10.09.2024 | 13:30
268
RAQAMLAR “GAPIRGAN”DA HAQIQAT YUZAGA CHIQADI
Xorijlik mutaxassislarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yer yuzi aholisi soni, yashash tarzi, umr ko‘rish muddati, ijtimoiy ahvoli haqidagi tahlillariga tasodifan ko‘zim tushib qoldi.

Hozirda sayyoramizda sakkiz milliarddan oshiq aholi bor. Yer sharida oltita qit’a mavjud ayni holatda ushbu aholining 60 foizi Osiyoda yasharkan. Bu esa aynan otamakonimiz bo‘lmish qit’ada aholi zichligini ko‘rsatadi. Aksar iqtisodiy, ijtimoiy muammolar aynan aholi sonidan kelib chiqadi. “Bir tovuqqa ham don, ham suv kerak” deyilmish otaso‘zimiz bor-ku, axir!
Ishonasizmi, inson umri biz o‘ylaganchalik uzoq emas ekan. Taqdiriga tug‘ilish tushgan bandalarning faqat 7 foiziga 65 yoshdan uzoq yashash nasib qilarkan. Yoki sakkiz milliard odamning faqat 7 foizi oliy ma’lumot olish baxtiga erisharkan.
Xo‘sh, bu borada bizda natija qandayligini ko‘rib chiqaylik.
Tadqiqot muassasalari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan kuzatuvlar, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bizda o‘rtacha umr 76 yoshni tashkil qiladi. Bu esa ayrim Afrika davlatlari fuqarolaridan deyarli ikki barobar ko‘proq umr ko‘rishimizni anglatadi. Va hatto, bu qiyoslashda Amerika qit’asidagi ko‘pgina davlatlardan oldindamiz.
Inson uzoq umr ko‘rishi tabiiy muhitga, va, albatta, iqtisodiy omillarga bog‘liq. Odam sog‘lom turmush kechirishi, to‘yib ovqatlanishi, hayotiy muammolar girdobida qolmasligi, qolaversa, ma’naviy yuksaklikka erishishi umri uzoqligini ta’minlaydi. Jamoaviy munosabatlar yopiq ko‘rinishda bo‘lgan, o‘zaro mehr-oqibat yo‘qolgan, oila instituti barbod bo‘lgan ayrim jamiyatlarda, garchi iqtisodiy barqarorlik kuzatilsa-da, uzoq yashash ko‘rsatkichi tobora pastlab borayotir. Sharqona qadriyatlar tamoyilida muqim turgan jamiyatimiz bu borada ko‘p millat va xalqlarga o‘rnak bo‘lgulik.
Esingizda bo‘lsa, sakkiz yil muqaddam yurtimizda atigi 65 ta oliy o‘quv yurti bor edi. Hozirda universitetlar soni ikki yuzdan oshdi. Har yili bu dargohlar uch yuz mingdan ziyod yoshlarni talabalikka qabul qilmoqda. Xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz safi ham yil sayin kengaymoqda. Natijada har yili salkam yarim million kishi oliy ma’lumotli mutaxassis diplomini olyapti. Qisqasi, hozir bizda besh milliondan ko‘proq kishi oliy ma’lumot egasi. Bu esa umumaholi sonining deyarli 14 foiziga to‘g‘ri keladi yoki dunyo bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p. Yaqin besh yilda bu ko‘rsatkich 17 foizga chiqishi kutilyapti.
Agarda davlat rivojlanishini aynan o‘qimishli insonlar ta’minlashi, oliy ma’lumotli mutaxassislar barcha sohalar taraqqiyoti garovi bo‘lishini inobatga olsak, yurtimizda oliy ta’limga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligiga amin bo‘lamiz. Shu bilan birga, o‘qimishli insonlar jamiyatda ma’naviy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish, odamlar tafakkuri yuksalishiga xizmat qilishini ham unutmaslik kerak.
…Dunyo aholisi taqdirini raqamlarda aks ettirgan ma’lumotnomani varaqlashda davom etamiz. Hozirda Yer yuzi aholisining 35 foizi toza ichimlik suvidan bebahra ekan. Xudo yarlaqagan yurtimizda besh yuzdan ortiq daryo, soy mavjud. Tog‘oldi qishloqlarida yashaydigan aholi aynan shifobaxsh soylar va buloqlar suvidan bahramand. Shaharlarni qo‘ya turaylik, hatto eng ko‘hna qishloqlarga ham quvurli suv yo‘llari tortilgan.
