KUTUBXONA
Muallif: admin
NEMISLAR QANDAY QILIB SANITAR TOZALIKKA O‘RGATILGAN?
Germaniyada, xususan, g‘arbiy Bavariyadagi tarixiy Shvabiya aholi hududlarida sanitariya tozalikka rioya etish “tug‘ma” emas, aksincha, majburiy ravishda qadriyat va an’anaga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida nemislar chiqindi, kul, o‘limtiklar, suyak-sayoq va yuvindilarni devor osha ko‘chaga yoki jamoat joylariga tashlayvergan. Natijada antisanitariya sharoitlarida turli kasalliklar ko‘paygan, qishloq va shaharlarda epidemiya o‘choqlari vujudga kelgan. XV asrda graf Vittemberg […]
04.06.2024 | 16:57
394
BAXTLI BOLALIK HUQUQI
Bu dunyoda har bir bolaning baxtli yashashga haqi bor. Ammo hamma oilada ham mavjud shart-sharoit bunday tolega esh bo‘lavermaydi. Ajrimlar yoxud noqobil ota-onalarning o‘z maqomiga noloyiqligi ayrim hollarda baxtli bolalikka soya solishi mumkin. Shu bois bolalar ulg‘ayib, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun davlat tomonidan muayyan g‘amxo‘rlik chora-tadbirlari belgilangan. Ammo ba’zan subyektiv omillar insoniylik mezonlariga zid […]
04.06.2024 | 15:34
773
Asosiy
GAZETA MILLATNING TARJIMONIDIR
Umrning mazmunli fursati (sobiq sovet davrining so‘nggi yillaridan hozirga qadar) Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning “Nodir qo‘lyozmalar” bo‘limida, arxivlarda o‘tdi. Manbalar shu qadar mo‘lki, o‘rganilishi, tahlil qilinishi zarurki, unga bir bandaning umri yetmaydi… Har gal gazetalarni varaqlaganda “Sadoyi Farg‘ona” nashri taxlami, klishesi, betakror dizayni, sahifalardagi harflar, maqolalar, bitiklar mag‘zidagi g‘oyalar, ularni qalb qo‘ri bilan yozgan mualliflarning […]
04.06.2024 | 12:29
1022
“VATAN MENING ICHIMDA!”
Michigan universiteti professori Temur XO‘JAO‘G‘LI bilan suhbat – Ildizsiz maysa bo‘lmas, o‘zansiz daryo. Sizning Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga intilishingiz ham daryoning o‘z o‘zaniga talpinishidek gap. Shunday emasmi? – Bundan 34-yil avval – 1990-yili O‘zbekistonga ilk bor kelgandim. Men Vatanda emasman, Vatan mening ichimda, degan edim o‘shanda. Nega? Buning ikki sababi bor. Birinchidan, men O‘zbekistonda emas, […]
03.06.2024 | 21:13
1048
“BU EL MENGA OG‘O, SINGIL, YOR-U SIRDOSH…”
O‘z yo‘nalishini topgan har bir ijodkorning xos muxlislari bo‘ladi. Ularning ixlosi ijodkor yaratgan asarlarning yashovchanligini va ikkinchi umri bardavomligini belgilab beradi. Shu kunlarda tavalludining 80 yilligi nishonlanayotgan el suygan shoira, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqovaning ixlosmandlari naqadar ko‘pligi barcha yodnoma tadbirlarida sezilib turdiki, bu xalqchil adibimizning umrzoqligi dalolatidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, Tursunoy Sodiqova […]
03.06.2024 | 12:58
490
MADANIY QADRIYATLAR – TEXNOLOGIK RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERI
Akademik Ibrohim ABDURAHMONOV bilan suhbat – Ibrohim Yo‘lchiyevich, sizning ilmiy faoliyatingiz doirasi so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston muhitida keng jamoatchilik nazariga tushdi. Buning sababi nimada? – E’tirof uchun katta rahmat. O‘z faoliyatimga baho berish menga noqulay. Ba’zi so‘zlarim nokamtarlikday tuyulsa, mushtariylarimiz to‘g‘ri tushunishadi degan umiddaman. Biologiya sohasiga yoshligimdan qiziqqanim, biolog-o‘qituvchi oilasida o‘sib-ulg‘ayganim bois sohadagi eng “qaynoq” […]
03.06.2024 | 11:52
505
GʻAROV (hikoya)
Siddiq aka bo‘y-basti duppa-durust, kelishgan odam. Mayin sochlari siyrakroq, qo‘yko‘zlari qisiqroq, yoqimtoy. Gap so‘rasangiz, avval muloyimgina jilmayib qo‘yish odati bor. Ilyos aka bilan to‘n kiyishmagan bo‘lsa-da, kiyishgandan qalin. Moskvada mo‘yqalam ilmidan birga tahsil olgan. Hujradoshlar. Hali qarasangiz, ikkalasi Shahrisabz tomonlarda – Hisor tog‘i etaklarida irg‘ishlab yurgan, boshqa kuni rassomlarning Chorboqdagi dala hovlisida dumalab yotgan. Hayron […]
