Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.08.2026 | 09:52

img2461

“YO JONIM, MUHABBAT!”

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining taniqli va o‘ziga xos ovoziga aylangan shoir Abduvali Qutbiddinning “Tanlangan asarlar”i chop etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr qilingan mazkur to‘plamda shoirning qariyb qirq yillik ijodiy izlanishlari va badiiy kashfiyotlari jamlangan. Kitobga ijodkorning hayotlik davrida chop etilgan asarlari saralab kiritilgan, shu bilan birga, avval nashr yuzini ko‘rmagan “Koshiniy” to‘plamidan ham namunalar o‘rin olgani uning qiymatini yanada oshiradi.

Abduvali Qutbiddin she’riyat maydoniga kirib kelgan ilk qadamlaridanoq katta ustozlar e’tiborini qozongan edi. Shoirning inson kechinmalari nozik va ta’sirchan tarzda tarannum etilgan misralari qatiga tiyrak nazar tashlasak, ulardagi ma’no, ohang, timsollar azaliy qadriyatlarimizdan, ajdodlarimizning o‘lmas ruhidan quvvat olganini anglaymiz. Uning she’riyatida folklor obrazlarini stilizatsiya qilish orqali milliy koloritni kuchaytirish, poetik nutqni xalqona ruh bilan boyitish va ramziy-obrazli tafakkurni chuqurlashtirish tendensiyasi yaqqol namoyon bo‘lib turadi. Xizr, malika, dev, pari, ajdar, iblis, g‘ilmon, Humo, suv, olov, tosh va boshqa folklorga xos obrazlar zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashadi.

Jumladan, shoir “Qarsillab yopilgan / Darvozada shom” deb boshlanuvchi kun kech bo‘lib, oqshom tushishi hamda tabiatdagi bu manzaraning inson ruhidagi evrilishlarda aks etishi tasvirlangan she’rida shunday yozadi:

Nima qilamiz endi
Bu oqshom?!
Qaydan tosh teramiz
Ko‘mmakka dilni.

Ushbu misralarda “tosh” obrazi o‘ziga xos ma’no tashiydi. Shu nuqtayi nazardan, obraz stilizatsiyasi nafaqat badiiy usul, balki adabiyot va folklor o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikni ta’minlovchi muhim estetik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. U orqali an’ana va yangilik, milliylik va individuallik, og‘zaki va yozma ijod o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ta’minlanadi.

Darhaqiqat, “tosh” obrazi xalq ijodining deyarli barcha janrlarida – qo‘shiqlar, dostonlar, termalar, ertaklar, mif va asotirlarda uchraydi. Uning semantik maydoni keng bo‘lib, sabr-bardosh, metin iroda, qayg‘u-g‘am va ulardan xalos bo‘lish, tuhmat-malomatga qolish hamda boshqa qator ma’nolarni ifodalab keladi. Filologiya fanlari doktori Shomirza Turdimov “Xalq qo‘shiqlarida ramz” kitobida “tosh” obrazining mazmuni va folklor asarlaridagi ahamiyatini ochib bergan. Jumladan, olim “Xorazmda “etagimdagi toshni to‘kdim” iborasida “arazni, xafa bo‘lishni unutdim, urushli edik, yarashdim” kabi mazmun anglashilar ekan”, deb yozadi.

Xalqimizda “Boshing toshdan bo‘lsin”, deb duo qilish, boshqa oilaga kelin bo‘lib uzatilayotgan qiz ortidan tosh otib qolish, qabr boshiga tosh qo‘yish va boshqa urf-odat hamda an’analar ham borki, ularning bari “tosh” obrazining kundalik hayotimizda, marosimlarimizda, irimlarimizda serqatlam ma’nolarga egaligidan dalolat beradi. Va, albatta, bu ma’nolar xalq og‘zaki ijodiga singib, undan yozma adabiyotga ko‘chib, milliy ruhiyatimizga mos mohiyat, xalqona ohang tashiydi, asarlarni yanada o‘qishli, ta’sirchan qiladi.

