Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.12.2024 | 16:23

img338

“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”

Har kimning o‘z ona tili Vatan kabi aziz va moʻtabar. Bu tuyg‘u insonga ona suti bilan singadi. Ba’zan boshqa millat vakillari bilan suhbatlashganimizda, ularning o‘zbek tiliga iliq munosabatini, samimiy mehrini ko‘rib, ko‘nglimiz yanada nurafshon bo‘ladi. Jonajon tilimiz bilan faxrlanamiz.

Galdagi suhbatdoshimiz Ulyana Filimonova ham boshqa millat vakilasi, ammo o‘zbekchani uncha-muncha o‘zbekdan ravon gapiradi. Ayniqsa, shoirlarimizning she’rlarini shu qadar go‘zal ifoda bilan ohangdor qilib aytadiki,  to‘g‘risi lol qolasiz.

Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!

O‘zbekning ulug‘ shoiri Muhammad Yusufning yuqoridagi she’riy parchasi Ulyana Filimonova tilida yangrashi, to‘g‘risi, qalbimni to‘lqinlantirib yubordi.

“Garchi, rus bo‘lsam-da, o‘zbek tilini o‘zimnikiday sevib ardoqlayman. To‘g‘ri, onam o‘zbekchani yaxshi gapira olmaydi. Lekin o‘zbek taomlarini qoyillatib qo‘yadi. Ayniqsa, palovni. O‘zbek qo‘shnilarimiz bilan juda ahil-inoq. “Bor tovog‘im, kel tovog‘im” qabilidagi udumlarga qattiq rioya qiladi. Tansiqroq taom pishirsa, mahalladoshlarga ilinib obchiqadi. O‘zim ham katta jamoaga ega bo‘lgan joyda ishlayman, Soliq qo‘mitasida nufuzli lavozimda. Hamma xat-hujjatlarni o‘zbek tilida yuritaman. Ishxonada o‘zaro muloqotimiz ham davlat tilida. O‘zim tug‘ilib, voyaga yetgan O‘zbekistonimni juda yaxshi ko‘raman. Shu diyorda dunyoga kelganimga doimo shukrona aytaman. Ayting-chi, o‘zbeklarday ochiq ko‘ngil, mehribon, mehnatkash, oqibatli boshqa millat bormi? Men o‘zimning millatimga, rus urf-odatlariga amal qilgan holda o‘zbeklarning ham an’analarini e’zozlayman! Boshqalarga ham ona tilingizni asrang, avaylang deyman”.

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596