Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

DO‘STLAR DIYDORI

Kuni kecha O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida bir guruh ziyolilarimiz ishtirokida o‘tkazilgan tadbir “Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkilotchilari hamkorligida tashkil etildi.  Muhtasham elchixonamiz binosida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol qatnashgan olti jamoa orasidan Toji­kis­tonda o‘zbek tilida nashr etilayotgan “Xalq ovozi” gazetasi­ning yosh xodimlari g‘olib bo‘ldi. – Biz bu o‘yinni O‘zbekiston […]

27.05.2024 | 17:56

img311

TEKIN BO‘LSA… GULMIX YUTAMIZMI?

Taxminan bir oy oldin ijtimoiy tarmoqlarda qardosh qozoq yigiti o‘zbek xalqining olijanob va mardligi chegara hududlarimizni suv bosgan chog‘i ko‘rsatgan amaliy ko‘magida yaqqol bilindi, degan e’tirofidan faxr-iftixor tuyg‘ularini tuygan edik… Ammo, misqollab yig‘ib, botmonlab socha­san, deganlaridek bag‘rikeng elimiz­ning ana shunday insoniy fazilati baxsh etgan sururni kuni kecha bir to‘da lattaparast xotinlar olomoni ko‘rsatgan tomosha seldek […]

27.05.2024 | 12:50

img342

NURLI YOG‘DU

Yaqinda, aniqrog‘i, 16-may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan samimiy muloqot soha rivojida g‘oyat muhim bir hodisa bo‘lganini alohida qayd etmoq joiz. Bu – davlatimiz rahbarining kinematografiya muassasalariga ikkinchi tashrifi. Dastlab koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan 2020-yilning 20-noyabrida to‘liq rekonstruksiya qilinib, qayta ta’mirlangan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi faoliyati bilan tanishib, bir guruh […]

26.05.2024 | 16:45

img357

26-MAY – TILAK JO‘RA TUG‘ILGAN KUN

Adabiyotshunos, tarjimon va shoir Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir “Rayhon”, “Olam ostonasi”, “Yulduzlar tabassumi”, “Chorrahadagi uy”, “Sanduvoch”, “Ruhiyat” she’riy to‘plamlari, tarjima ishiga oid “Tarjima san’ati” va adabiyotshunoslikka oid “Nozim Hikmat va O‘zbekiston”, “Hozirgi turk sheʼriyati” kabi bir qator kitoblari bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. Tarjimon sifatida turk tilidan […]

26.05.2024 | 06:24

img816

BOLALARNING BOBO NASHRI

Bolalarning sevimli nashri “Tong yulduzi” gazetasi bu yil 95 yoshga to‘ladi. 1929-yil 1-avgustda Samarqand shahrida “Lenin uchquni” nomi bilan chop etilgan mazkur gazeta 1992-yilga kelib “Tong yulduzi” nomi bilan chiqa boshlagan. Bu mo‘ysafid nashr qariyb bir asrlik tarixga ega. Poytaxtimizdagi Milliy kutubxonada “Tong yulduzi” gazetasining 95 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Tong yulduzi” yoritgan olam” […]

25.05.2024 | 14:57

img375

Bu yil davlat OTMlariga qabul ertaroq boshlanadi

Joriy yildan boshlab, abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtishi belgilab qoʻyildi.

25.05.2024 | 14:04

img547

Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi

Qadrli farzandlarim! Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mehribon ustozlaringiz va ota-onalaringiz sizlarga oq yo‘l tilab turgan mana shu qutlug‘ kunda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, siz […]

24.05.2024 | 21:43

img440

BURUNGI VA BUGUNGI JURNALISTIKA

Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi zarur, bu – zamon talabi, islohotlarimiz talabi. Shavkat MIRZIYOYEV Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi tarixiy qarori imzolanganiga shu yil 24-mayda 6 yil to‘ladi. Buyuk jadid bobomiz Abdulla Qodiriy ta’kidlaganiday, “moziyga qaytub ish ko‘rish xayrlikdir”. Biz ham so‘zni qaror […]

