Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.01.2025 | 15:12

img451

XITOYLIK NODIRANING BEG‘UBOR ORZULARI

Bugungi kunda dunyoda ellik millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Chet elliklarning O‘zbekistonga kelib, ona tilimizni o‘rganayotgani yurtimizning dunyodagi mavqeyi tobora yuksalib borayotganidan dalolat.

Xitoylik Bay Yang xonim ayni paytda poytaxtimizda yashab, o‘zbek tilini o‘rganib, ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

– Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi, – deydi Bay Yang. – Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha birinchi bosqich doktorantiman. O‘zbek tili bilan ilk tanishuvim 2018-yilda Xitoyda boshlangan va o‘sha vaqtdayoq unga mehr qo‘yib, sevib qolganman. O‘zbek tilining talaffuzi, jozibasi meni o‘ziga maftun qilgan. O‘zbekistondagi birinchi ustozim Dilfuza opa menga mashhur shoira Nodirabegimning hayoti va ijodi haqida so‘zlab bergan, menga “Nodira” deb ism qo‘ygan. Bilasizmi, boshida Nodirabegim she’rlari va g‘azallarini unchalik yaxshi tushunmaganman. Hozir esa uning g‘azallarini o‘qib, ta’sirlanaman va yangi ismim bilan faxrlanaman.

Universitetda ko‘pchilikning yordami bilan o‘zbek tilini yanada mukammal o‘rganyapman. Ayniqsa, ilmiy rahbarim, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhammedova va Durdona Ermatovadan juda minnatdorman.

Dissertasiyamni himoya qilgach Xitoyga qaytib, universitet talabalariga o‘zbek tilini o‘rgatmoqchiman. Xitoylik yoshlarni o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shish  asosiy maqsadimdir. 

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596