12.09.2024 | 11:17
474
MUMTOZ SHE’RIYATNING SODIQ DAVOMCHISI
Yoshlari ulug‘ ustoz qatori adiblardan biri shoir va dramaturg Sobir Abdulla edi. Gʻafur Gʻulom bilan tengdosh, ko‘zlari odamga ma’noli boquvchi hassos ijodkor bilan biz o‘z vaqtida hamsuhbat bo‘lganimizdan faxrlanib yuramiz. Uning aruz vaznida yozgan she’r-u g‘azallari o‘tmishda yashab o‘tgan shoirlarnikidan qolishmas, shu boisdan aksariyati ashula qilib kuylanardi. U kishi eski − mumtoz she’riyatning shu kundagi haqiqiy davomchisi hisoblanardi.

Sobir Abdullaning “Tohir va Zuhra” dramasi uzoq yillar sahnadan tushmadi. O‘sha asarga yozilgan “To‘ylar muborak” ashulasi to hanuzgacha to‘yda kelinni kutib olishda ijro etiladi. Sobir akaning “Namasan” degan hajviy she’ri “Mushtum”da bosilganda hamma zavq bilan yoddan aytib yurardi. Sobir aka o‘z hamyurti (u kishi qo‘qonlik edi) shoir Muqimiyni juda e’zozlardi. Muqimiy tilidan yozgan va haqiqatan ham muqimiycha chiqqan g‘azallari shoir Muqimiyga tegishliday bo‘lib, ko‘p olimlarni chalg‘itib qo‘yardi ham. Uning hajviy hikoyalari, shoir Muqimiy haqida yozilgan romani ham ko‘pchilikka manzur bo‘lgan edi.
Sobir Abdulla “Mavlono Muqimiy” romanini yozganda o‘sha paytda nashriyot kattasi bo‘lgan bir “bilimdon” bu asarni rosa qaychilab, roman emas − “Badiiy lavhalar” deb nashr etishga majbur qiladi. Sobir aka “Mushtum”ga kelganida bir yozuvchiga: “Kitobning korrekturasini bizga o‘qishga yuborishgan ekan. Shu qadar buzganliklarini ko‘rib butun oilamiz bilan o‘tirib yig‘ladik”, deganini o‘z qulog‘im bilan eshitganman.
Yetmishinchi yillarning boshlarida Sobir aka “Mushtum” idorasiga hayajonlanibroq kirib keldi. Biz yoshlarga nimanidir aytmoqchi bo‘ldi. Biz u kishiga jon qulog‘imizni tutdik. Sobir aka o‘zining Oliy Sud idorasidan kelayotganini va unga Abdulla Qodiriyning qamalishga doir hujjatlarni − so‘roq bayonnomalari va hukmni ko‘rsatib, o‘qib berishini so‘rashganini aytdi. “Qarang, so‘roq bayonnomasining har bir sahifasida Abdulla Qodiriyning imzosi bor. U har sahifaning ostiga “Bu gaplar tuhmat”, “Gunohim yo‘q”, “Sutday oqman”, deb yozib keyin imzo chekkan ekan”, dedi.
Bu gaplarni aytayotganida shoirning ko‘zoynak ostidagi ko‘zlari charaqlab ketgandi. Go‘yo siyosatga umuman aralashmaydigan bo‘lib ko‘rinadigan bu kishi mash’um tuzum qurboni bo‘lgan atoqli adib Abdulla Qodiriyning dahshatli qiynoqlardan so‘ng ham o‘zini mardona tutolganini biz yoshlarga yetkazayotganligidan baxtiyor edi.
Ko‘p o‘tmay “Sobir aka kasal bo‘lib qolibdi, jarroh muolajasi ham yordam bermabdi”, degan gapni eshitib, biz − yosh mushtumchilar u kishini ko‘rgani bordik. Ammo adibni ko‘rolmadik, bizga: “Sizlar bilan gaplasholmaydilar, ahvoli og‘ir”, deyishdi. Biz ma’yus qaytdik, ikki kundan keyin esa adib joyiga qo‘yildi…
Muxtor XUDOYQULOV,
filologiya fanlari doktori, professor
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
100
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
611
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
608



