26.11.2024 | 09:21
773
HAZRATI INSON

Odam Ato bilan Momo Havolar –
Shunchaki kelmadi aylab safolar.
Ilk bug‘doy ekkan ham shular bo‘lgaydir,
Uylaring bug‘doyga bugun to‘lgaydir.
Xudoyim ko‘p irq-u millat yaratmish,
Mehnat-u zahmatdan hikmat yaratmish.
Bir nafas olami kubroga boqqil,
Ko‘ksingda asrlar mash’alin yoqqil.
Hazrat Yassaviydan duolarim bor,
“Devoni hikmat”day dunyolarim bor.
Maqbara qurdirgan bobom Temurxon –
Hazrati insondir, hazrati inson.
El-ulus dardida chekkan g‘am-hasrat,
Hazrati insondir Navoiy hazrat.
“Boburnoma” asli hasrati Bobur,
Uni bitgan inson – hazrati Bobur.
Jaholatga qarshi ma’rifat degan,
Ma’rifat deganga mag‘fi rat degan.
Manov Kunxo‘jadir, Berdaqdir manov,
Muhitni yoritgan qo‘sh ulug‘ yalov.
Inson bolalari qosh-u qaroqdir,
Bir yon o‘zbek, bir yon qoraqalpoqdir.
Jayxundaryo uzra ko‘priklar solgan,
Davr-u zamonlarni bir qila olgan.
Hazilakam zamon emas bu zamon,
Uning Bosh me’mori – hazrati inson.
Mo‘ynoqni qaytadan bunyod aylagan,
El-u xalq ko‘nglini obod aylagan.
Bir lahza iftixor gulxanin yoqqil,
Bo‘zatovdan turib Nukusga boqqil:
Bunday davr-u davron qaylarda edi?
Nolang do‘mbira-yu naylarda edi.
So‘ra Ibrohimday oshiqlaringdan –
Aytar yor-u diyor qo‘shiqlaridan.
Shunchaki o‘tmadi To‘lepbergenlar,
El dardin jon bilan to‘lab berganlar.
Bugun qancha hayrat do‘st yurtlardadir,
Ulug‘ jonlanishlar Ustyurtlardadir.
Mening ham sog‘inchim, vasl-u fi rog‘im,
Sadag‘ang ketayin, Qoraqalpog‘im!
Bu dunyoning ko‘rki – odam bolasi,
Ajiniyoz boboning bu dil xulosasi.
Daryolar berkindi, sen bekinmading,
Orol chekinsa ham, sen chekinmading.
Qatorda noring bor – karvonlaring bor,
Olamni bo‘ylagan sarbonlaring bor.
O‘zini o‘tga ham, cho‘g‘ga urganlar –
Hazrati insondir Vatan qurganlar.
Bugun qizlaringdir, o‘g‘illaringdir –
Ertan daholaring, ulug‘laringdir.
Cho‘l-u dashting yashnab gul diyor bo‘lsin,
Og‘izbirchiliging mangu bor bo‘lsin!
Avjni baland olgil, qani, do‘mbiram,
Bunday zamonlarni endi ko‘rmiram.
Deganday turibdi shodon va shoyon –
Ajiniyoz bobo – hazrati inson.
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
79
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
595
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
593



