Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.12.2024 | 12:23

img310

IKKI POYTAXTNING YAKDIL XABARNOMASI

Yaqinda Germaniya poytaxti Berlinda “HAPTSTADT-BRIEF – POYTAXTNOMA” nomli yangi gazeta tashkil etildi. Unda O‘zbekiston-Germaniya hamkorlik qirralari haqida qiziqarli maqolalar berib borilayotir. Eng qizig‘i, gazeta ikki tilda – olmon va o‘zbek tillarida chop etilmoqda. Unda ikki mamlakat siyosatchilari, tadbirkor va iqtisodchilar hamda olimlarga minbar berilgan.

Ana shu gazeta ikki olmon mamlakati birlashgan kun munosabati bilan Toshkentda tashkil etilgan yig‘ilishda jamoatchilikka rasman taqdim etildi va katta xursandchilik bilan kutib olindi. Olmoniyada shu paytgacha Yevroosiyo mintaqasi uchun bunaqa ikki tilli gazeta chop etilmagan. Bu nima degani? Bu O‘zbekistonning Yevropa mintaqasidagi obro‘yi balandligidan, Yurtboshimiz olib borayotgan xalqaro siyosatning yuksak e’tirofidan dalolat, albatta.

Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayen xonim yil boshida bayonot berib, shunday degan edi: “Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro aloqalarimizni vaqtincha to‘xtatib turamiz, biroq faqatgina O‘zbekiston bilan boshlangan har tomonlama munosabatlarimizni bundan keyin ham og‘ishmay davom ettiramiz, chunki O‘zbekiston rahbariyati zamonaviy va demokratik, ochiqlik va shaffoflik siyosatini yurgizmoqda, jahonda mavjud keskinlashayotgan vaziyatlarni bartaraf qilish va yumshatish yo‘lida yangidan yangi taklif va tashabbuslarni ilgari surmoqda”.

Mazkur e’tirofning isboti sifatida shu yil oktyabr oyida Germaniya Federal kantsleri Olaf Shols janoblarining mamlakatimizga davlat tashrifi, uning tarixiy shahar – Samarqandda kutib olinishi, tashrif davomida erishilgan ikki tomonlama manfaatli kelishuv va shartnomalar mavjud hamkorligimizga yanada katta turtki bo‘ldi.

Ikki tilda chop etiladigan gazetada nashr bosh muharririning maqolasida O‘zbekistonda kechayotgan tarixiy islohotlar e’tirof etilib, uning keng imkoniyatlar mamlakatiga aylanib borayotgani, hamkorlik uchun mintaqadagi eng jozibador davlat sifatida ko‘rilayotgani to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuningdek, rasmiy tashriflar chog‘ida erishilgan qator kelishuvlar va ularning istiqbollari ham tahlil qilinadi.

Gazeta mundarijasidan o‘rin olgan O‘zbekistonning Olmoniyadagi elchisi Dilshod Ahatovning “O‘zbekiston innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlab, farovonlikni oshirmoqda”, Saksen-Anhalt o‘lkasi prezidenti Gunnar Shellenbergerning “Uchrashuvlar va almashinish bir-birimizni tushunishga yordam beradi” kabi dolzarb fikr-mulohazalarga boy maqolalari ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari, “Bright Uzbekistan” jaridasining bosh muharriri Davron Abdullayevning “Sharqda shundayin bir shahar bor” maqolasida Toshkent shahri o‘tmishi va hoziri haqidagi go‘zal maqola ham gazeta sahifalarini bezagan. Aytishim kerakki, 16 sahifadan iborat bu gazetaning har sahifasida bir-biridan qiziqarli mavzu va materiallarni o‘qish mumkin. Gazetadagi maqolalar ikki mamlakat tarixi va taqdiri haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagani bilan ham ahamiyatlidir.

Quyida “HAPTSTADT-BRIYEF – POYTAXTNOMA” gazetasi bosh muharririning “Germaniya va O‘zbekiston – hamkorlik istiqbollari” nomli maqolasi e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Federal kantsler Olaf Sholtsning Markaziy Osiyo va ayniqsa, O‘zbekistonga safari mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega voqealardan biri bo‘ldi. Chunki Sovet Ittifoqi tanazzulidan keyingi 30 yil davomida aynan O‘zbekiston milliy an’analar va zamonaviylik masalasida muvozanat saqlab kelayotgan va ko‘p sohalarda taraqqiy etib, dunyoga ochilib borayotgan davlatlardan biridir.

