KUTUBXONA
Muallif: admin
Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari taqdirlandi.
Tanlovda 1-oʻrinni olgan Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi Shahzodjon Otamurodovga Damas avtomobilining kaliti topshirildi. 2- va 3-oʻrinlarni egallagan talabalar ham pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi. Bular: 2-oʻrin – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ruxsora Imomova – 30 mln soʻm; 3-oʻrin – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi Dildora Yorbulova – 15 mln soʻm. Bir qator talaba yoshlar ham ragʻbatlantiruvchi […]
11.06.2024 | 13:54
456
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qurbon hayiti birinchi kuni yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
11.06.2024 | 11:05
530
Asosiy
SIZGA BERILGAN IMKONNI ASRANG!
Inson yoshi ulg‘aygan sari boshidan o‘tgan kunlar, voqea-hodisalarga xayolan bir-bir nazar tashlaydi. Biz kabi mo‘ysafidlar mustabid sovet tuzumining barcha ko‘rgiliklarini ko‘rdik, o‘sha adolatsiz muhitda yashadik, ishladik. O‘tgan kunlarimiz, tabiiyki, ortga qaytmaydi, o‘tmishga evriladi. Biz esa undan taqqoslar asosida mantiqiy xulosa chiqaramiz, kelajagimiz uchun fikr yuritamiz. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz debochasiga shaxsan Prezidentimizning taklifiga ko‘ra, uch ming yillik […]
10.06.2024 | 21:49
440
O‘KSUK KO‘NGIL
ZAGS1 xodimlari manim baxtimni qora yozdilar, Yozibon, boz ustig‘a tuflab pechotin bostilar. Hur degan, paykar degan ta’riflara tamshanmisham, Hol budur, makrin yo‘lida dam olar alvastilar. Itlanib oyga boqib solg‘on uvilloq dodima Necha Majnun chok yaqo aylab, aqldan ozdilar. Ko‘zyoshim daryo bo‘lib gulladi ribxo‘z2 necha, Markaziy Farg‘onada majbur kanallar qozdilar. Aliment qistab nafas oldirmas tun-kun Ali […]
10.06.2024 | 18:48
366
UCH BUYUK TIL YUZLASHGAN MAYDON
O‘zbek jadid adiblarining Fuzuliyga munosabati xususida -1- O‘zbek xalqi ma’naviyati tarixidagi eng muhim va dovruqli adabiy hodisalardan biri jamoaviy bo‘lib kitob o‘qish, o‘qilganlarini sharhlab, muhokama qilish bo‘lsa kerak. Zero, bunday mutolaalar sharofati bilan navoiyxonlik, bedilxonlik, fuzuliyxonlik, rumiyxonlik keng ommalashdi. Jadid ziyolilari davriga kelib, bu hodisa yozma shaklga kira boshladi. Ya’ni tarixda o‘tgan allomalarning asarlarini vaqtli […]
10.06.2024 | 18:41
668
BOZORLAR NEGA HUVULLAB QOLDI?
Bu haqda yozsam, batafsil to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Biroq men o‘zim guvohi bo‘lgan holatlarnigina yozmoqchiman. GURUCH BOZORIDA: Chet eldan vagonlab guruch olib kelishadi, ko‘rinishi “Lazer” naviga juda o‘xshab ketsa-da, ta’mi bemaza. Asosiy xaridori Xorazm guruchi bilan ulgurji savdo qiluvchilar. Ular toza navli “Lazer”ga soxtasini aralashtirib, asl nav deya iddao qilib, arzonroqqa pullashadi. Bu mening bilganim, bilmaganim […]
10.06.2024 | 18:23
508
SONIYALAR SO‘ROG‘I
Bahordan kech kuzgacha har kuni ertalab turib, torgina hovlimizdagi dasturxondekkina bog‘chada o‘sayotgan ekinlarga boqaman. Har kuni o‘zgaradi. O‘sadi. Ulg‘ayadi. Kechagina ko‘m-ko‘k bo‘lgan gilos qizara boshlaydi. Erta-indin qip-qizil bo‘lib pishadi. Kecha gullagan bodringcha bugun gugurt donasi bo‘yi bo‘lib qoladi. Besh-olti kun deganda uzadigan holatga keladi. O‘tgan hafta kechpishar husayniga ertapishar Namangan chillakisini payvand qilgan edim. Bugun […]
10.06.2024 | 17:49
310
MIRTEMIR, O‘zbekiston xalq shoiri
* * * Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha Xalqim deb o‘ldim. Xalqim nima bo‘lsa, men o‘sha bo‘ldim, Yuragim, bo‘g‘ilma, o‘rtanma buncha! O‘zimga xiyonat qildim-u aksar, Xalqimga xiyonat o‘ylaganim yo‘q. Mening yuragimni teshib o‘tdilar Xalqimga otilgan talay-talay o‘q. Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim, Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. Faryod solar chog‘da jim bo‘la oldim, Xalqim dardi edi […]
10.06.2024 | 12:28
645
Asosiy
AVLONIYNING EVARASI
O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek Milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisasi Gavhar Zokirova bilan suhbatlashar ekanman, tariximizning ochilmagan qirralari ko‘pligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Gavhar opa o‘zining katta bobosi, atoqli ma’rifatparvar, o‘zbek teatrining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy haqida bilganlarini katta hayajon bilan so‘zladi. Yonib turgan ko‘zlari, samimiy nigohlari, to‘lqinli ovozi uning bobosi va u qoldirgan […]
