Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.09.2024 | 11:17

img475

MUMTOZ SHE’RIYATNING SODIQ DAVOMCHISI

Yoshlari ulug‘ ustoz qatori adib­lardan biri shoir va dramaturg Sobir Abdulla edi. Gʻafur Gʻulom bilan tengdosh, ko‘zlari odamga ma’noli boquvchi hassos ijodkor bilan biz o‘z vaqtida hamsuhbat bo‘lganimizdan faxrlanib yuramiz. Uning aruz vaznida yozgan she’r-u g‘azallari o‘tmishda yashab o‘tgan shoirlarnikidan qolishmas, shu boisdan aksa­riyati ashula qilib kuylanardi. U kishi eski − mumtoz she’riyatning shu kundagi haqiqiy davomchisi hisob­lanardi.

Sobir Abdullaning “Tohir va Zuhra” dramasi uzoq yillar sahnadan tushmadi. O‘sha asarga yozilgan “To‘ylar mubo­rak” ashulasi to hanuzgacha to‘yda kelinni kutib olishda ijro etiladi. Sobir akaning “Namasan” degan hajviy she’ri “Mushtum”da bosilganda hamma zavq bilan yoddan aytib yurardi. Sobir aka o‘z hamyurti (u kishi qo‘qonlik edi) shoir Muqimiyni juda e’zozlardi. Muqimiy tilidan yozgan va haqiqatan ham muqimiycha chiqqan g‘azallari shoir Muqimiyga tegishliday bo‘lib, ko‘p olimlarni chalg‘itib qo‘yardi ham. Uning hajviy hikoyalari, shoir Muqimiy haqida yozilgan romani ham ko‘pchilikka manzur bo‘lgan edi.
Sobir Abdulla “Mavlono Muqimiy” romanini yozganda o‘sha paytda ­nashriyot kattasi bo‘lgan bir “bilimdon” bu asarni rosa qaychilab, roman emas − “Badiiy lavhalar” deb nashr etishga majbur qiladi. Sobir aka “Mushtum”ga kelganida bir yozuvchiga: “Kitobning korrekturasini bizga o‘qishga yuborishgan ekan. Shu qadar buzganliklarini ko‘rib butun oilamiz bilan o‘tirib yig‘ladik”, deganini o‘z qulog‘im bilan eshitganman.
Yetmishinchi yillarning boshlarida Sobir aka “Mushtum” idorasiga hayajonlanibroq kirib keldi. Biz yoshlarga nimanidir aytmoqchi bo‘ldi. Biz u kishiga jon qulog‘imizni tutdik. Sobir aka o‘zi­ning Oliy Sud idorasidan kelayotganini va unga Abdulla Qodiriyning qamalishga doir hujjatlarni − so‘roq bayonnoma­lari va hukmni ko‘rsatib, o‘qib berishi­ni so‘rashganini aytdi. “Qarang, so‘roq bayonnomasining har bir sahifasida Abdulla Qodiriyning imzosi bor. U har sahifaning ostiga “Bu gaplar tuhmat”, “Gunohim yo‘q”, “Sutday oqman”, deb yozib keyin imzo chekkan ekan”, dedi.
Bu gaplarni aytayotganida shoirning ko‘zoynak ostidagi ko‘zlari charaqlab ketgandi. Go‘yo siyosatga umuman ara­lashmaydigan bo‘lib ko‘rinadigan bu kishi mash’um tuzum qurboni bo‘lgan atoqli adib Abdulla Qodiriyning dahshatli qiynoqlardan so‘ng ham o‘zini mardona tutolganini biz yoshlarga yetkazayotganligidan baxtiyor edi.
Ko‘p o‘tmay “Sobir aka kasal bo‘lib qolibdi, jarroh muolajasi ham yordam bermabdi”, degan gapni eshitib, biz − yosh mushtumchilar u kishini ko‘rgani bordik. Ammo adibni ko‘rolmadik, bizga: “Sizlar bilan gaplasholmaydilar, ahvoli og‘ir”, deyishdi. Biz ­ma’yus qayt­dik, ikki kundan keyin esa adib joyiga qo‘yildi…

Muxtor XUDOYQULOV,
filologiya fanlari doktori, professor


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img101

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img612

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img609