Bu yerda eng muhim jihatlardan biri iqtisodiyotning tobora liberallashib borayotgani natijasida g‘arb korxonalarining faolligi oshishiga imkoniyat yaratilayotganidir. Federal kantsler Olaf Sholts tashrifining sabablarini ham shunda ko‘rish mumkin.

2024-yilning 15-sentyabridagi O‘zbekistonga tashrif Z5+1 formatidagi uchrashuvning boshlanishi bo‘ldi. Kantsler Markaziy Osiyoning besh davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston rahbarlari bilan muloqot qildi. Unda iqtisodiyot, energetika, iqlim va atrof-muhit masalalari ko‘rib chiqildi. Bu muloqotlar Markaziy Osiyo va Germaniya (Yevropa Ittifoqi) munosabatlarining qalinlashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu ayniqsa, O‘zbekiston uchun muhim, chunki hamkorlikni yaxshilashning eng yaxshi yo‘li, bu iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishda ikki tomonlama kelishuvlarga erishishdir.

Migratsiya bo‘yicha kelishuv orqali yaqinlashish

Olaf Sholts tashrifining asosiy mavzularidan biri O‘zbekiston bilan migratsiya bo‘yicha kelishuv bo‘ldi. Unga binoan endi o‘zbekistonliklar Germaniyaga borib ishlashi mumkin. Germaniya asosan sog‘liqni saqlash va keksalarni parvarishlash sohasida xorijdan keladigan malakali ishchilarga muhtoj. Albatta, boshqa sohalarga ham taalluqli bu. O‘zbekiston aholisi yosh va ko‘pchilik malakali ishchilar hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekiston ta’lim sohasini Germaniyaning ehtiyoji va talablariga moslashi mumkin.

Bunday kelishuv ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lishi kutilmoqda, chunki O‘zbekistonda ko‘p yoshlar hozirda ish bilan yetarlicha band emas. Bu samarali almashinish va o‘zaro munosabatlar uchun juda yaxshi omil. Migratsiya bo‘yicha kelishuv orqali O‘zbekiston va Germaniya ijtimoiy va iqtisodiy tomondan ham bir-biriga yanada yaqinlashadi. Odatda, bunday kelishuvlar tabiatan har doim ikki davlat o‘rtasida madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlik kuchayishiga olib keladi. Ayni chog‘da, bu O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Birodarlashgan shaharlar orqali almashinuv

Ikki poytaxt – Toshkent va Berlin deyarli o‘ttiz yildan beri birodarlashgan shahar maqomida milliy munosabatlar chuqurlashuvi uchun o‘ziga xos kalit bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki u geosiyosatdan chetlanish va xos masalalarga e’tibor qaratishga; boshqa mavzularga chalg‘imasdan, pragmatik almashinishga ko‘proq imkoniyat beradi.

Olaf Sholtsning tashrifidan keyin O‘zbekistonga kelgan Berlinning adliya senatori Felor Badenberg va ichki ishlar senatori Iris Spranger O‘zbekistonda sal ko‘proq muddat bo‘lishdi. Ular Toshkentda o‘tkazilgan Germaniyaning 1990-yil 3-oktyabrdagi Germaniya birligi kunini  nishonlashga bag‘ishlangan bir haftalik tantanada ishtirok etishdi hamda ma’muriy, adliya va xavfsizlik mavzularida muloqot qilishdi.

Germaniya poytaxti Berlinga kelajakda O‘zbekistondan ko‘p yoshlar kelib ishlashi va bu yerda bir necha yil yashab, o‘zbek madaniyatini Germaniya poytaxti ahliga yanada yaqinroq tanishtirishi mumkin.

Federal kantsler va ikki senatorning tashrifi mintaqalararo munosabatlar yanada yaqinlashib borayotgani va muloqot xohishini namoyon etmoqda.

Xurram RAHIMOV,
professor

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img107

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331