 | 12:03

img236

TARAQQIYOT XURUJI

Nihoyat, O‘zbekiston ko‘chalarida ham elektromobillar ko‘payib qoldi. Xitoy tomondan shovqin-suronsiz, sassiz bostirib kelgan bu mashinalar bozorlarni zabt etgach, shahar bo‘ylab yoyilib ketdi. Bundan ikki yil avval ko‘chada onda-sonda ko‘zimiz tushgan elektromobilga hozir har qadamda duch kelamiz. Chunki Xitoyning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD singari kompaniyalari dunyo bozorida Yevropa va Amerika kompaniyalarini ham dog‘da qoldirmoqda.  Kompaniya kuni kecha “Yuan Plus” kros­soveri narxini salkam 12 foiz, eng arzon “Seagull” (9 700 dollar) rusumlisini 5 foizga arzonlashtirdi. Kompaniya o‘tgan yili chetga 100 mingdan ortiq “Yuan Plus” elektromobili sotgan ekan. Joriy yilda turli rusumda jami 11,5 million dona elektromobil ishlab chiqarishni ko‘zlayapti. Bu mashinalar bizda kundan-kun qimmatlashib borayotgan yonilg‘ini ishlatmaydi, elektr quvvatida hara­katlanadi, kamchiqim. Xorijda arzon, bizda qimmat sotiladigan o‘zimizning avtomobillarimizdan ko‘ra qulay va sifatliroq. Bu yaxshimi, yomonmi, bilmadim. Endi “UzAuto Motors” mashinalarining narxi ham biroz tushsa kerak. Agar shunday bo‘lsa, avtomobil ishqibozlarining kuni tug‘di deyavering. Gap bunda emas, uning oqibatida yuzaga keladigan muammolarda, ya’ni shaharlarda, xususan, poytaxt ko‘chalaridagi yengil mashinalar sonining kes­kin ortib borayotganida. Oqibat qanday bo‘ladi? Albatta, ko‘chalarda tirbandlik oshadi. Avtomobil yo‘llarini kengaytirish, yangilarini qurish talab etiladi. Bir tomondan do‘konlar, oshxona-restoranlar, ikkinchi tomondan katta yo‘llar orasida sezilarli qisqargan piyodalar yurish yo‘laklarining yo‘qolib ketish xavfi kuchayadi. Aslida gap bunda ham emas. Xo‘sh, shahar havosi tozaradimi yoki aksincha – bilmadim. Chunki bizda chang bor, ustiga ustak, qurilishlar davom etmoqda. Shaharsozlik “madaniyati”ni puxta egal­lagan quruvchilarimiz o‘nta-yigirmata ko‘p­qavatli uy qurgandan keyin bitta maktab, besh-o‘nta bolalar maydonchasi, sport inshootlari qurish lozimligini bilsa ham, bu ishga aslo urinmaydi. Chunki ortiqcha tashvish, ortiqcha chiqim, balki tuzuk-quruq foydasi ham yo‘qdir… Shu bois poytaxtimizda bundan o‘n yil oldingi 300 ming nafardan ziyodroq o‘quvchilar soni ustiga yana yuz to‘qson ming nafar bola qo‘shilib, jami salkam yarim millionga yaqinlashgan bo‘lsa-da, maktablar soni 30-40 taga ortgan, xolos. Aslida ming o‘quvchiga bitta maktab lozimligi nazarda tutilsa, yana 150-160 ta maktab qurish kerak. Gap shunda. Yurtdoshlarimiz avtomobilni shunchalar qadrlaydiki, ko‘pqavatli uylarning kirish yo‘laklarigacha mashinasini taqab, ko‘ndalang qilib qo‘yadiganlar bor. Mashinalar orasidan sirg‘alib o‘tib ishga, maktabga yo‘l olasan, sirg‘alib o‘tib, uyingga kirasan. (Kun bo‘yi mashinalar oralab yurasan). Mashinasevarlar esa, bu yo‘lak eshigidan yigirmata xonadon ahli kirib-chiqishini o‘ylamaydi. Xuddi otasi qurib ketgan uyda yashayotganday his etadi o‘zini. Yo‘l yoqalari, ishxonalar atrofi, sport maydonchalari, bog‘lar, oshxonalar oldi, xullas, shaharning qayerida bo‘sh joy bo‘lsa, barchasini avtomobillar qoplagan. Ayniqsa, bolalar erkin o‘ynaydigan maydonlarni avtomobillar egallab olgani achinarlidir. Bolalar qayoqqa borsin?! Gap shunda!

Bu tarafda esa, xitoylik do‘stlarimiz mashi­nalarini arzonlashtiryapti…

Humoyun AKBAROV

“Jadid” gazetasi 2024-yil 22-mart 13-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592