22.10.2026 | 08:30
830
SÖZ ASLIYATI VA MAS’ULIYATI
Sarlavhada ikkita masala turibdi. Birinçisi – söz asliyatini biliş, ikkinçisi – sözni mas’uliyat bilan qöllaş. Ma’lumki, davr ötişi bilan xalq ayrim sözlarning asliyatidan uzoqlaşib boradi. Bu öşa sözlarning muomalada kam işlatilişi bilan boğliq. Şunga qarab, söz ham asliyatidan uzoqlaşib, özgarişlarga uçraydi.

JAVPAZAK
Bu sözni öqigan kişi daf’atan özbek adabiy tilida bunday söz yöq, deya e’tiroz bildirişi mumkin. Ha, töğri, özbek adabiy tilida bu söz yöq, lekin xalq şevalarida bor. Men ham dastlab şunday deb öyladim. Gap şundaki, “Jadid” gazetasining 2026-yil 5-iyun sonida çop etilgan Ibrohim Ğafurovning “Bolalik kunlari” essesida şunday jumla uçradi: “Boğdan erta pişgan javzapak örik”… Darhol uşbu söz notöğri qöllanganini payqadim. Çunki men ösib-ulğaygan yurt şevasida bu söz “javpazak” şaklida işlatiladi. Lekin Ibrohim Ğafurov Toşkent şahrida ösib-ulğaygan. Mahoratli söz ustasi söz qöllaşda bunday xatoga yöl qöyişi mumkin emas, albatta. Balki, maqolani köçiriş, tahrir jarayonida söz şakli özgarişga uçragandir. Ehtimol, Toşkent şevasida söz özgarib ketgandir.
Toşkent şevasi vakili bölgan ikki ziyoli tanişimdan şu sözni biliş-bilmasliklarini söradim. Ularning biri 60 yoşdan oşgan, ikkinçisi 80 yoşda. Ular bu söz Toşkent şevasida, va umuman, özbek tilida borligini bilmasliklarini aytdilar. Ikkovlari ham filolog, birlari tilşunos, birlari adabiyotşunos. Balki, şeva bisotining hozirgi holatida bu söz taomildan çiqqandir. Ibrohim Ğafurov esa salkam asrni qaritgan donişmand olim edi. Şunday uluğ yoşli insonlar bilmasa, haqiqatan ham, söz muomaladan çetlaşgan körinadi.
Odatim böyiça, birrov luğatlarga ham murojaat qilib köraman. Ne köz bilan körayki, bu söz luğatlarda bor ekan. “Özbek tilining imlo luğati” (“Fan” naşriyoti, 1976-yil, 162-bet)da söz quyidagi şaklda turibdi: “Javpazak (ertapişar)”. “Özbek tilining izohli luğati”ni varaqlayman. Unda ham bu söz bor va unga quyidagiça izoh berilgan: “JAVPAZAK şv. Ertapişar, çillaki. Kimsasiz bir boğga kirib, yarim döppi javpazak pesa (ğöra örik) terib çiqdim. A.Qahhor, Ötmişdan ertaklar. Afandining bir tup javpazak örigi bor edi. “Latifalar”. (“Özbek tilining izohli luğati”, 5 jildli, 2-jild, 63-bet).
Özbek adabiy tili luğatlaridan örin olganmi, demak, bu söz özbek adabiy tilida bor, deb hisoblaş mumkin. Bu söz özbek xalqining köp şevalarida keng tarqalgan. Masalan, tilşunos olim Töra Nafasovning 2011-yilda naşr etilgan Qaşqadaryo viloyati şevalari haqidagi kitobida “javpazak” sözi may-iyun oylari (javzo)da pişadigan ertapişar olma ma’nosida izohlangan. Demak, “javpazak” sözi faqat ertapişar örik emas, umuman, ertapişar meva ma’nosiga ham ega ekan.
“JAVPAZAK” asli tojikça söz bölib, uning xalq tilida borligi, ikki xalq azaldan birga yaşaganidan dalolat beradi. Söz ikki özakdan tuzilgan: “jav” va “pazak”. “Jav” oy nomi “javzo”ning qisqartma şakli yoki javzo oyida pişadigan “jav” – arpa sözidan olingan bölişi mumkin. “Pazak” esa tojikça “puxtan” fe’lidan yasalgan va “pişar”, “pişuvçi” ma’nolarini ifodalovçi özakdir. Şu ikki özak birlaşib, “javpazak” – “ertapişar” sözi hosil bölgan.
“ŞARIF” – FAMILIYA EMAS
Tilimizdagi har bir söz milliy boyligimizdir. Albatta, uni öz örnida qöllasakkina, u nutqimizga zeb-u ziynat, mazmun va malohat bağişlaydi. Aksinça, sözni örinsiz qöllasak va bu notöğri işni keng miqyosga yoyib, urfga aylantirsak, boşimizga bitgan balo böladi, tuzatilmas darajaga yetadi. Ayniqsa, qalam ahli şu qusurga yöl qöysa, uyat böladi. “Şarif” ana şunday sözlardan biridir. Tilimizga arab tilidan kirib kelgan “şarif” sözi “şarofatli” ma’nosini anglatib, u ism hamdir.
