KUTUBXONA
Muallif: admin
QORAQALPOG‘ISTONDA JADID HARAKATI
Turkiston jadid harakati tarixida Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat olib borgan ma’rifatparvarlar alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 1910-yilgi Xiva xonligidagi bekliklar, aholi soni, yer hajmi, milliy tarkibi va kimlar hokimlik qilayotganiga oid ro‘yxatga olish materiallarida 27 ta ma’muriy bekliklar qatorida, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irotga oid statistika ham keltirilgan. Unga ko‘ra, Xo‘jaylida 60 ming tanob yer bo‘lib, […]
02.10.2026 | 14:21
804
AKIRA YOSINO – ELEKTRONIKA OLAMIDA INQILOB YASAGAN NOBELCHI
Hayot yo‘li Akira Yosino – yapon kimyogari, zamonaviy texnika va elektronika inqilobining asoslaridan biri bo‘lgan litiy-ionli akkumulyatorlarni yaratgan tadqiqotchilardan biri. U 1948-yil 30-yanvarda Osaka prefekturasi Suita shahrida tug‘ilgan. Kioto universitetining muhandislik fakultetini tugatgan va shu yerda neft kimyosi va amaliy kimyo yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 1972-yilda Yaponiyaning yirik kimyo va elektron materiallar konserni – […]
02.10.2026 | 10:37
2825
DARSLIK SHUNDAY BO‘LSA!
“Bolalarga nimani o‘rgatish kerak?” degan savoldan avval “Bizga qanday avlod kerak?” degan savolni qo‘ygan jadidlar maktabdagi o‘zgarishlarga katta umid bog‘lagan edilar. Bugun esa… Internet, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli manbalar orasida ulg‘ayayotgan bolaning qo‘lida darslik bilan birga smartfon, video, elektron kitoblar, turli dasturlar va interaktiv imkoniyatlar bor. U istalgan ma’lumotni bir necha soniyada […]
30.09.2026 | 14:46
738
TUGANMAS QUVVAT MANBAYI
Akademik Qahramon ALLAYEV bilan suhbat – Domla, bolalikdan katta ilm-fan sari boshlangan yo‘lingizga nazar tashlasak, energetika sohasini tanlashingizga undagan omillar nimada? – 1963-yilda Xiva shahridagi maktab-internatning o‘zbek guruhini tamomlaganman. Maktabni oltin medal bilan bitirib, Moskva energetika institutiga o‘qishga kirdim. Ko‘pchilik, ayniqsa, shogirdlarim: “Domla, o‘zbek maktabini tamomlab, qanday qilib Moskva energetika institutiga kirdingiz? U yerda darslar […]
30.09.2026 | 09:56
734
OLIMNING ILMI VA AMALI
O‘zbek adabiyotida, xususan, she’riy tafakkurning yangilanishida iste’dodli shoir Rauf Parfining alohida o‘rni bor. Shoir bir necha avlod tadqiqotchilari uchun manba bo‘la oladigan adabiy meros qoldirgani sir emas. Bu yo‘lda tadqiqotchilar safi sekin-asta ortib borishi tabiiy. Ularning old safida Olim Oltinbek turibdi. Yaqinda “Muharrir” nashriyotida uning “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” nomli yangi kitobi nashrdan […]
29.09.2026 | 15:10
3374
Asosiy
ASIL KO‘MCHU SO‘ZLARIM
Internetni yenggan Koshg‘ariy 1988-yilning yoz oylarida Samarqand viloyatining Qizilkarvon (eski nomi Quyi Ingichka) qishlog‘i, Ashrafsoy etaklari, qadimiy Budrach manzilgohi, Niyoztepa, Omontepa, Eshmontepa yodgorliklarini tadqiq etish uchun olis Leningrad (Sankt-Peterburg)dan bir guruh tarixchi va arxeologlar keladi. Keksalarning guvohlik berishicha, o‘shanda ma’lum muddat Budrachda qazishma ishlari olib borilib, bir qancha osori-atiqalar topilgan. Kunlar sovigach, tadqiqotchilar yana kelishlarini […]
29.09.2026 | 11:24
1576
XONOBODDAN ELOBODGACHA
O‘tgan hafta ham mamlakatimiz hayoti sermazmun, tarixiy va tizimli voqealarga boy bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi, transport-logistika, “Yashil makon”, ma’muriy odil sudlov va energetika sohalariga oid taqdimotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiyaning BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi taraqqiyot vektorlarini […]
