Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.07.2024 | 15:25

img537

ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI

“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.

Shavkat MIRZIYOYEV

BITTA VATAN, BITTA XALQ

Ho‘qand yondi!

Yog‘ildi ofat,

Yonib bitdi ulug‘ mamlakat.

E voh!

Qarshi ummatga ummat

Shaylandilar qonli hamlaga.

Samovotning kipriklari nam,

Ko‘zlarida nelar qalqidi?!

Buxoro ham, ko‘hna Ho‘qand ham

Bitta Vatan, bitta xalq edi!

Yiqitdilar ona yurt tug‘in,

Ko‘ngillarni tark etdi shodlik.

Nodira – bu abadiy yig‘i,

Nodira – bu ma’yus ozodlik!

Temurlarni tug‘gan hur xalqim,

Qani kim bor, qalqon bo‘lishga?

Qani kim bor, xoinga qalqib

Millat deya yonib o‘lishga?

Siz yiqilmang, so‘nmasin uchqun

Hukmrondir toki tahlika.

Ho‘qand uchun,

Or-nomus uchun,

Vatan uchun yashang, malikam!

Eliga yov, shaytonga sherik,

O‘sha qassob, o‘sha kazzobi.

Nodira – bu qo‘ldan ketgan erk,

Nodira – bu qullik azobi!

Jonajonim!

Yur endi nari

Vatanfurush kas – “mullo”lardan.

Yangi asr Nodiralarin

Bugun asra Nasrullolardan!

Shunda baland hilpirar tug‘ing,

Ko‘ngillarga qaytadi shodlik.

Nodira – bu abadiy yig‘i,

Nodira – bu ma’yus ozodlik!

Nilufar ERGASHEVA,

Zulfiya mukofoti sovrindori, Farg‘ona viloyati

_____________________________________________________

BIR FINJON QAHVA

Kel, bugun, sevgilim, qolaylik yolg‘iz,

Sog‘inchga termilib, og‘rib ketdi jon.

Qahva olib keldim,

Endi ikkimiz

Qahva ichamizmi bir-ikki finjon?

Go‘yoki xazina topgan sayyohdek,

Termilib turaman kiprik qoqmasdan.

Sen esa uyalib boshingni egib,

Ko‘zingni olasan menga boqmasdan.

Yanoqlar har kecha ko‘zdan yosh totdi,

Ashkingdek yurakdan yot bo‘lmaydi u.

Qahva sevgi kabi shirin bo‘ladi,

Ammo sevgi kabi mast qilmaydi u.

Kel, bugun do‘stlardek suhbat quraylik,

Go‘yo sevmaganman seni hech qachon.

Qasamlar ichmasdan

Qahva ichaylik,

Ko‘p emas,

bor-yo‘g‘i

bir-ikki finjon.

BONG

Quyosh ko‘kdan bo‘ldi badarg‘a,

Bulutlarga yashirindi oy.

Tun. Zaminda bari odamlar,

Mudroq bosib qoldi hoynahoy.

Chor tarafda jimjitlik, go‘yo

Pistirmada tutilgan sukut.

Behalovat uvlaydi shamol,

Kuzgi bargday titraydi vujud.

Bu tunda bir xavf-u xatar bor,

Toshayotir qaynoq sutday ong.

Insoniyatni uyg‘oting, hayhot,

Bong uringlar!

Bong uringlar!

Bong…

Yer-u ko‘kni larzaga soling,

Tong uyg‘onsin o‘tli sadodan.

E voh, qanday mudramoq mumkin

Cho‘g‘ ustida turgan dunyoda?!

Farrux AMIROV,

Jizzax viloyati

________________________________________________

UMID

Umr osmonida yarim oylarning

Vaqtlar o‘tib yana to‘lmog‘i bordir.

Ko‘ngil gulzorida g‘ussa-yu g‘amning

Gullari xazonlab, so‘lmog‘i bordir.

Joningni qiynagan har og‘riq, ozor

Shifoga aylanib qolmog‘i bordir.

Xoh tildan, xoh dildan kechgan duo bor –

Go‘zal tarzda “nasib” bo‘lmog‘i bordir.

Qaro tun zulmati so‘ngida zotan,

Tongning nasimlari yelmog‘i bordir.

Va bir kun qahraton qishlar ortidan

Gulgun bahorlarning kelmog‘i bordir…

Umidjon SAYFULLAYEV,

Toshkent viloyati

_______________________________________________________

TAFOVUT

Kimga qor yoqadi, kimga saraton,

Yana kimga xazon fasli yo bahor.

Dunyo yaraldiki, ming turfa inson,

Har biri bir olam, fe’li betakror.

Har birin amali, zaboni bo‘lak,

Turfa maqsad sari tashlaydi qadam.

Kimningdir qismati kimgadir o‘rnak,

Kimningdir loyiga toyar yot odam.

Har kim o‘z-o‘zicha sevar Vatanni:

Kimdir sevgisini qiladi doston.

Allakim yurtiga payvandlab jonni,

Ko‘ngli yanglig‘ uni etadi bo‘ston.

Kimga qor yoqadi, kimga saraton…

Mahzuna HABIBOVA,

Buxoro viloyati

_______________________________________________________________

OQ AKATSIYA

 Akatsiya gullaganida

Ko‘ksim to‘lar nafis havoga,

Akatsiya gullaganida

Ruhim ucha boshlar samoga.

Akatsiya gullaganida

Umrim tag‘in totli tuyular,

Akatsiya gullaganida

Ko‘zlarimdan sevinch quyilar.

Akatsiya gullaganida

Unutgayman hamma narsani.

Akatsiya gullaganida

Eslab qolgum negadir sani!

Muslim PIRMUHAMMAD,

Navoiy viloyati

___________________________________________________________________

NAY BILAN SUHBAT

Tandirda non isi, ko‘ngilda viqor,

Bo‘g‘zimda chalmoqda nay o‘z kuyini.

Til bilan dil ayro, o‘rtada devor,

Meni bezor qildi yurak o‘yini.

Nay deydi: “Sirlashgin men bilan, ey qiz,

Ko‘zlarim yo‘lingga mushtoq, intizor.

Iskandar sirini ochganman hargiz,

Ammo endi bildim, ko‘ngil do‘stga zor”.

Yo‘lladim men horg‘in javobim unga:

“Sirlarni gullashdan bo‘lsang tolmagan,

Men shirin sirimni aytganman tunga,

Senga aytadigan sirim qolmagan”.

Shamsiqamar SUYUNOVA,

Surxondaryo viloyati


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img105

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img616

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img612