“Tuyamo‘yin-Urganch” va “Tuyamo‘yin-Nukus” quvurli suv tarmog‘i butun Quyi Amudaryo mintaqasini ichimlik suvi bilan ta’minlay boshlaganiga ham o‘ttiz yildan oshdi. Bu misolni keltirishim sababi, Orol qurishi bilan yuzaga kelgan ekologik tanglik sharoitida vohada ichimlik suvi muammosi yuzaga chiqqandi. Bizning chekka elatimizga ham aynan shu tarmoq orqali quvurli suv yetkazib berila boshlagandi. O‘tgan yili elatimizda aholi soni o‘sgani inobatga olinib, qo‘shimcha quvurlar yotqizildi. Bu bilan ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
“Aholi o‘sishi” iborasi ortidan yana bir masala – turar joy bilan ta’minlash ham yuzaga chiqadi. Bugun sayyoramiz aholisining 25 foizi yoki har to‘rt oiladan biri o‘z turar joyiga ega emas.
Hozir yurtimizdagi viloyat va tuman markazlarida besh va hatto yetti qavatli turar joylar qad rostlagan. Aholini turar joy bilan ta’minlash maqsadida har bir tumanda “siti”lar, ya’ni ko‘p qavatli mavzelar barpo bo‘layotir.
…Mahallamiz raisidan so‘radim: “Uch ming kishi istiqomat qilayotgan mahallamizda o‘z uyiga ega bo‘lmagan oila bormi?” Rais qog‘oz varaqlamasdan javob berdi: “Bir oila bor edi. U ham qo‘shni tumanga turmushga chiqib, oilasidan ajralgan ikki bolali kelin. Otasining hayhotdek hovlisi bor – o‘n xonali uy. Ammo farzandlari bilan alohida yashamoqchi. Hokimlik unga subsidiya orqali uy ajratdi – yil oxirigacha ko‘chib o‘tadi”.
Raisi bir emas, ikki hovlisi bor, bundan tashqari tuman, viloyat markazi va hatto poytaxtda qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylardan xonadon olayotganlar haqida aytib o‘tirmadi. Aytmasa-da, hammasi ma’lum – qancha mahalladoshlarimiz, tanishlarimiz markazlarda qurilayotgan uylarni xarid qilganlarida ehsonga chaqirgan, ularga “Imorat muborak!” tilagini aytganmiz.
Aynan turar joy mavzusi o‘rtaga chiqqanida bir yangilikni aytish kerak. Prezidentimiz yaqinda imzolagan qonunga ko‘ra, 2019-yildan oldin noqonuniy qurilgan imoratlar egallagan yer maydonlarini qonuniy izga ko‘chirish amaliyoti boshlandi. (Uch yil oldin ham shunday noqonuniy holatlarga amnistiya e’lon qilingandi). Bunday noqonuniy qurilgan va egallangan imorat va yer maydonlari oz emas, bir millionga yaqin ekan.
Qarang, bir million uy!
Aholini turar joy bilan ta’minlash borasida mamlakatimiz dunyoda yetakchilar qatorida.
Yuqoridagi raqamga (dunyoda o‘z uyiga ega bo‘lmaganlar umumaholining 25 foiziga teng) taqqoslasak, bizda bu ko‘rsatkich hatto bir foizga ham yetmaydi.
Yana bir raqamni qiyoslaymiz. Aholi o‘sishi asnosida ekin maydonlarini kengaytirish va boridan unumli foydalanish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Negaki, tirik jon o‘laroq inson kuniga kamida uch marta ovqat iste’mol qilishi kerak. Oziq-ovqat esa yer maydonlarida yetishtiriladi.
Rivojlangan Yaponiyaning sug‘oriladigan yer maydonlari biznikidan besh marta kam, garchi aholisi deyarli uch yarim marta ko‘p bo‘lsa-da. Bu nomutanosiblik vaqt kelib o‘z so‘zini aytishi tayin. Negaki, kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan xarid qiladigan davlatlar yaqin yillarda umumg‘aznasining katta qismini shunga sarflash majburiyatida qoladilar. Bu esa oziq-ovqatga talab oshishi, o‘z navbatida, ularning narxini yetkazuvchi tomon belgilashiga sabab bo‘ladi.
Davlatimizda hozirda har bir tirik jonga o‘rtacha 15 sotix sug‘oriladigan yer maydoni to‘g‘ri keladi. Agarda iqlimi moʻtadil hududlarda bir mavsumda yer maydonlaridan ikki va hatto uch marta hosil ko‘tarish tajribasi allaqachon amaliyotga aylanganini eslasak, yerning naqadar bebaho boylik ekanini anglaymiz. Bu borada yurtimiz dunyoning istalgan davlati bilan raqobatlasha oladi.
…Tasodifan ko‘zimiz tushgan raqamlarni “gapirtirish” va o‘zimizdagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashni shu yerda to‘xtatamiz. Negaki, uzundan-uzun raqamlarni o‘zaro solishtirsa, maqolaga sig‘maydi. Bundayroq bir risola bo‘ladi.
Ozod va obod, farovon va tinch yurtda yashash tolemizga yozilganidan minnatdor bo‘lmog‘imiz kerak. Uning yanada rivojlanishiga imkonimiz qadar hissa qo‘shish barchamizning fuqarolik va insoniylik burchimizdir!
Ro‘zimboy HASAN,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