29.09.2026 | 10:10
618
МУСТАҚИЛ ТАРАҚҚИЁТ ЙЎЛИДА МИЛЛИЙ ЮКСАЛИШ САРИ ДАДИЛ ОДИМЛАЁТГАН ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН
Яқинда мустақиллигимизнинг ўттиз беш йиллигини Янги Тошкент ҳудудида қад ростлаган муҳташам майдонда катта тантана билан нишонладик. Байрам дастуридаги улуғвор ва жўшқин чиқишлар барчамизнинг қалбимиздаги ғурур ва ифтихорни оширди. Айниқса, давлатимиз раҳбари нутқида айтилган ҳаётбахш ғоялар, янги ташаббуслар халқимиз куч-қудрати, бунёдкорлик салоҳиятининг амалий ифодаси бўлди. Ҳа, Президентимизнинг нутқи мамлакатимиз босиб ўтган тараққиёт йўлини чуқур сарҳисоб қилиш […]
29.09.2026 | 09:50
73
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING ESKI ZONTIGI
“Zontik” gollandcha so‘z bo‘lib, “quyoshdan himoyalanish vositasi” degan ma’noni anglatadi. Xo‘sh, “zontik” so‘zining sof turkiychasi bormi? “Soyabon” deysizmi? Yo‘q, “soyabon” forscha so‘z. Toki dunyoda quyosh issig‘i va yog‘ingarchilik bor ekan, demak, hamma joyda ulardan himoyalanish vositasi bo‘lgan. Hamma joyda shunday vosita ishlatilgan ekan, unda hamma tillarda bu narsani ifodalaydigan so‘z ham bo‘lgan. Faqat bu so‘zlar […]
28.09.2026 | 15:37
3220
HARIR PARDA
Bolalik xotiralari ko‘hna suratlarga o‘xshaydi. Yillar o‘tgani sayin ularning rangi o‘chmaydi, aksincha, zamirida yashiringan teran ma’nolar bo‘y ko‘rsatadi. Bugun ellik yil avvalgi so‘lim va osuda o‘zbek hovlilarini eslasam, eng avvalo, ko‘z oldimda darvozaxonadagi oppoq, harir parda gavdalanadi. Bolalik nigohi bilan qaraganda, bu shunchaki oddiy bir mato edi. Biroq bugun o‘sha xotiralarni ruhiyat tarozisiga solib, zamonamiz […]
24.09.2026 | 13:28
1165
SHAXSNAVIS ADIB
Stolim ustida bir ijodkor qalamiga mansub bir nechta kitob. Ularni ustma-ust qo‘yib, o‘lchasam, umumiy bo‘yi bir qarichdan oshdi. Keyin nomlarini qayd etish uchun yoygan edim, noutbugim atrofini butkul o‘rab oldi: “Toshbaqalar poygasi”, “Senga ko‘ngil bersam…”, “Konvert-odam”, “Odil Yoqubov xazinasidan”, “Uyg‘onish zamoning muborak bo‘lsin”, “Vijdon qo‘ng‘irog‘i”, “Sahifaga sig‘magan satrlar”, “Yurak bo‘ronlari”, “Botir Zokirov – o‘zbek bulbuli” […]
24.09.2026 | 10:05
883
TANQIDMI, CHAQIRIQ?
So‘nggi oylarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupovning “Jadid” gazetasining 14-sonida chop etilgan “Yangi zamon ilmi” suhbatida ko‘tarilgan masalalar keng jamoatchilik, ayniqsa, ilm-fan kishilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Hatto, ilm ko‘chasiga kirmagan ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa egalari ham olimning jurnalist savollariga bergan javoblarini peshma-pesh e’lon qilib bordi. Bunga nima sabab bo‘ldi? […]
23.09.2026 | 16:16
1039
“SO‘Z DURIN NISOR AYLA…”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilib, adabiyot ixlosmandlariga taqdim etilgan yangi kitoblar orasida “Dorilomon kunlar keldi” nomli muazzam bayoz alohida o‘rin tutadi. O‘zbek shoiralari va adibalari ijodidan saralangan to‘plam ikki qismga – she’riyat va nasr yo‘nalishlariga ajratilgan. Kitobning “O‘zbek shoiralari” turkumi xalqimizning ardoqli farzandi Zulfiya Isroilovaning mashhur she’rlari bilan boshlanib, bugun adabiyot olamiga dadil qadamlar […]
23.09.2026 | 14:49
4490
TOSH ICHRA GAVHAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori imzolanganiga ikki yildan oshdi. O‘tgan qisqa vaqt ichida tarixiy hujjatda belgilangan vazifalar yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jarayon davom etmoqda, xususan, bu yil oktyabr oyining birinchi yettikunligi mamlakatimizda uchinchi bor Siyosiy qatag‘on […]
23.09.2026 | 10:40
806
GERHARD ERTL – MAVHUMLIK ZANGINI ARITGAN NOBELCHI
