Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.02.2025 | 10:45

img578

ALISHERBEK HOVUZIDAN SUV ICHGAN OLIM

Bir kuni afg‘onistonlik jurnalist, adabiyotshunos Azizulloh Aral hazrat Navoiy qurdirgan ko‘prik hali-hanuz odamlarga xizmat qilayotganidan so‘z ochib qoldi. O‘sha zahoti “Navoiy ko‘prigi” degan maqola so‘radim. Yozdi. Ko‘prikda ikki ma’no bor: ham ma’naviy, ham moddiy. Moddiy jihati shuki, ko‘prikdan odamlar shu kunga dovur qirg‘oqdan qirg‘oqqa o‘tib turibdi. Ikkinchisi, tabiiyki, shoir yozgan asarlar – bu qalb ko‘prigi. Salkam olti asrdan beri Navoiy asarlari bashariyat qalbiga yo‘l topish uchun ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tab keladi.

Azizulloh Aral suhbat orasida Alisherbek qazdirgan sardoba va hovuz xususida gapirdi, uyidan yarim chaqirimcha naridagi shu hovuzdan suv ichganidan so‘zladi. Yaxshilik niyatida, endi bu sarlavha va mavzuni qizg‘ondim. Shunda yuqoridagi sarlavha xayolga lop etib urildi. Darvoqe, tarixchi Xondamir Alisher Navoiy hazratlari Hirotdan tashqarida – And ho‘yda bunyod ettirgan “jannatmisol binolar oralig‘ida kavsar misol hovuz ham qurilgan”ini yozgan edi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda Azizulloh Aral hazrat ijodining Afg‘onistonda o‘rganilishi borasida dissertatsiya yoqladi. Ishtirok etishga imkon bo‘lmadi. Oradan biror oy o‘tib, qo‘lida bir kitob bilan xonamga kirib keldi. Ichida dastxat, tilak, yuz-ko‘zida esa mamnuniyat. Afg‘onistonda chop etilgan o‘zbek mumtoz yozuvidagi bu kitob o‘zi yozgan maqolalari to‘plami – “Navoiy bitiklari izidan”. Quvondim… O‘qidim.

Kitob ikki bo‘limdan tarkib topgan bo‘lib, birinchi qismida o‘zbek tilidagi o‘ttizdan ortiq, ikkinchi qismida esa dariy tilida yozilgan o‘nga yaqin maqola o‘rin olgan. “Ona tilim – hayotim, mening uchun qanotim”. Muallifning bu shoirona so‘zidan ta’sirlandim, rosti. Chunki ona til qismatiga afg‘onistonlik har bir o‘zbek ziyolisi hayot-mamot masalasi o‘laroq qaraydi, kuyinadi, ko‘ksini kerib himoya qiladi. Azizulloh Aral muallimning keyingi yillarda Afg‘onistonda o‘tkazilayotgan “O‘zbek tili bayrami” tashabbuskorlaridan biri ekanini bilaman. Olimning ijtimoiy faoliyati alohida mavzu…

Qo‘limizdagi kitob orqali ham muallifning nafaqat millatparvar, bilimdon olim, balki o‘zbek-afg‘on xalqlari adabiy do‘stligi orasidagi ko‘prik ekanini anglash mumkin. Muallif Navoiy ijodini Afg‘onistonda o‘rgangan, shoir asarlarini nashr qildirgan Said Muhammad Olim Labib, Abdulali Nur Ahroriy, Muhammad Yaqub Vohidiy Juzjoniy, Abdulhay Habibiy, Abdulla Raviyn, Sayd Tojiddin Toshqin Bahoiy, Muhammad Aslam Afzaliy, Nurulloh Oltoy, Mirhusayn Shoh, Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy, Rahim Ibrohim kabi qator olimlarni tilga oladi. Bu olimlar ilmiy faoliyati, adabiy talqinlari, tabiiyki, o‘zbek navoiyshunoslarini ham befarq qoldirmasligi kerak. Kitobda Alisher Navoiyning Afg‘onistonda nashr qilingan 50 ga yaqin asari ro‘yxati keltiriladi. Shuningdek, Navoiy asarlarining Amerika kutubxonalaridagi qo‘lyozmalari xususida alohida maqola bor. “Navoiy jahonshumul mutafakkir”. Darhaqiqat, shunday. Ulug‘ shoirning o‘z e’tirofi ga ko‘ra:

Agar bir qavm, yo‘qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olibmen taxti farmonimga oson
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.


Olim shu misralari negizida shoirning favqulodda iste’dodi va jahonshumul adabiy xizmati xususida fikr yuritadi. Kitobda, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning Afg‘oniston tarixida tutgan o‘rni maxsus tadqiq qilinadi. “Bu olamaro ajab alamlar ko‘rdim, Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdim”, degan Boburni muallif “Kobulning shoh me’mori va shoir bog‘boni” deya ta’riflaydi. Shoirning o‘zi obod qilgan, turli daraxtlar, gullar bilan bezagan shahrini yurak-yurakdan yaxshi ko‘rganiga diqqat qaratib: “Uning Kobulga mehr-muhabbati oshiqlik darajasiga yetib borgan” deb yozadi. “Bobur Kobulga shunchalar mehr qo‘yganki, Kobulni Hindistonning darvozasi sifatida umrining so‘ngiga qadar o‘zining yozgi poytaxti o‘laroq asrab kelgan”. Bu mehr-muhabbat afg‘onistonliklar orasida haligacha mashhur. Garchand oradan besh asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham xalq: “Toki Kobulda Boburning oromgohi bor ekan, Bobur ham, Kobul ham hargiz xotiralardan ko‘tarilmagay”, deyishadi.

“Navoiy bitiklari izidan” kitobida o‘zbek olimlari, shoirlari, sarkardalari to‘g‘risida fikr-mulohazalar ham davrimizning Navoiy muxlislarini befarq qoldirmaydi. Muallif aytmoqchi, “Hazrat Alisher Navoiy buyuk bir po‘hantun (bilim yurti), bu po‘hantunga kirib o‘qigan muhassil (tahsil olguvchi) so‘zsiz turli bilimlarni egallaydi!”

Inchunin, Azizulloh Aralning o‘zi ham “Navoiy bitiklari izidan” kitobida muhassil o‘laroq olgan bilimlarini, Alisher Navoiy hovuzidan ikkiyoqlama bahramandligini ada biyot muhiblari e’tiboriga taqdim etibdi. Tashakkur. Muborak bo‘lsin!

Bahodir KARIM,
professor

“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324