01.06.2024 | 22:43
712
ADABIYOTIMIZNING CHIN DO‘STI
Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va boshqa turkiy tilli davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida qon-qardosh xalqlarning tili, tarixi, madaniyati va adabiyotini tadqiq qilib kelayotgan taniqli olimlar […]
01.06.2024 | 21:10
485
Akmal Saidov BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi bo‘ldi
Oʻzbekiston vakili tarixda birinchi marta Inson huquqlari qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi. Mamlakatimiz vakilining IHQga saylanishi tarixiy voqeadir, chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi marta BMTning ushbu asosiy organiga aʼzo bo‘ldi. Saylovda O‘zbekiston bilan birga 16 ta davlat – Burundi, Gruziya, Misr, Hindiston, Ispaniya, Kamerun, Kot-d‘Ivuar, Litva, Marokash, Paragvay, Koreya Respublikasi, Shimoliy Makedoniya, Togo, Xorvatiya, Efiopiya […]
01.06.2024 | 14:44
598
ODAMLARNING MEHR QUYOSHI
“Yashil qirlar” oromgohidan reportaj Biz, adabiyot muhiblari Bo‘stonliq o‘ngirlari oralab borar ekanmiz, ulug‘vor tog‘lar xuddi quchoq ochib kutib olayotganday, go‘yo salomimizga “tog‘lar bag‘ridan gumburlagan sado” kelayotgandek tuyilardi. Bu sado mangu uyg‘oq qoyalarning taskinbaxsh nidosidir. Tog‘ havosi ruhiyatni poklab, vujudni tetik tutadi. Xuddi shunday, tog‘ qadar sarbaland ustozlar dahosi ham jamiyat ruhoniyatini tozalab, “boshda do‘ppi” bilan […]
01.06.2024 | 13:49
791
1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – har yili bolalar sharafiga nishonlanadigan esdalik sanasi boʻlib, ularni nishonlash sanasi mamlakatga qarab har xil boʻladi. Bolalarni himoya qilish kuni dastlab 1857-yil iyun oyining ikkinchi yakshanbasida Massachusets shtatining Chelsi shahridagi cherkov ruhoniysi doktor Charlz Leonard tomonidan boshlangan. Leonard bolalarga bag‘ishlangan maxsus xizmat o‘tkazdi. Leonard bu kunni “Atirgul kuni” deb […]
31.05.2024 | 21:36
948
BOLALAR ADABIYOTI TO‘G‘RISIDA…
BIR OGʻIZ SO‘Z XX asrning boshlarida barcha adabiy sohalarda yangilanishlar kuzatildi. Jumladan, matbuot nashrlarida badiiy adabiyotning ijtimoiy, ma’naviy hayotdagi o‘rni, xususan, bolalar adabiyotining qadr-qiymati, tarbiyadagi ta’siri to‘g‘risida ham jiddiy maqolalar nashr bo‘ldi. “Maorif va o‘qituvchi” jurnalida bosilgan quyidagi maqolada bir asr oldin ko‘tarib chiqilgan bolalar adabiyoti masalasi bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. Zero, bolalarning ruhiy-psixologik kayfiyatiga […]
31.05.2024 | 20:28
1284
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori
Ma’rifatparvar jadidlarning Vatanimiz va jahon tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini, milliy istiqlolimizning ma’naviy asoslarini yaratishdagi fidoyiliklarini, ibratli hayoti va faoliyatini, boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va faol targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish, shuningdek, 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga […]
31.05.2024 | 15:17
1369
30-MAY – MIRTEMIR TUG‘ILGAN KUN
O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursunov 1910-yil 30-mayda Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlogʻida tug‘ildi. “Shu’lalar qo‘ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Tong”, “Kipriklarim”, “Yodgorlik”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to‘yida”, “Surat” dostonlari va “Qoraqalroq daftari” kabi she’riy to‘plamlari bilan o‘zbek she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. 1979-yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat […]
