Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.03.2025 | 11:24

img371

QO‘RG‘ON MUSTAHKAM BO‘LSIN

Oila ming yillardan buyon kishilik jamiyatining asosi va inson hayotining mazmunini tashkil qilib kelmoqda. Odam butun umr oila muhitida yashaydi. Muqaddas kitoblarda ham, mamlakatimiz Bosh Qomusida ham, milliy qadriyatlarimizda ham oilani asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. 

Biroq globallashuv davrida turfa jamiyat va madaniyatlarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida ming yillik qadriyatlar ham transformatsiyaga uchramoqda. Hozirgi shiddatli zamon ko‘plab an’anaviy tushunchalar qatori oilani ham jiddiy sinovdan o‘tkazyapti. Yaqin vaqtlargacha asosan Gʻarb jamiyatlariga xos deb hisoblangan nikoh va oilaviy hayotga bepisand qarash, shaxsiy manfaatni oiladan ustun qo‘yish kabi holatlar, taassufki, asta-sekin bizning kundalik hayotimizda ham bo‘y ko‘rsatmoqda.

Albatta, ushbu holat allaqachon ko‘pchilikni bezovta qilyapti. Ko‘pchilik oilani asrash haqida bong uryapti, bu muammoga bag‘ishlangan anjumanlar uyushtirilib, mahallalarda targ‘ibot-tashviqotlar o‘tkazilyapti, nizolashib qolgan er-xotinlar yarashtirilyapti. Xullas, imkon qadar choralar ko‘rilyapti. Lekin shuncha sa’y-harakatlarga qaramay, nega ahvol kun sayin yomonlashib bormoqda? Ochig‘i, bunga javob topish oson emas.

Yurtimizda ajrimlar ko‘payishining asosiy sabablaridan biri yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, erta nikohlar bilan bog‘liq. Chindan ham, xalqimiz – bolajon xalq, doimo farzandlarini o‘ylab, ularning kamolini ko‘rish orzusi bilan yashaydi. Biroq aksar hollarda ota-onalar o‘z bolasining fikri bilan hisoblashish zarurligini unutib qo‘yadi. Uning nimani kiyishidan tortib, kelajakda qanday kasb tanlashini ham o‘zlari hal qilishga intiladi. Farzandning individual xususiyatlari, uning o‘y-kechinmalari va xohishlari bilan qiziqmaydi.

Eng achinarlisi, o‘g‘il-qizlar voyaga yetgach, kim bilan yashashini ham kattalar belgilab beradi. Hali biron ishning boshini tutib jamiyatda o‘z o‘rnini topib ulgurmagan, bir-birini yaxshi bilmaydigan yoshlar barvaqt nikohdan o‘tkaziladi. Shu tariqa ularning aksariyati orzu-havaslar qurboniga aylanadi. Tez orada g‘o‘r kelin-kuyovning hayotida, o‘zaro munosabatlarida muammolar yuzaga chiqa boshlaydi. Oqibatda to‘laqonli oilaviy hayotga, uning o‘tkinchi qiyinchiliklariga tayyor bo‘lmagan yoshlar “qarashlari to‘g‘ri kelmagani”ni bahona qilib ajrashishga qaror qiladi.

Farzand uchun doimiy g‘amxo‘rlik qilish yaxshi, albatta. Lekin mehrda ham me’yor bo‘lgani ma’qul. Go‘daklar erta yoshidan mustaqil hayotga tayyorlab borilmasa, har gal uning nomidan ota-onasi qaror qabul qilaversa, vaqti kelib u hatto, o‘z juftini tanlashda ham mas’uliyatni zimmasiga olishga jur’ati yetmasligi mumkin. Bugungi kunda “Men oila qurishga tayyormanmi? Oilam mustahkam bo‘lishi uchun nimalar qilishim kerak?” degan savollarni xayoliga ham keltirmasdan turmush qurayotgan yigit-qizlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Taassufki, ota-ona va yaqinlar qistovi bilan oila atalmish qo‘rg‘onga tayyorgarliksiz g‘isht qo‘ygan bunday yoshlarning aksariyati muammolar girdobiga tushib qolmoqda.

Shu o‘rinda jamiyatimizda shakllangan yana bir illat xususida ham to‘xtalmasak bo‘lmaydi. Gap shundaki, oliy o‘quv yurtini tamomlab, endigina ish boshlagan yoki turmush qurish yoshiga yetgan yigit-qizlarga nisbatan kattalarning bosimi kuchayib ketadi. “Tengqurlaring allaqachon ikki bolali bo‘ldi, sen esa haligacha sudralib yuribsan” deb ularga dashnom berish oddiy hol sanaladi. Go‘yoki millat taqdiri ularning to‘yiga bog‘liqdek… Bunday tinimsiz ta’na-malomatlardan bezor bo‘lgan ayrim yoshlar o‘zlari umuman tanimaydigan, bilmaydigan yigit yoki qiz bilan turmush qurishga rozilik berib yuborishadi. Shu ham ko‘pincha ajrimlarga sabab bo‘lmoqda. Buning oldini olish uchun avvalo odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish zarur. Kamolga yetgan yoshlarni umrining eng mas’uliyatli pallasida ortiqcha savollar bilan qiynash o‘rniga, ularning qalbiga yo‘l topib, fikrini eshitish muhimroq. Shoyad ana shunda ajrimlar va turmushdan alamzada yoshlar soni kamaysa.

Qolaversa, yoshlarning o‘zi ham bunday mas’uliyatli pallada dadil va qat’iyatli bo‘lishi, ko‘ngil amri va sog‘lom aql bilan ish tutishi kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nikoh qurish arafasidagi yoshlarga qarata aytgan quyidagi so‘zlari ham shundan dalolat beradi: “Men aziz yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang”.

Oila xalqlar hayotining davomiyligini ta’minlaydigan muqaddas maskan hisoblanadi. Oilaga etiborsizlik har qanday jamiyat uchun ham halokatli oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oilaviy ajrimlarning oldini olish, bunga sabab bo‘layotgan illatlarni bartaraf etish barchamizning umumiy vazifamiz hisoblanadi. 

Baxtli oila – farovon jamiyat demak. Nikoh rishtasi muqaddas sanaladi. Chunki unda muhabbat, sadoqat va mehr-oqibat mujassam. Oila esa jamiyatning mustahkam qo‘rg‘onidir. Mashhur qo‘shiqda aytilganidek, “Uyida baxti borlar – har yerda baxtiyordir”.

Avazbek SHERMATOV,
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604