10.07.2025 | 09:00
617
IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ
“Qanot” loyihasi o‘nga yaqin yosh va umidli qalamkashlar ijodini targ‘ib qilish va ularning kitoblarini chop etish borasida jonbozlik ko‘rsatib, adabiy jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘layotir. Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida mazkur loyiha doirasida chop etilgan navbatdagi kitob taqdimoti ham avvalgilari kabi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Iste’dodli shoir Mansur Jumayev va uning turmush o‘rtog‘i, shoira Shohsanam Nishonova qalamiga mansub she’rlar, tarjimalardan tarkib topgan “Ikkimizning ertaklarimiz” nomli kitob taqdimotida adabiyotshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, jurnalistlar va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
Taqdimotda so‘zga chiqqan filologiya fanlari doktori, professor Abdulla Ulug‘ov Mansur Jumayev barcha dinlarni yaxshi bilgan nuktadon shoir, tasavvuf ta’limotiga asoslangan adabiyotning yorqin xususiyatlarini zukkolik bilan ilg‘ab olgan ilmli ijodkor bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Bundan tashqari, har ikki muallifning nafaqat yetuk shoir, balki mutarjim sifatida ham shakllanib ulgurgani, turkiyalik, eronlik, vyetnamlik ijodkorlarning she’rlarini o‘zbek tiliga mahorat ila tarjima qilgani ham e’tirof etildi. “Ikkimizning ertaklarimiz” to‘plami mundarijasidan o‘rin olgan she’rlari va tarjimalari taqdimotda bildirilgan fikrlarning amaliy tasdig‘i, deyish mumkin.
– Mansur Jumayevning vafot etganiga haligacha ishonmayotganlardan biriman. Qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, undan katta adabiy meros, yorqin iz qoldi. Uning turmush o‘rtog‘i Shohsanam Nishonova ana shu boy xazinani asrab-avaylab kelayotir, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod.
Taqdimot davomida “Qanot” loyihasi doirasida Mansur Jumayev va Shohsanam Nishonova ijodiga oid taqrizlar, audio va video she’rlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
D.DO‘STBEKOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