Abduvali Qutbiddinning ham darvozada shom qarsillab yopilgan, sabri yelkasini chuqurlab o‘ygan, qarg‘alar bahorni egallab qo‘ygan bu oqshomda dilni ko‘mmakka tosh izlaganini o‘ziga bir yupanch, ruhiga tayanch, ko‘nglidagi og‘riqlarga malham axtargani sifatida anglaymiz. Zero, she’rning lirik qahramoni ana shunga muhtoj. Asarning oxirgi misralari buni yana bir bor oydinlashtiradi:

Qarg‘ish urdimikan,
Vahshiy irillab,
Itdek vovullaydi
Baxtsiz kunduzlar…

“Olislarda qo‘ng‘irog‘in chalar karvon” misrasi bilan boshlanuvchi quyidagi she’rga e’tibor bering:

Qoya cho‘kar, Alpomishning na’rasidan,
Soylar sakrar  adirlarning orasidan,
Qarg‘a qo‘nmas Barchinlarning tizzasiga,
Hayot suvi mangu ona ko‘zasida.

Bu o‘rinda shoir afsonaviy “Alpomish” dostoni qahramonlarining kuch-qudratiga, el-yurt taqdiri uchun kurashchanligi, yengilmas bahodirligi, tiynati toza, fitrati go‘zal ekaniga ishora qiladi. Shu bilan birga, mazkur bandda “suv”, “ko‘za” kabi obrazlar stilizatsiyasi ham borki, ular zamiridagi teran ma’no misra mohiyatini yanada kengaytirib yuboradi.

Folklorshunos olim Asqar Musaqulov “O‘zbek xalq lirikasi” kitobida yozganidek, tarixiy asosida suv kulti va xalqning shu kult obyektlari bilan bog‘liq ishonchlari, irimlari turganligi uchun xalq lirikasida suv va uning analoglari: shabnam, tomchi, buloq, quduq, ariq, hovuz, soy, ko‘l, daryo, qor, yomg‘ir; aniqlovchilari: suv bo‘yi, ariq bo‘yi, daryo yoqasi, qamish, suv bo‘yida o‘suvchi daraxtlar, o‘simliklar; suv jonivorlari: baliq, ilon, qunduz; suv idishlari: ko‘za, kosa, piyola, chelak, choynak, choy va h.k. – barchasining poetik obrazlari, albatta, biror jihati bilan sevgi, oila, intim kechinmalar, farzand va farovon turmush g‘oyalari bilan bog‘lanadi. Bu xalq qo‘shiqlari uchun an’ana tufayli paydo bo‘lgan o‘ziga xos bir qonuniyatdir. Shu bois, “Barchinlarning tizzasiga qarg‘a qo‘nmasligi” – qizlarimizning iffati pokligini, “Hayot suvining mangu ona ko‘zasida” ekani ular tufayli hayotning bardavomligini ifodalaydi.

Shoirning folklor obrazlari va ularning mohiyatidagi teran ma’noni juda chuqur bilgani, ushbu elementlardan asarlarida ustalik bilan foydalangani “Shubhasiz, Humoday yoyib qanotin / Tiniq oqshomlarda kulgay kelajak” (“Niyat”), “Imkonim muhibi hamroz emas… / Musiqor mug‘anniy bo‘lgan mahal / Parilar qizlarga berur sayqal / Yigitlar orzusi – ul Tojmahal” (“Imkonim muhibi hamroz emas”), “Momo Havo tavba qilgan chaylalardan / Chiqqan navo eshik izlar har ko‘krakda” (“Oraliqda”), “Karvoningning sarbonlari oq g‘ozlaring / She’r o‘qishar chayqatguncha qil ko‘prikni” (“Ishxonada, tush mahali”) singari qator misralarida yaqqol aks etadi. Bu folkloriy obrazlarning har birida xalqimiz tafakkuri va tasavvurida asrlar davomida yashab kelayotgan tushunchalar, teran mag‘z borki, ular adabiy asarni mazmunan boyitgan, xalq qalbiga yanada suyukli qilgan.

