Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.02.2025 | 16:12

img706

MAJLISDAN HAYDALGAN MAJLISIY YOXUD BOBUR BILAN MAJLISIYNING BIR SUHBATIGA DOIR

O‘tmish voqealari, tabarruk tarixiy insonlardan ibrat va saboq olinadi. Har kim ularni o‘z hayotiga tatbiq etib, hayot yo‘lini fayzli, turmush tarzini farovon qiladi. Odatda shoir ahlining o‘zlarini maqtashi, birovlardan ozgina yaxshilik ko‘rsa, ularni madh etishini ko‘pchilik yaxshi biladi. Agar kimdir shoir ko‘ngliga tegsa, hajv nayzasini ko‘tarib, so‘z maydoniga chiqadi va masxara she’rlar tug‘yonida ilhomi qaynaydi. Bunga adabiyot tarixida yetarlicha misollar topiladi.

Shoirlar o‘zlari aytgan so‘zlarga amal qilishlari, amal qilmagan gaplarini she’rga solmaganlari ma’qul. Shoir – hissiyot odami. Agar u mustahkam iymon-e’tiqod va taqvo egasi bo‘lsa, qalamidan tomgan bir qatra siyoh ortidan shaxsan o‘ziga keladigan savob, jamiyat va bashariyatga keladigan foyda hamda yaxshiliklar daryolar-u dunyolarga sig‘maydi. Qalamkash zarur mahali o‘rni kelganda har qanday odamga – xoh u gado yo xoh u podshoh bo‘lsin – o‘z yurak so‘zini, haqiqatni aytishga imkon topmog‘i lozim. Bu chin insonlik, chinakam iste’dod egasining mardligi va mahoratidan darak beradi. Tarixda bunday ijodkorlar ham ko‘p o‘tgan.

Ijod ahli orasida yana bir toifa bor. Ortiqcha vaysashlari, o‘rinsiz so‘zlashlari, so‘ralmaganda gapga aralashuvlari gohida ularni ofatga yo‘liqtiradi. Bularni yozishimga sabab shuki, yaqinda yaxshi bir kitob o‘qidim. Avval bilmagan va eshitmagan ekanman, balki siz azizlar uchun ham foydali bo‘lishini o‘ylab o‘sha o‘qiganimdan ibratli bir nuqtasiga to‘xtalaman.

Zahiriddin Muhammad Boburning xalqchil ijodi, mardona hayoti, insoniy fazilatlari ko‘pchilik uchun qiziq. U o‘z davri ijodkorlari bilan munosabatlarini “Boburnoma”da bayon qiladi. Ammo bu muhtasham kitobda uchramagan tarixiy bir voqeaga Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasida duch keldim. Unda yozilishicha, o‘sha zamon shoirlaridan biri, o‘zbek adabiyoti tarixiga “Qissayi Sayfulmuluk” asarining yozuvchisi bo‘lib kirgan Majlisiy Boburga bag‘ishlab qasida yozadi. Maqtov har kimga yoqadi. Jumladan, qasida Boburning ta’biga xush-ma’qul keladi va shoirga shu maqtovli she’ri uchun yetti ming tanga in’om qilmoqchi bo‘ladi. Biroq shu orada allaqanday sabab bilan Bobur yodiga:

“Miskin chig‘atoyki, kunduzi tundur anga,
Ahvoli parishon qora kundur anga.
Mag‘rur bo‘lib yer yuziga sig‘mas erdi,
`Sichqon teshugi emdi ming oltundir anga”,

– degan ruboiy kelib qoladi. Bobur Majlisiydan: “Muhammad Solih bu ruboiyni nima sabab bilan aytgan ekan-a?” deb so‘raydi. Majlisiy shu ruboiy ham Boburga juda yoqibdi, degan xayolga borib, so‘ralmagan bir gapni hech zaruratsiz aytib, maqtanib qo‘yadi: “Aslida bu ruboiyni men yozganman, lekin odamlar orasida Muhammad Solih nomidan mashhur bo‘lib ketdi”. Bobur undan ruboiyni kim yozgan, deb so‘ramadi. Yozilish sababini bilmoqchi bo‘ldi. Ammo Majlisiy o‘zidan savol to‘qib, so‘ralmagan gapga javob beradi. Shunda Boburning avzoyi buzilib, sekin qoshlari chimiriladi, qahri keladi. Ruboiy mazmunimi yoki Majlisiyning ortiqcha gapirib qo‘ygani Boburga ma’qul kelmagan? Bunisi bizga qorong‘i. Dalil shuki, Bobur Majlisiyni qatl etishga buyurmoqchi bo‘ladi, ammo muruvvatli podshoh kechirishni ma’qul ko‘rib, niyatidan qaytadi va: “She’r siylovi uchun tayin etilgan yetti ming tanga mullaning xunbahosi hisoblanadi, o‘zini esa bu majlisdan chiqarib yuboringlar”, deb aytadi.

Majlisiy bilan Bobur o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shu suhbat va buyruqni ijikilab sharhlashga zarurat yo‘q. Gap tushunarli. Agar anglamida kimdir qiynalgan bo‘lsa, unga hazrat Gʻazzoliyning “Til ofatlari” kitobini tavsiya qilaman.

K.Bahodir

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592