Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


28.11.2026 | 09:37

img73

“ZIYOLI MAYDALAŞMASIN!”

Taniqli şoir va tarjimon Miraziz A’ZAM bilan suhbat

–  Ustoz, inson şaxsiyatining şakllanişida uning bolaligi katta rol öynaydi. Taniqli adib, tarjimon Miraziz A’zamning faoliyat yöli adabiyotga tutaşişiga kimlar va nimalar sababçi bölgan?

– Men Toşkent şahrining Qorasaroy deb ataladigan göşasida, milliy an’analarga nihoyatda sodiq, mehr-oqibatli insonlar yaşaydigan mahallada tuğilib ösganman.

Otam Mirğani A’zamov maktab direktori, onam Xatira mulla Karim qizi bolalar boğçasida mudira bölgan. Oilada Naima opam, men va ukam Mirvali – uç nafar farzand edik. Bolaligim Ikkinçi Jahon uruşi davriga – xalqimiz boşiga nihoyatda oğir kunlar tuşgan davrga töğri kelgan. Otam öşa vaqt qoidalariga köra, öqituvçi rahbarlar uçun belgilangan imtiyozga asosan frontga bormasligi mumkin bölgan. Ammo “Barça xonadonlardagi erkaklar uruşga ketyapti. Qöl-oyoğim butun, navqiron erkak bölsam… Uyda qolgani nomus qilaman”, deb uruşning boşidayoq köngilli bölib frontga ketgan va oradan köp ötmay undan “qora xat” kelgan. Şu kundan e’tiboran biz uçun nihoyatda maşaqqatli yillar boşlandi. Tösatdan boşimizga tuşgan körgilik onamning ruhiyatiga qattiq ta’sir qildi. Onam özi işlayotgan boğçadan ketişga majbur böldi. Söng şaroitdan kelib çiqib novvoylik qildi. Biz, bolalar kuçimiz yetganiça onamga yordam berardik.

Xullas, juda kiçik yoşimdan “tirikçilik toşdan qattiq” degan naqlni öz gardanimda his qilib ulğayganman. Ammo bolalikning umidlari butun böladi. Öşa umidlar mengayam yaşaş, oldga qarab harakat qiliş uçun kuç bergan. Onam otamni frontga kuzatayotganda, “bolalarimizni albatta öqitaman, maktabdan qoldirmayman”, deb söz bergan ekan. Ayol boşi bilan şu lafzida turdi. Atay Eski Jövaga tuşib, tirikçilikdan orttirgan pullariga yangi kitoblar sotib olib kelib berardi. Vaqti-vaqti bilan Yoş tomoşabinlar teatriga çipta ham kötarib kelardi. Mutolaa, teatr tomoşalari asosida adabiy didim şakllana borgan. Şu örinda aytişim joizki, mening adabiyotga boğlanişimda oltin köprik bölgan inson birinçi navbatda onam bölgan. Keyin esa, albatta, maktab, ustozlar…

– Siz bolalar va kattalar şoirisiz. Vaholanki, kiçik bola bilan katta yoşlilarning hissiyotlari, dunyoga nazari bir-biridan mutlaqo farq qiladi…

– Kattalar adabiyoti, bolalar adabiyoti degan tuşunçalarga mening nuqtayi nazarim boşqaçaroq. Men uçun ular ikki qutbda turuvçi tuşunçalar emas. Har ikkisining vazifasi bir xil: insoniy tuyğularni tarbiyalaş. Qalblar, köngillar, yuraklarda samimiylik, rostgöylik, halollik, jasorat, sadoqat kabi eng gözal tuyğularni uyğotiş. Vatanparvarlik, millatparvarlik singari insonni odamiylik olamida uşlab turadigan hissiyotlariga quvvat beriş. Bu hissiyotlarni östiruvçi ta’sirçan sözlarni topib nazm qiliş, nasr qiliş. Faqat bu vazifani bolalar şoiri bola tilida, kattalar şoiri kattalar tilida aytadi, xolos. Bu endi, maşq, mutolaa, tajriba bilan amalga oşadigan hodisa. Ijod bilan şuğullaniş – qalbni qiynaş degani. Qalbni örtaş degani. Demak, adabiyot, adiblar uçun ijod qiynoği tabiiy yaşaş imkonidir. Usmon ukamiz topib aytib qöyibdi-ku: “Şe’r yozilar, qiynoq, senga bölsin şaraf” deb.

