Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.01.2025 | 15:51

img403

London Qirollik kolleji san’at va madaniyat menejmenti magistratura talabasi hayotidan bir kun

Qirollik kollejida san’at va madaniyat menejmenti bo‘yicha magistratura talabasi bo‘lish nafaqat o‘qish va bilim olish imkonini beradi, balki London bo‘ylab tashkil etilgan barcha qiziqarli tadbirlarga ham bemalol tashrif buyurishga zamin hozirlaydi.

Ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlar
Magistratura talabasi sifatida, mening o‘quv kursim hafta davomida o‘tkaziladigan ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Darslarim odatda Temple stansiyasidan 5 daqiqalik piyoda masofada joylashgan Strand kampusida bo‘ladi. Men Qirollik kollejining talabalar turar joylaridan birida yashayman, shuning uchun o‘quv maskanimga yetib borish atigi 30 daqiqa vaqt oladi.

Odatdagi kunim 1-2 soatlik ma’ruza va seminarlardan iborat bo‘ladi. Ma’ruzalar odatda bir soat davom etadigan darslar bo‘lib, ularda professorlar har hafta ma’lum bir mavzuni yoritadilar. Seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar esa 1-3 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Ular ko‘proq interaktiv tarzda o‘tadi va sizga muayyan mavzular bo‘yicha o‘z fikrlaringizni bildirish, hafta davomida o‘qigan materiallaringiz haqida mulohaza yuritish, shuningdek, sinfdoshlaringiz bilan birgalikda amaliy vaziyatlarni tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Menga seminarlar juda yoqadi, chunki u yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar ishtirok etadi. Biz har xil qarashlar va nuqtayi nazarlarni o‘rtaga tashlaymiz, bu esa muhokamalarni qiziqarli va fikrlashga undaydi. Ba’zida ma’ruzalar o‘qish yoki seminarlarimizga rahbarlik qilish uchun soha mutaxassislari ham taklif etiladi. Masalan, yaqinda Qirollik opera teatri vakili bizga ma’ruza o‘qidi. U o‘z faoliyati va mablag‘ yig‘ish tajribasi haqida so‘zlab, ijodiy sanoat haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.

Bo‘sh vaqtimda…
Darslardan so‘ng kampusda o‘qishga yoki do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazishga vaqt ajratishni yoqtiraman. Magistratura talabasi sifatida bizda ko‘p o‘qish va mustaqil o‘rganish zarurati va imkoniyati bor, shu bois har kuni kurs ishlarini o‘zlashtirib borish uchun vaqt ajratishni ma’qul ko‘raman. Strand kampusi atrofida o‘qish uchun ko‘plab ajoyib joylar borligi menga yoqadi. Dars qilish uchun eng sevimli joylarimdan biri Maughan kutubxonasi hisobalandi. Kampusdan 10 daqiqalik piyoda yurish masofasida joylashgan bo‘lsa-da, go‘zal me’morchilik namunasi bo‘lgan maskan ko‘plab o‘rindiqlar hamda alohida o‘quv xonalariga ega. Agar u yerga piyoda borishni xohlamasangiz, do‘stlaringiz bilan birga o‘qish uchun Bush House va Qirollik binosida ham ko‘plab o‘quv xonalari mavjud.

O‘qishdan charchaganimda yoki qornim ochganida, ba’zida kampus atrofidagi ko‘plab oshxonalarda yengil tamaddi qilib olaman. Oshxonalarda turli taom va ichimliklar tayyorlanadi, shuningdek vegetarian taomlar ham mavjud. Strand kampusi Kovent bog‘i va Chinatown hududlariga yaqin joylashgani uchun atrofda ko‘plab restoranlar mavjud. Shu sababli, ovqatlanish uchun joy topolmay qolishdan xavotirlanishingizga hojat yo‘q!

Sinfdan tashqariga!
Kun bo‘yi davom etgan darslardan so‘ng West End musiqiy tomoshalariga borib hordiq chiqarishni yaxshi ko‘raman. Strand kampusida bo‘lishning eng yaxshi tomonlaridan biri shundaki, West End aytarli turar joyimiz ro‘parasida joylashgan! Bush House tashqarisida «Onaginam!» va «Muzyurak», «Qirol sher» spektakllarini tomosha qilish mumkin. Uzoq vaqtdan keyin ajoyib musiqa va xoreografiyaga sho‘ng‘ish, sahna effektlaridan hayratlanish va qahramonlarning sarguzashtlarini kuzatishdan yaxshiroq narsa bormi?

Jasmin Vong
London Qirollik kolleji san’at va madaniyat menejmenti bo‘yicha magistratura talabasi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img126

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img637

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img631