24.05.2024 | 20:29

img542

KATTA HAYOT OSTONASIDA•

Ertaga, 25-may kuni mamlakatimiz bo‘ylab 2023-2024-o‘quv yilining so‘nggi qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi. Bu yil yurtimizdagi 10163 ta maktabda 992 213 nafar o‘quvchi 9 va 11-sinfni bitiradi. Yil bo‘yi maktab ta’lim-tarbiyasini olgan bolalar bir yoshga ulg‘a­yib, yuqori sinfga o‘tishadi va yangi o‘quv yili oldidan kuch yig‘ish uchun yozgi ta’tilga chiqishadi. 11-sinf o‘quvchilari esa, bu yil yozgi ta’tilga emas, […]

24.05.2024 | 20:14

img752

“YURTDOSHIM, BOG‘INGGA BIR NIHOL QADA…”•

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov shoir, dramaturg, publitsist, tarjimon va jamoat arbobi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Bo‘stonliq tumanida shoir ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy festival qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik yo‘llagani ham Erkin Vohidov fenomeni ijtimoiy-ma’naviy hayotimizda naqadar muhim o‘ringa egaligini yaqqol ko‘rsatadi. U mumtoz adabiyotimiz an’analarini davom ettirib, betakror […]

24.05.2024 | 19:06

img705

Asosiy

ERKIN VOHIDOV IJODIGA BAG‘ISHLANGAN ADABIY FESTIVAL QATNASHCHILARIGA

Aziz yurtdoshlar! Muhtaram adiblar, qadrli yoshlarimiz! Avvalo, barchangizni elimizning suyukli farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodiga bagʻishlangan bugungi festival – oʻziga xos adabiyot va sanʼat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Maʼlumki, xalqimizning aql-zakovati va azmu shijoati bilan barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekistonda milliy adabiyot, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat […]

24.05.2024 | 11:18

img8187

CHO‘LPONNI ANGLASH YOXUD “QIZIL” TEGIRMON

Cho‘lponni shoir sifatida yaxshi taniymiz, ammo uning hayot yo‘li, shaxsiyati borasida nimalarni bilamiz? “Go‘zal” she’ri­ning qaysi “go‘zal”ga atalganini-chi? Yoki Turkistonning qanday qilib bosqinchilar oyog‘i ostida toptalgani, kimlar Toshkentni ikki million rublga sotgani haqidagi manbalar bilan tanish­misiz? Agar sizni bu borada asl haqiqatlar qiziqtirsa, taniqli yozuv­chi Nabi Jaloliddinning “Cho‘lpon” roman-dilogiyasini o‘qib chiqishni tavsiya qilgan bo‘lardim. To‘g‘risi, […]

22.05.2024 | 19:27

img830

Olis maktablarga “Ma’rifat ulashib”

Rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda turli mafkuralar oʻrtasida tobora jiddiy va ayovsiz kurash ketayotgani barchaga maʼlum. Shuni teran anglagan holda, yurtimizda ham oʻsib kelayotgan yosh-avlodni maʼrifatli, ilmli qilish, ularning qalbida ona Vatanga boʻlgan sadoqat hissini shakllantirish maqsadida turli loyiha, uchrashuv hamda davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-may sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi […]

22.05.2024 | 16:57

img449

JADIDLARNING MILLIY QO‘SHIN HAQIDAGI ORZUSI

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda milliy armiyani isloh qilish, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda armiya va xalq birligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-­harakatlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimini faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan mustahkam irodali yoshlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda. Ayni paytda mazkur yo‘nalish­dagi ishlar samaradorligi­ga bog‘­liq bo‘lgan ko‘plab […]

22.05.2024 | 13:29

img713

MA’NAVIY TARBIYA NAMUNASI

Atoqli adib Chingiz Aytmatov o‘z davrida iste’molga kiritgan “manqurt” obrazi o‘tmishini unutishga mahkum qilingan sovet mustamlaka xalqlarining ayrim toifasiga ishora bo‘lib, zamon­ning eng mudhish fojiasi sifatida talqin etilgan edi. O‘zining Jo‘lamon, otasi Do‘nanboy, aymog‘i naymanligini unutgan qahramonda qandoq qilib el-u yurt mehri, Vatanga sadoqat hissi bo‘lishi mumkin? U bor-yo‘g‘i xo‘jayini kabi boshiga kokil qo‘yishni-yu, to‘yib […]