Afsuski, u keyingi 30 yillar içida kimdir orqali rasmiy hujjatçilik leksikasiga kirib oldi. U goh familiya, goh ota ismi örnida qöllanadigan bölib qoldi. Bu qöllanişning notöğriligi haqida köp yozildi. Men ham maqolalarim va kitoblarimda qayta-qayta yozdim. Ammo maşhur bölib ketgan ğalat, ya’ni ğalati maşhurni yöqotiş juda qiyin bölar ekan. Hatto til va adabiyot yönalişidagi oliy öquv yurtlarida ham bemalol rasmiy hujjatlarda işlatişadi bu sözni. Fan doktorlari, professorlar, rahbarlar ham e’tibor berişmaydi bu xatoga.
Kamina bundan bir neça yil avval uşbu xatoning payiga tuşib, ildizini topib, tag-tomiri bilan quritmoqçi böldim. Kalavaning uçi borib oliy ta’lim vazirligiga taqaldi. Oliy ta’lim vazirining davlat tili böyiça maslahatçisiga telefon qilib, masalaning mohiyatini tuşuntirdim. U öz tasarrufidagi hujjatçilikda tuzatişga va’da berdi. Biroq hanuzgaça bu maş’um xato tuzatilmadi. Ba’zan hujjatlarni olib kelişadi, ism-familiyangiz röparasida F.I.Sh. – familiya, ism, şarif yozilgan. Hujjat töldirilgan, imzo çekmay iloj yöq.
Alqissa, “Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyul kungi sonida çop etilgan Rözimboy Hasanning “Osmondan tuşgan” ismlar” maqolasida şunday jumlalarni öqiymiz: “Beregin yoki Qosim Sorokin kabi ziyolilar özlariga özga zabonli şarif tanlaşlari ortida ham majburiylik yotibdi. Afsuski, “beregi” – “saqla” sözini şarif qilib olgan inson hayoti sovet zindonlarida yakun topgan”. Rözimboy Hasan mustaqillik davridagi eng faol jurnalistlarimizdan biri. Mubolağasiz, mingdan ortiq maqola çiqargan bölsa kerak. Şunday tajribali jurnalist uslubiy xatolarga yöl qöysa, dodingizni kimga aytasiz?! “Hammani qöy, eçkini söy” deyilganidek, endi kelib-kelib maşhur jurnalistga qanday yozişni örgatasizmi?! Ikkala jumlada ham “şarif” sözi “familiya” sözi örnida örinsiz qöllangan. Birinçi jumladagi “özga zabonli şarif” iborasining özida ham uslubiy xato bor. Bu iboradan “boşqa tilli familiya” degan öxşovsiz ma’no çiqadi. Uslub sodda, tuşunarli bölişi uçun oddiygina “til” sözi bor-ku. Kitobiy “zabon” sözi nima qiladi u yerda? Keyin, familiya özga tilli bölmaydi – özga tildan olingan, özga tildan kirib kelgan, özga tildagi böladi-da.
“Şarif” sözi masalasida, neça marta qaytarayotganimni bilmayman, yana aytaman, u familiya ma’nosini bermaydi. U – iltifot tuşunçasi. Sözlovçi suhbatdoşiga murojaat qilayotganida “ismi şarifingiz”, deya unga lutf qiladi, iltifot körsatadi. Bu – norasmiy muomala leksikasi. Diplomatik nutqda rasman ham qöllanişi mumkin. Iboradagi “ism” sözidan keyingi “-i” – forsiy izofa. “Ismi şarif” – şarofatli, şarafli ism ma’nosini bildiradi. Uşbu iborani huquqiy (yuridik) bölmagan matnlarda töla holida işlatiş mumkin. Lekin “şarif” sözining özini alohida familiya yoki ota ismi ma’nosida işlatiş – qöpol uslubiy xato. Ayrim odamlar fahmiga bormay, ibora tarkibidagi “-i” izofasini “u” bilan yangliştirib, “ism-u şarif” degan ğalati maşhurni keltirib çiqarganlar. Şundan göyoki “ism va familiya” degan anglaşilmovçilik kelib çiqqan. Oqibatda, “Birniki – mingga, mingniki – tumanga” deyilganidek, bu anglaşilmovçilik ommaga singib ketgan.
Aziz birodarlar, közimizni kattaroq oçib, fuqarolik pasportimizga qaraylik. Unda “ismi şarif” yozilmagan-ku. “Familiyasi, ismi, otasining ismi” yozilgan. Şunday yozmaymizmi, baraka topgurlar! Tilni milliylaştiriş maqsadida “familiya” sözini begona deb öylaş ham töğri emas. U boşqa tildan kirib kelgan bölsa ham, adabiy tilimiz a’zosi. “Familiya” – baynalmilal söz bölgani singari, “şarif” ham ona tilimizga arab tilidan kirib kelgan. “Familiya” bizda huquqiy termin hisoblanadi. Uni allaqanday xuşomad epiteti bilan almaştirişga haqqimiz ham yöq.
Nusratullo JUMAXÖJA,
filologiya fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-oktyabrdagi 42-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
105
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
616
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
612



