Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.12.2024 | 12:03

img763

Sharof Boshbekovning «Yer baribir aylanaveradi» pyesasidan iqtiboslar

Asarda bugungi kunning qahramoni, ortidan halqni ergashtira oluvchi, xalqni dardi bilan yashay oladigan rahbarning xarakteri, uning iztirob va orzulari ochib berilgan.

Bu yerda hech kim shoshmaydi, bu yerda shoshiltirishadi!

Odam o‘zini tanitish uchun minbarlarda shaqillab turishi kerak.

Indamay o‘tirgan odam, birinchidan, aqlli ko‘rinadi, ikkinchidan, uzo-oq yashaydi.

Kechirasiz, poraxo‘rlik bilan qanday kurashmoqchisiz? Qo‘lini kestirasizmi?.. Unda dunyoni cho‘loq bosib ketadi-ku, keyin siz kimga hokimlik qilasiz? Invalidlargami?

Donishmandlardan biri: «Pora — qonunni buzish huquqini beradigan mandat», — degan ekan.

Ixtiyor manda bo‘lganda, keyingi yilni «Poraxo‘rlikka qarshi kurash yili» yoki «Halollik yili» deb e’lon qilgan bo‘lardim.

Hatto ona o‘z bolasini beta’ma emizmaydi, «qariganimda menga qaraydi, meni boqadi» deb emizadi!

Andisha o‘zbekni yedi! Boshiga yetdi!

Odam bitta sohani bilishi mumkin, keling, ana, ikkita sohani bilsin. Lekin dunyodagi hamma narsani bilib bo‘lmaydi-ku!

Ikki narsadan saqlanishni maslahat beraman: birinchisi, maqtovdan ehtiyot bo‘ling. Maqtov — misoli radiatsiya, hidi yo‘q, rangi yo‘q, ko‘rinmaydi-bilinmaydi, lekin odamni ich-ichidan yemiradi va oxir-oqibat barbod qiladi! Ikkinchisi, farzandlar doim nazoratda bo‘lsin — haddidan oshmasin! Boshidan mahkam turmasangiz, keyin kontroldan chiqib ketadi.

Bir joyingiz uzoq vaqt og‘rib tursa, borib-borib bu og‘riqqa ko‘nikib ketasiz, sezmaysiz ham uni, soppa-sog‘day yuraverasiz. Og‘riq to‘satdan to‘xtab qolsa, o‘zingizni noqulay sezasiz, go‘yo nimadir yetishmayotganday…

Katta idoraning gapi katta bo‘ladi.

Ertadan kechgacha serial ko‘radigan xalqdan biron nima chiqishiga ko‘zim yetmaydi.

Serialni xo‘rozqandga o‘xshataman. Yosh bolani andarmon qilish uchun yaxshi ovunchoq…

Mana, sizning apparatingizda «Yo‘q, shu ishingiz noto‘g‘ri» yoki «Bu gapingizga qo‘shilmayman» deya oladigan, hech qursa, bitta odam topiladimi? Men, shaxsan, unaqasini uchratmadim. Raykomda ishladim, oblast xalq kontrolida ishladim, ohbkomda ishladim — unaqasi yo‘q! Yo‘q!

Oddiy xalq uchun kim otalik qilishining farqi yo‘q. Dasturxonidagi bitta noni ikkita bo‘ldimi, u — yaxshi rahbar, ikkita non bitta bo‘p qoldimi — yomon rahbar.

Har davrning o‘z «ota»si bo‘ladi.

Har bir xalq nimaga arzisa, shunga yarasha «ota»ga ega bo‘ladi!

Har bir odam o‘z uchastkasida, o‘z vazifasini sidqidildan bajarsagina O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat bo‘ladi, aks holda, O‘zbekiston — kelajagi kuyuk davlat bo‘lib qolaveradi!

Sharof Boshbekovning «Temir xotin» pyesasidan iqtiboslar

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img121

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img632

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img627