22.05.2024 | 13:08

img499

YER MASALASIGA DOIR UCH VASIQA

Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1932-yili Toshkentda tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasining til va adabiyot bo‘limida professor vazifasida ishlayotganida bu ilm dargohining nufuzini ko‘tarish uchun filologiya sohasida kadrlar tayyorlashga katta ahamiyat berdi. Akademik Izzat Sultonning qayd etishicha, Fitrat uning “Navoiy “Mezon­ul-­avzon” asarining kritik teksti” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilgan. Shuningdek, u 1936-yili “Aruz haqida” ilmiy […]

21.05.2024 | 20:01

img464

MUSAVVIRONA IDROK

O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzo zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atida badiiy merosimizni faol o‘zlashtirib, yangi ifodaviy uslublar ustida ish olib bora­yotgan izlanuv­chan ijodkorlarimizdan biri hisoblanadi. Ustoz musavvirning grafika san’ati va rangtasvir sohasidagi izlanishlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ijodkor grafikaning o‘ziga xos jihatlarini juda nozik idrok etadi, chizgilar yordamida murakkab badiiy yechimlarga boy mustaqil asarlar yaratadi. Bunday […]

21.05.2024 | 11:56

img280

“SEZGILAR”

(Shoirlar to‘plamidan 4-bo‘lak) O‘rtoq Oybekning yigirma yetti she’ridan iborat asari bo‘lib, O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan 1927 nchi yilda bosilg‘on. Kitobning o‘zi – shoirning “So‘ng­gi hushyorlik” sarlavhasi bilan boshlanib, birinchi qarashda Oybekning “oltin qadahlar”dan bezgani, uning endi hushyor bo‘lishi va eskilikdan nafrat etgani ang­lashiladi. Uning ketidan kelgan she’rlar – bu tushun­chada yanglishmaganimizni isbot qildi. Aytib bo‘ladikim, 1926 […]

21.05.2024 | 10:35

img276

21-MAY – OXUNJON MADALIYEV TUGʻILGAN KUN

Oxunjon Madaliyev 1963-yil 21-may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Yangiarab qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985-yil Farg‘ona pedagogika institutining (hozirgi Farg‘ona davlat universiteti) musiqa fakultetini tamomlagan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiyevdan san’at sirlarini o‘rganib, 1989-yil “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsertini beradi. Madaliyev vafotiga qadar yuzlab qo‘shiq kuylagan bo‘lib, “Yolg‘iz ayol”, “Onamning duosi”, “Seni bugun ko‘rmasam […]

21.05.2024 | 10:17

img3874

OPOQI

“Opoqi” deb Farg‘onada bobo, Toshkentda yoshi katta ayolga nisbatan aytiladi. Shuningdek, shevalarda: opoyi, opog‘oyi, opog‘acha, opog‘dada kabi shakllari ham bo‘lib, ular: xola, amma, yanga, opa, buvi, bobo kabi ma’nolarga ega. Xo‘sh, bu tizimdagi atamalar nega ham erkak, ham ayol qarindoshlarga nisbatan ishlatiladi? Ularni umumlashtiruvchi “opo(g‘)-” qo‘shimchasi nimani bildiradi?  “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da “opog‘oyi//opoyi//opoqi” so‘zlariga umumiy […]

20.05.2024 | 05:40

img2173

MUALLIFLIK HUQUQI HAQIDA…

Yaqinda qirg‘izlarning “Jannat ona­­lar oyog‘i ostida” badiiy filmi o‘g‘­rincha telegram kanallarida tarqati­lishiga qarshi keng jamoatchilik o‘rinli tarzda e’tiroz bildirdi. Mualliflik huquqi himoya qilinishi kerak.  Ammo Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlariga kelganda nima uchundir merosxo‘rlari­ning haqli e’tiroziga qarshi borildi va “Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlari xalq mulki bo‘lishi kerak”, deya fikrlar bildirildi. O‘zbekistonda “Mualliflik huquqlari” degan tushuncha keng targ‘ib qilinishi […]

19.05.2024 | 22:46

img543

JADID KUTUBXONASI