– Bugungi avlod virtual olam ta’sirida ulğayayotgani sir emas. Bolalarimiz tili çiqmasdanoq smartfondan foydalanişni örganyapti. Dunyo olimlari bolalarning diqqat-e’tiborini bir neça daqiqadan ortiq jalb qilib bölmayotganini ta’kidlaşmoqda. Bolalar şoiri sifatida, nima deb öylaysiz, adabiyot bu voqelikda yaşab qola oladimi?

– Bir gapni köp aytaman. Zörlik zaiflik qarşisidagina yaşaydi. Agar adabiyot ahli “Virtual olam hammani, hatto, bolalikni ham domiga tortib böldi. Endi biz heç narsani özgartira olmaymiz”, deya taslim bölsa, albatta bolalarni butunlay öşa olamga topşirib qöya qolamiz. Ammo biz insonmiz-ku. Bu dunyoning eng kuçli yaratiğimiz, axir. Öşa sun’iy olam bizning aqlimiz, tafakkurimiz tufayli yaralgan. Bizning bir ustunlik tomonimiz bor: biz insonlar qalbga, köngilga egamiz. Adabiyotning asosiy manzili esa ana şu qalb va köngil. Demak, biz virtual olam oldida heç qaçon özimizni zaif his qilmasligimiz kerak.

Bolalikni sof saqlaydigan va bolalar qalbini öldirmaydigan sözlarni topib yozişimiz, bu yölda boriga baraka, deb ötiravermasdan yangidan yangi izlanişlar qilişimiz kerak böladi. Adabiyot albatta yaşab qolişi kerak. Biz esa şunga işonişimiz şart. Yaşab qolmaslikka yöl qöyiş bu adabiyotimiz uçun şunçaki yon beriş emas, bolalikka, hatto, aytiş mumkinki, millatga xiyonat böladi.

– Ustoz, öttizdan ortiq turkiy adiblar ijodidan namunalarni özbek tiliga ögirgansiz. Tarjimaşunoslikdagi xizmatingiz uçun xalqaro Mahmud Koşğariy hamda Mavlono Jaloliddin Rumiy nomidagi mukofotlar, “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangansiz. Tarjimon asar ruhini, dardini va ayniqsa, uning milliy koloritini ikkinçi tilda ham çiqarib bera olişi uçun nimalarga e’tibor qaratişi kerak? Bugun har qanday asarni istalgan tilga lahzada ögirib berayotgan sun’iy intellekt mutarjimlar qadrini tuşirib yubormasmikin?

– Men heç qaçon tarjima uçun töğri kelgan asarni qölimga olmaganman. Qaysidir xalqning şoiri yoki adibini tarjima uçun tanlar ekanman, avvalo, “Bu asar bizning xalqimizga nima beradi?” degan savolga javob izlayman. Agar öşa asarlarda bizning öz tariximiz yo bugunimiz haqida öylaşga undaydigan voqeliklar bölsa, keyin işga kirişaman. Heç qaçon muallifning nomdorligi ham, çiroyli yozişi ham diqqatimni tortmagan. Men xalqimga ilinayotgan asar dardi dardimizga, quvonçi quvonçimizga öxşaş bölişi, öqilganda savollar tuğdirişi yoki savollarga javob topib bera olişi kerak.