Hayot yo‘li Gerhard Ertl 1936-yil 10-oktyabrda Germaniyaning Bad Kanshtatt shahrida tug‘ilgan. Oliy ta’limni Shtutgart universitetida olgan. Parij va Myunxendagi texnika universitetlarida ham tahsil olgan. 1965-yili fan doktori ilmiy darajasiga erishgach, Gannover texnika universiteti (1968–1973) va Myunxen universitetida (1973–1986) fizik kimyo kafedralari direktori bo‘lib ishlagan. AQSHda taklif etilgan professor sifatida xizmat safarlarida bo‘lgan. 1986-yilda Berlindagi Fris […]
23.09.2026 | 09:39
3535
INSOF SARI BARAKA
Bugungi kunimizdan aylanib-o‘rgilsang arziydi! Yaqin tarixda ham didingizga yoqqan biror kiyim yoki buyum kerak bo‘lsa, to‘g‘ri do‘konga bormay, avval tanish-bilish qidirib, ustiga “shapka” berib, ish bitirishga to‘g‘ri kelardi. Endi-chi? Qaysi do‘konga bormang, istagan narsangizni topish mumkin. Ko‘z tegmasin, bozorlarimiz ham to‘kin-sochin. Avvallari o‘zi tugul, hatto nomi ham tushimizga kirmagan, xorijdan keltirilgan avakado, marakuya, “ajdaho mevasi”, […]
22.09.2026 | 16:48
752
FIKRLASH MADANIYATI
Jadid ma’rifatparvarlari taraqqiyotning eng muhim sharti sifatida ta’limni ko‘rdilar. Ularning nazarida, maktab faqat savod chiqaradigan joy emas, balki insonni dunyoni anglashga, mustaqil fikrlash va zamon bilan hamnafas bo‘lishga tayyorlaydigan maskan edi. Bugun, oradan bir asrdan ortiq vaqt o‘tib, ta’lim oldida turgan savol mohiyatan o‘sha-o‘sha: biz yosh avlodga bilim beryapmizmi yoki fikrlashni ham o‘rgatyapmizmi? Bu savol, […]
22.09.2026 | 15:51
754
XORAZM JADID MAKTABLARI
Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fani bo‘yicha falsafa doktori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Umid BEKMUHAMMAD bilan suhbat – Qadim Turkistonning nisbatan chekka hududi – XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrning boshida jug‘rofan “markazdan uzilib qolgan xonlik”ka jadid harakati kirib kelishi va ishni aynan maktablar tashkil qilishdan boshlashlari e’tiborli holat. Ta’lim sohasidagi bu jarayon […]
22.09.2026 | 11:35
796
ODIL OG‘ANING ARMONI
Xotira-esse O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov bilan yillar davomida ko‘p bor xizmat safarlarida bo‘ldim, rasmiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, xalqaro uchrashuvlarda birga qatnashdik. Viloyatlarga xizmat safarlarida biz bilan ulkan yozuvchi, atoqli romannavis, o‘ziga e’tibor talab qiladigan amaldor emas, boladay beg‘ubor, dilkash, o‘ta kamtarin bir inson yurdi. Olmaotada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilganda, qozoqlar bu insonni, yana bir […]
22.09.2026 | 09:40
695
“XAYBAR–25”DA NIMA GAPLAR?
“Xaybar–25” nashriyoti o‘tgan yili o‘zining ilk mahsuloti – yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Yaldo kechasi” romanining nashri bilan kitobxonlar va keng jamoatchilik e’tiborini qozondi. Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida nashriyot faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Ijodiy jamoa bugun qanday yangi loyihalar ustida ishlamoqda va uning kelajak rejalari nimalardan iborat? Muxbirimiz Otabek Baxtiyor ana shunday savollar bilan […]
21.09.2026 | 15:56
779
TIL VA TEXNOLOGIYA
Bugungi shiddatli raqamlashish va sun’iy intellekt (AI) asrida tillar nafaqat yolg‘iz muloqot vositasi, balki strategik kuch, ilmiy-texnologik raqobat omiliga aylandi. Globallashuv jarayonida o‘z raqamli ekotizimi, ilmiy bazasi va texnologik jozibadorligiga ega bo‘lmagan tillar iste’moldan chiqib ketish xavfi ostida qolmoqda. Shu bois, o‘zbek tilini davlat tili maqomidagi ijtimoiy muloqot vositasidan raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan […]
21.09.2026 | 14:35
746