10.06.2024 | 18:48
365
O‘KSUK KO‘NGIL

ZAGS1 xodimlari manim baxtimni qora yozdilar,
Yozibon, boz ustig‘a tuflab pechotin bostilar.
Hur degan, paykar degan ta’riflara tamshanmisham,
Hol budur, makrin yo‘lida dam olar alvastilar.
Itlanib oyga boqib solg‘on uvilloq dodima
Necha Majnun chok yaqo aylab, aqldan ozdilar.
Ko‘zyoshim daryo bo‘lib gulladi ribxo‘z2 necha,
Markaziy Farg‘onada majbur kanallar qozdilar.
Aliment qistab nafas oldirmas tun-kun Ali ment,
Vovaylo, majburiy ijro hammomda tappa bostilar.
Oyning o‘n beshi yorug‘ deb o‘n besh sutkada yozmisham,
Kambar3dan bir otim tashla, o‘ksuk ko‘ngilki nos tilar.
1. Burung‘i zamonlardaqonuniy nikoh mahkamasi
2. Baliqchilik xo‘jaligi
3. Ko‘rganlarga ayon, chillaxona darchasi
Mulla XUNOB
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