Naşriyotda işlaganimda juda köp tarjima kitoblariga muharrirlik qilganman. Tarjimonlardan hamişa muallifga xiyonat qilmaslikni, “erkin tarjima” niqobi ostida özboşimçalikka yöl qöymaslikni talab qilganman. Sun’iy intellekt va mutarjimlar masalasiga kelsak, yuqoridagi gap: tarjimonlar sun’iy intellektga örnini berib qöymasligi kerak. Dunyo kuraşlardan iborat, deymiz-ku. Keça mafkuralar, ötgan kuni yaroğlar uruşgan bölsa, bugun öz yaratiğimiz bilan kuraşga kiryapmiz. Ertaga kimning nima bölişi bizning jahdimiz, şahdimiz, hatto, or-nomusimiz himoyasiga çiqişimizga boğliq.

– Sizni davradoşlaringiz “töğrisöz ijodkor” deb ta’riflaşadi. Özaro suhbatlarimizda turmuş örtoğingiz Qutlibeka Rahimboyeva ham köp bor haqparast va öjar fe’lingiz haqida gapiradi. Ijodkorning haqiqat oldidagi mas’uliyati, özligiga sadoqati nima özi?

– Ijodkor asarlarida yaşaydi. Men, ehtimol, hayotda, ijodda kimlarnidir hayratga soladigan işlar qilmagandirman. Ammo bosib kelayotgan umr yöllarimni xayolan taftiş qilsam, bir nuqtada özimni özim hurmat qila boşlayman. Men heç qaçon şamol esgan, şamol eggan tarafga qarab egilmaganman. Qalamim, qalbimni özim mansub bölgan, menga goh oğriq, goh faxr, goh iztirob, goh işonç beradigan şu turkiy xalqim, turkiy yurtimga tegişli deb bilganman. Sözlarim juda jozibador, latofatli bölmasligi mumkin, lekin soxta emas, xoin emas. Ijodkorning haqiqat oldidagi mas’uliyatini ham, özligidan çekinmasligini ham uning ijod mahsuli belgilaydi. “Men haqiqatparastman” desa-yu, nimadir ilinjida yolğonga xizmat qila boşlasa, yolğon yoza boşlasa, uning hayqirganlarining bir pullik qadri yöq. Tilda, fikrda, işda birlik, yakdillik deysizlar-ku, şu-da savolingizga javob.

– Bugun ijtimoiy tarmoq orqali bitta şe’rni minglab öquvçi bir lahzada öqişi mumkin. Taniş ham, taniliş ham oson. Afsuski, ijodkorlar orasida keng yoyilayotgan guruhbozlik, sun’iy muxlislik, aytiş mumkinki, özaro tarafkaşlik adabiy muhitga katta ta’sir körsatmoqda. Bu masalaga qanday qaraysiz? 

– Men böliniş, guruhbozlikni juda yomon köraman. Millatni parokanda qiladigan ham şu narsa. Tarixda ham, yaqinda ham boşimizga qanday körgiliklar kelgan bölsa, şu böliniş degan illatdan kelgan. Bir butun xalq bölib yaşaş uçun kimdir kimdirga kenglik qilişi, keçirimli bölişi, yon berişi kerak. Şunday öylayman-u, ammo özim keça boşqa minbardagiga qarsak çalib, bugun öşa minbar pasaygani uçun loy otayotgan nomardlarni, yaltoqilik, olçoqlikdan yuzi qizarmaydigan nokaslarni yomon köraman. Ularga işonmayman, ularni eşitgim ham, bir dasturxonda ötirgim ham kelmaydi. Şunday yaralganman, endi boşqaça bölolmayman.

Dunyodagi ba’zi xalqlar bir-birini juda qattiq himoya qiladi… Özaro qarşiligi bölsa ham, boşqalar bilan maydonga tuşganda bitta bölib birlaşa oladi… Menda ham şunday vaziyat bölsa, özimnikilardan fazilat topa olaman, deb öylayman.

– Miraziz A’zam özini inson sifatida baxtliroq hisoblaydimi yoki ijodkor sifatida?