30.05.2024 | 07:09
1126
SOHIBQIRON HAQIDA ENG BIRINCHI KITOB
Sohibqiron Amir Temur hayotlik chog‘ida yozilgan kitoblar ko‘p emas. Rasmiy tarixda ular ikkita hisoblanadi: birinchisi – Gʻiyosuddin Ali qalamiga mansub “Hindiston yurishi kundaligi”, ikkinchisi – Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari. Lekin birinchisiga qaraganda ikkinchisi o‘quvchilarga avvalroq va kengroq ma’lum bo‘lgan. “Hindiston yurishi kundaligi” haqida birinchi marta rus sharqshunos olimi, akademik V.V.Bartold o‘zining 1902-yilda Turkistonga qilgan ilmiy safari […]
28.05.2024 | 18:56
2332
FITRAT — FIDOYI TILSHUNOS
Elni erkka eltmoqni, yurtning yorug‘ yo‘lini ochmoqni o‘zlarining aziz umrlariga abadul-oxir badal deb bilgan jadid bobolarimiz mashaqqatli va muntazam faoliyati davomida ma’rifatni, ma’naviyatni va madaniyatni madadkor qudrat, qiyossiz qurol deb hisobladilar. Shuning uchun ham ular alifbo, yozuv, imlo va umuman, til masalalariga favqulodda e’tibor bilan qaradilar. Zotan, o‘lkamizda o‘tgan asrning boshlarida mazkur masalalar yechimisiz ma’rifat […]
28.05.2024 | 16:20
2465
TOJIKISTONNING URGUTLIK FARZANDI
“Chor devon” sohibi”, “Zullisonayn shoir”, “Ikki chaman bulbuli”, “Tojikistonning urgutlik ardoqli farzandi…”. Bu kabi ta’rif va e’tiroflar yaqinda Samarqandning so‘lim Urgut shahrida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy tadbirda qayta-qayta tilga olindi. U bundan 90 yil muqaddam – 1934-yilning 17-may sanasida Urgut shahrida tug‘ildi. Oilada dastlab ko‘p yo‘qotishlar bo‘lgani sabab bolaga O‘lmas deb ism berishdi. Otasi Jamol nonvoy, […]
28.05.2024 | 15:39
544
DOVYURAK VAZIRI AKBAR
“…Men shaharlik hunarmandning o‘g‘liman – otam izidan bormoqchi edim. Lekin xudo menga aql bergan va madrasada mening qobiliyatim ko‘zga tashlandi – ruhoniylik xizmatiga tayyorlana boshladim. Ammo bir hodisa taqdirimni boshqa yo‘lga solib yubordi. 13 yashar bolalik vaqtim qishloqda tog‘amning uyida mehmon bo‘lib turardim. Bir kuni shu joyga soliq yig‘uvchilar keldi. Ular kelishi bilan shunday hodisalar […]
28.05.2024 | 14:39
286
MA’NAVIYAT – INSON BO‘LIB YASHASH DEGANI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek HASANOV bilan suhbat – So‘nggi yillarda ma’naviyat haqida ko‘p va xo‘b gapirdik. Oqibatda bu so‘zni eshitgan kishining g‘ashi keladigan, ensasi qotadigan bo‘lib qoldi. Siz bu holatga qanday munosabat bildirasiz? – Ma’naviyat tushunchasi atrofida doim bahs-munozaralar ko‘p bo‘lgan. Har kim o‘zicha fikr bildirgan, qarashlarini ilgari surgan. Hatto, ma’naviyat kerak […]
28.05.2024 | 14:05
1231
INSONIYAT TAQDIRINI BELGILOVCHI FAN
Shubhasiz, mikrobiologiya – insoniyatning kelajagi va taqdiri bevosita bog‘liq bo‘lgan xos ilm sohalaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda yurtimizda ushbu tarmoq rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori, akademik Qahramon Davronov bilan shu haqda suhbatlashdik. – Domla, suhbatimiz avvalida Mikrobiologiya institutining, mikroorganizmlar tadqiqining ahamiyati haqida to‘xtalsangiz. – O‘tgan asrning oxirlarigacha umumiy biologiya […]
27.05.2024 | 19:24
579
Asosiy
“VATAN MANZUMASI” VILOYATLARDA
Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarimiz qalbida yanada kamol toptirish yo‘lida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy kechalarning o‘z o‘rni bor. Barcha jabhada yakdillik, maqsadlar mushtarakligi, ezgu ishlar yo‘lida birlashish har birimizning oldimizdagi zaruriy vazifalardan biriga aylanib bormoqda. 2023-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan “Vatan manzumasi” nomli […]
27.05.2024 | 18:11
611