13.08.2025 | 15:43
918
“JONON” BO‘LAMAN DEB…
Kecha bir ukamiz shunday deb qoldi:
– Opa, hozir 17-18 yoshida turmushga chiqayotgan qizlarning ko‘pchiligi ajrashib ketyapti. Tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limida yotgan yosh juvonlardan aksarining boshi ochiq. Bu degani tinch-omon, to‘kin-sochin zamonda qanchadan qancha go‘dak tug‘ilmasidan otasidan ajralib qolyapti. Shu qizlarga nima ekan, balog‘atga yetgan zahoti oila qurib?! O‘qimaysanmi institutlarga kirib, til o‘rganib olmaysanmi…

Bu gaplarni eshitib, buning ildizi qayerga borib taqalishi haqida o‘ylab qoldim. Yoshlarga yoqmasa ham gap instagram-u tik-tokka borib taqalyapti.
Tarmoqlar bizga shunday avlodni “tarbiyalab” beryaptiki, hali beli og‘rib bir so‘m topmagan oyimtillalar mahrga “Gelik” so‘raydigan bo‘ldi. So‘rasangiz na mahrning, na nikohning qoidasini tushunadi ko‘pi. To‘g‘ri, mahr so‘rash qizning ixtiyori, unga loyiq bo‘lish esa majburiyati.
18–24 yoshdagi o‘g‘illarimiz, ukalarimizning hamyoniga bir qarab qo‘ying. Unda qimmatbaho buyumlar olib berishga yetadigan pul bormi? O‘qiyotganlari mayli-ku, ishlayotganlari ham shaxsiy xarajati, ro‘zg‘orga tekkan foydasidan orttiradimi?
Vaqti kelsa yo‘lkiraga ham uydagilardan pul olib yurgan bo‘ydoqlar gelikparast, romantikaxo‘r, alohida yashashga ishtiyoqmand hurliqolarga nima bera oladi? O‘zini malikaday tutadigan (chet eldagi ba’zi malikalarning sipoligi ma’lum va mashhur) qizlarning orzusini amalga oshiraman deb yigitlarning sillasi qurib qolmayaptimi? Egri qadam qo‘yishiga ham shu narsalar sabab bo‘lib qolmayotganiga kim kafolat beradi?
Ayb faqat qizlarda emas, ular osmondan shu dunyoqarash bilan tushmagan. Ularni tarbiyalagan (yoki tarbiyalamagan) ota-onalar, pul ishlab qolish uchun tarmoqlarda yoshlarning kibr-u havosini ko‘pirtirayotgan bloger-u vaynerlar-u vaysaqilar ham bunda barobar aybdor.
Yigitlar ham kuyovko‘ylakdekkina oppoq emas. Erkaklar orasida juda yaxshi gap bor: oyoqqa turib olish. Buni kitobiy qilib, yigitlarni ham ruhan, ham jismonan oilaga tayyorlash deymiz. Bo‘lajak erga halol mehnat, oilaga fidoyilik, ayoliga sadoqat bilan birga oriyat, g‘urur, jasoratni ham o‘rgatish kerak. Faqat to‘yga pul topib, uylanishni emas, oilani saqlab qolish, uni mustaqil boshqarish ko‘nikmasini ham singdirsin otasi, amaki-tog‘alari.
Aks holda nima bo‘ladi? Kelinposhsho umrida yuzma-yuz ko‘rishmagan vaynerlarning hashamatli, baxtli ko‘ringan hayotini orzulab eridan shuni talab qiladi. Bu talabga erning kissasi-yu istagi qanday javob qaytaradi? Hamma balo shunda. Keyin homilador bo‘lib, “Gelik”ka boshqorong‘i kelin uyda naq uchinchi jahon urushi olovini yoqib, muzaffar generalday onasinikiga yo‘l oladi yoki yo‘llanadi. Chunki onalarimiz farzandlarining haddi a’losiga yetgan injiqliklarining bosh rahnamosi va rejissyori…
Agar shu yigit-qizlar 17-18 yoshda emas, qo‘liga diplom olib oila qurganida, befoyda hoyu-havaslari bosilgan, hayotga sovuqqon aql bilan qaraydigan, baxtni ham, naqdni ham qadriga yetadigan juftlikka aylanardi.
Ha-ya, tarmoqlarda o‘zlarini baxtiyor er-xotin qilib ko‘rsatayotganlar kunora uyiga “uchastkavoy” chaqirib turishini, u uylar, u dabdabalar yaltiroq, ko‘rgazmali bir dekoratsiya ekanini anglagan bo‘lardi.
O‘sha mashhur qo‘shiqda aytilganday, jonon bo‘laman deb, hammani kuydiraman, deb o‘zingiz kuyib qolmang yana, qizlarjon.
Madina MO‘MINOVA
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 8-avgustdagi 32-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324