Bu satrlarni o‘qib, shubhasiz, Abduvali Qutbiddin she’riyati dunyoni obrazli idrok etishning yorqin namunasi ekaniga yana bir bor amin bo‘lamiz. Shoir o‘zi qalamga olmoqchi bo‘lgan har bir lahza, voqea va hodisani qalbidan o‘tkazib, uni kamalakdek ranglarga burkaganiga tahsinlar aytamiz. Shu bois, uning she’rlari o‘quvchi qalbida nafaqat taassurot, balki ichki bir titroq, ruhiy bir uyg‘onishni paydo qiladi.

Abduvali Qutbiddinni ko‘pchilik modernist shoir deb biladi. Bu ta’rif asosan uning she’rlaridagi yangicha uslub va o‘ziga xos kompozitsiya sabab paydo bo‘lgan esa, ajabmas. Biroq bu ash’orning har biri mohiyatan sharqona ruh bilan sug‘orilganini, milliy tomirlarga tutash ekanini ularni qayta-qayta o‘qib, chuqurroq anglash orqali yurakdan his qilish mumkin.

Shu o‘rinda, shoir yaratgan “Osima” obrazi haqida ham ikki og‘iz so‘z. Osima obrazining butun shakl-u shamoyili, fe’l-u sajiyasi tamomila o‘zbek xarakteriga, millatimiz ruhiga monand, desak, ayni haqiqat. U To‘maris, Barchinoy, Qaldirg‘och, Gulqiz, Xolbeka, Yunus pari, Misqol pari, Gulnor pari, Zuhra, Shohsanam, Dilorom, Zumrad kabi xalq og‘zaki ijodi qahramonlarining ezgu fazilatlarini o‘zida mujassam etadi.

“Daf’atan shoir kechinmalarini ilg‘ash qiyindek, tasavvuringizda bu ingichka holatlar bir-biri bilan uzviy emasdek tuyulishi mumkin, – deb yozgan edi Abduvali Qutbiddinning ilk kitobi – “Nayson”ga so‘zboshi yozgan Rauf Parfi. – Favqulodda o‘xshatishlar, kinoyalar, istioralar… O‘qib ajablanasiz, bu she’rlar boshqalarning she’rlariga sira o‘xshamaydi. Hatto bir qarashda misralar “qovushmagandek”. Ammo hukm etishga shoshmang! Yana bir bor sinchkov o‘qing, shunda bu notabiiyroq ko‘ringan satrlar bir-biri bilan pinhona bog‘lanib, o‘ziga xos ruhiy iqlimni yaratayotganiga ishonch hosil qilasiz. Bu iqlimda siz tiriklikning teran qa’rlariga ildiz otgan xotirotning kuyunchak sadolarini tinglaysiz”.

Darhaqiqat, shoir hech kimnikiga o‘xshamas o‘z nazmiy olamini yarata oldi. Uning she’riyatida mayin ohanglardan ko‘ra shiddatkor ruh, jununvash qalb, haroratli tuyg‘ular ustuvorlik qiladi. Har bir asarida yangi rang, yangi ohang. Inson ruhini sirli-sehrli olamlar sari chorlay oladigan she’rlar muallifi, shubhasiz, o‘zbek adabiyoti uchun betakror hodisadir. U o‘zining hayratbaxsh tashbeh va istioralari, xalq ruhi, ong-u tafakkuriga chambarchas bog‘langan obrazlari orqali she’riyat imkoniyatlarining cheksizligini namoyon etdi. Insoniy va ilohiy muhabbat, Vatan va millat dardi, odam va olam haqidagi teran falsafiy mushohadalari bilan o‘ziga xos adabiy maktab yaratdi. Shu bois, ushbu asarlar doim keng o‘quvchilar ommasiga manzur bo‘lib, ularning ma’naviy ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi.

Dilshod KARIMOV,
O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti mustaqil izlanuvchisi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324