– Xudo bergan yoşga, taqdirga isyonim yöq. Mehr-oqibatli jigarlarim, sadoqatli rafiqam, har biri öz mustaqil fikriga ega farzandlarim, yaxşimi, yomonmi, özimning sözlarim muhrlangan kitoblarim bor. Baxti, baxtsizligi, ozi, köpi, armonlari, şukronalari bilan şu umr meniki böldi…

– Ikki şoir bir uyda yaşar ekan, ularning jimligi ham şe’r. Taqdir riştasining Qutlibeka opa bilan boğlanişi ijodiy faoliyatingizda nimalarni özgartirdi?

– Men özi taşqaridan yuvoş köringanim bilan ançagina qahri qattiq, öz prinsiplarimdan çekinmaydigan odamman. Lekin rafiqamning şe’rlarini öqisam, negadir közimga yoş kelaveradi… U bilan turmuş qurişim hayotimni, ijodimni ostin-ustun qilib yubordi, deya olmayman. Qirq yillik turmuşda birimizdan ikkinçimizga nimalardir ötgan, albatta. Biz yozgan narsalarimiz haqida fikrlaşişimiz mumkin, ammo heç qaçon bittamiz ikkinçimizga fikrimizni majburiyat sifatida tiqiştirmaymiz. Lekin xojalik-bekalik masalalarida mening biyligim, uning yon berişi bor gap. Undan roziman. U meni deb, salomatligim parvarişi deb köp narsadan keçib yaşab kelyapti. Haqqiga duodaman.

– Ustoz, tabarruk yoşdasiz va turli davr adabiy mezonlarini kördingiz. Vaqt insonga hayot haqiqatini anglatadi. Siz uçun ötgan umringiz bergan eng katta saboq nima?

– Töqson yoşdan oşdim. Odam bolasining özi bilan özi yuzma-yuz kelişi uning eng rostgöy paytidir. Birovga ayta olmasa ham gunohi, savobini özi yaxşi biladi. Uyalgan, unsiz yiğlagan, Xudoga yolvorib tazarru qilgan onlari bor. Özini mukofotlagan, özidan rozi damlari ham böladi. Şu lahzalarda köngil osoyiştaligi, xotirjamligi köp bölsin. Gunoh yuki, ayb yuki, ikkiyuzlamaçilikdan kelgan uyat yuki ezmasin…

– Ijodkorlarga tilaklaringiz?

– Ijod ahli haqida öylaganimda bir qörquvim bor: ma’naviy savodsizlik.  Öqimaslik. Bir paytlar bir davrada Sa’diy Şeroziy haqida gap borayotgan edi, uç-törtta kitobi çiqqan bir ijodkor “kim özi u”, deb söradi. Hozir umrida bitta kitob öqimaganlarning ham kitoblar çop ettirayotganidan xabardorman. Adabiyotni ana şular çöktiradi. Ayniqsa, bu illatdan yoşlar uzoq bölsa edi, deb öylayman. Yozuvçi, şoir yuzlab emas, minglab kitoblarni mutolaa qilgan bölişi kerak.

Yana bir hadigim bor: Iste’dodsizlar ham mayli, öz yöliga. Iste’dodi bölmagani uçun kun köriş, nazarga tuşiş yöllarini axtarişadi. Ammo iste’dodlilarga nima bölyapti? Nega xalqni ruhlantiradigan kuçli asarlar yoziş örniga iqtidorini mayda narsalarga sarflaydi, özini yerga uradi… Ziyoli maydalaşmasin!

Umuman olganda, öqimaslar yozmasin! Öqisinlar, albatta, öqisinlar!

Muhayyo RUSTAMOVA suhbatlaşdi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-noyabrdagi 48-sonida


TARIX PARÇALARI

“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”… Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim […]

26.11.2026 | 09:21

img351

SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI

Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]

25.11.2026 | 16:02

img378

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]

25.11.2026 | 09:24

img373