Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.10.2026 | 09:26

img1300

“UDDABURO” LUĞATÇILAR

Keyingi yillarda tilimiz imlosida çalkaşlik paydo bölgan sözlardan biri “uddaburo” sözidir. Bu sözning matbuotda “uddaburro” şaklida xato işlatilayotganini köp kuzatdim. Xöş, çalkaşlik nimada?

“Uddaburo” sözi arabça “uhda” va forsça “buro” özaklaridan taşkil topgan. “Uhda” sözi özbek adabiy tilida “udda” şaklini olgan. “Udda” – biror işni bajara oliş, örinlatiş, amalga oşiriş, eplaş. “Buro” esa “buromadan” fe’lining özagi. U “udda” sözi bilan birikib, biror işni eplaşga ustalik, mohirlik ma’nolarini ifodalaşga xizmat qiladi.

Qiziği şundaki, “uddaburo” sözidagi çalkaşlikning paydo böliş tarixi luğatlarimizda yaşiringan. Luğatçilar ham ba’zan qoş qöyaman deb, köz çiqarib qöyar ekanlar. Hozirça eng töğri va savodli deb suyanib keladigan, 1976-yilda “Fan” naşriyotida çop etilgan “Özbek tilining imlo luğati”da söz quyidagiça berilgan: “uddaburon” (446-bet). Bunda sözning asosiy qismi – “uddaburo” töğri yozilgan-u, lekin oxiridagi “n” harfi öylantiradi. Fors-tojik tilidagi “buromadan” (çiqmoq) fe’li jonli talaffuzda, şevada “burondan” deb ham işlatiladi. Balki, luğatçilar şu şakldagi “buron”ni asos qilib olişgandir. Şunday deb taskin topiş ham mumkin. Lekin mazkur imlo luğatiga asoslanib tuzilgan, 1981-yili Moskvaning “Rus tili” naşriyotida çop etilgan “Özbek tilining izohli luğati” 2-jildi, 264-betida sözning töğri şakli “uddaburo” deb yozilgan. Ikkala luğat ham bir ilmiy muassasa – ÖzFA Til va adabiyot institutida tayyorlangan. Izohli luğatdagi şakl töğriroq, nazarimizda.

Endi sözning izohlanişiga ham e’tibor beraylik. Keltirilgan izohli luğatda söz quyidagiça izohlangan: “Har işni udda qila oladigan, eplay oladigan; epçil, abjir”. Bu – töğri izoh.

“Özbek tilining izohli luğati” 2008- yili “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyotida qayta naşr etilganida, söz yana 1976-yildagi imlo luğatidagidek “uddaburo (n)” (4-jild, 264-bet) şaklida berilgan. Faqat bunda “n” harfi qavsga olingan.

Nega har xillik davom etyapti? Bu ham mayliku-ya, ammo izohda sözning arabça, forsça özaklari keltirilib, forsça özak röparasiga “kesuvçi, keskir, ötkir” sözlari yozib qöyilgani ğalati bölgan. Izoh esa oldingi naşrdagi bilan bir xil. Luğatçi forsça “buro” (çiqmoq) bilan “burro” (keskir) sözini çalkaştirib yuborgan. Yangi naşrga yangilik kiritmoqçi bölgan-u, amalda xalq jonli tilidagi çalkaşlikni ilmiy naşrda rasmiylaştirgan-qöygan. Bu luğat ham oldingi muassasa – ÖzFA Til va adabiyot institutida tayyorlangan.

Imloviy va izohli luğatlarimizdagi çalkaşliklarni bartaraf etiş tilşunosligimiz oldidagi dolzarb vazifadir. Muharrirlarimiz, musahhihlarimiz va keng miqyosdagi ona tilimiz tasarrufçilari ogoh bölsinlarki, nainki özbek adabiy tilida, balki arab, fors tilida ham “uddaburro” sözi yöq. “Uddaburo” sözi bor va uning şunday yoziliş şakli töğridir.

Nusratullo JUMAXÖJA,
filologiya fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 43-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img31

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img310