09.06.2024 | 17:49
997
CHECHAN SHOIR
Mirtemir o‘zbeklarga xos ma’naviy-ruhiy sifatlarni favqulodda sof holda o‘zida saqlay bilganligi hamda bu holni ijodida yorqin namoyon etganligi bilan ajralib turadi. U o‘zbek mumtoz adabiyotidan ham, jahon she’riyatidan ham yaxshi xabardor edi. Ammo o‘zbekka xos xususiyatlarni xalqona yo‘sinda ifodalay olish Mirtemir she’riyatining bosh belgisi hisoblanadi. Shoirning fikrlash tarzi ham, olamni obrazli idrok etish yo‘sini ham […]
09.06.2024 | 08:23
614
MIRTEMIRNI TUSHUNISH
Men, ayniqsa, Mirtemirning til boyligi haqida alohida to‘xtalib o‘tgim keladi. U xalq iboralari, so‘z boyligi, xususan, o‘simliklar, hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, jihozlar va etnografiyaga oid shu qadar ko‘p turkiy so‘zlar ishlatadiki, ularning ko‘pchiligi, ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da yo‘q. Bu lug‘atda o‘zbeklar ishlatmaydigan va tushunmaydigan arab-fors so‘zlari tiqilib yotgani holda, nima uchun Mirtemirning o‘zbeklarga tushunarli […]
08.06.2024 | 10:52
358
KO‘NGILCHANLIK
Mirtemir domla o‘ta ko‘ngilchan inson edilar. Bir kuni nashriyotning uzun yo‘lagidan bir odam domlaga qarab: “E, bormisiz, sizni ham ko‘radigan kun bor ekan-ku”, deya quchoq ochib kela boshladi. Domla u bilan xush kayfiyatda qadrdonlarcha quchoqlashib ko‘rishdilar. Obdon chaqchaqlashib bo‘lishgach, yana quchoqlashib xayrlashdilar. Eshikkacha kuzatib qaytgach, bizdan so‘radilar: – U odam kim? Hammamiz hayron bo‘ldik: – […]
08.06.2024 | 08:57
518
Asosiy
MA’NAVIYAT TANTANASI, ADOLAT G‘ALABASI
Bundan ikki yil burun “Buxoronoma” gazetasida taniqli tarixchi olim Sulaymon Inoyatovning jadid ma’rifatparvari Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev qismati haqidagi maqolasi e’lon qilingan, undagi bir lavha tahririyat xodimlari va ko‘p sonli muxlislar qalbini o‘rtagan edi… Maqolada Usmonxo‘janing farzandi, hozirda xorijda yashab, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan professor Temur Xo‘jao‘g‘lining Buxoroga tashrifi chog‘ida ota uyida (o‘sha paytlarda bu uy mehmonxonaga aylantirilgan […]
07.06.2024 | 20:35
410
TARJIMA – DILLAR PAYVANDI
Badiiy adabiyotning eng ulkan sohalaridan biri, shubhasiz, tarjima san’atidir. Garchand tarjima tarixi olis davrlarga borib taqalsa-da, bugun o‘zaro yaqin va ayni damda turli til oilasiga mansub lahjalardan tarjima qilish an’anasi davom etmoqda. Dunyodagi eng go‘zal, e’tiborli, barchaning qalbidan birdek o‘rin ola biladigan asarlar tarjimasi bilan tillar tabiatini chuqur biladigan mutaxassis – tarjimonlar shug‘ullanadi. Tarjimon – […]
07.06.2024 | 17:16
513
7-IYUNDA TAVALLUD TOPGANLAR:
Neʼmat Arslon 1941-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasi yaqinidagi Takiya qishlogʻida dunyoga kelgan. “Mahmasharif xabardor”, “Ayol suvratiga chizgilar”, “Bir yigitning xayoli”, “Quyoshning koʻz yoshlari”, “Dengizda suzardi bir kema”, “Kafolat”, “Qoʻmondon” kabi asarlar muallifi. Adibning ikkinchi kitobi “Ayol suvratiga chizgilar” deb nomlandi. Bu kitobga “Muhabbat oʻyini”, “Osmonning boʻyogʻi”, “Aravakash”, “Oqqanotli kapalak”, “Enaga”, “Bugʻdoyzorda”, […]
06.06.2024 | 20:05
304
7-IYUN – O‘RXON PAMUQ TUG‘ILGAN KUN
Farit Oʻrxon Pamuq 1952-yil 7-iyunda Istanbul shahrining Nishontoshi tumanida dunyoga keldi. Ota avlodi oppoq lo‘ppi yuzli bo‘lganlari uchun odamlar ularga “Pamuqlar” deb laqab qo‘yishgan (“pamuq”- “paxta” degani), keyin ular bu laqabni o‘zlariga familiya qilib olishgan. U 1985-1988-yillarda Yava universitetida dunyo yozuvchilarining AQSh hayotini o‘rganishlari va kitob yoza oladigan bir holga erishishlariga imkon beradigan kursni bitirdi […]
06.06.2024 | 18:55
584
AVLODLARGA IBRAT BO‘LMOQ SAODATI
Soch-soqoli oqargan, hayotning achchiq-chuchugiga rosa to‘ygan, sinovlarning baridan iymoni mustahkamlangan holda o‘tgan kishilardan biri sifatida so‘nggi haftalarda internetning o‘zbek kesimini band qilib kelayotgan shov-shuv bahonasida ayrim fikrlarimni bildirishni lozim topdim. Balki, kimgadir nafi tegib qolar. O‘zbek afkor ommasini mamlakatning taqdiri yoki Yer yuzida hayotga xavf solayotgan voqealar emas, jamiyat oldida turgan o‘tkir muammolar emas, taniqli […]
06.06.2024 | 17:50
292
6-IYUN – ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN TUGʻILGAN KUN
Rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyun Moskvada dunyoga keldi. Pushkinning “Boris Godunov”, “Dubrovskiy”, “Kavkaz asiri” asarlarini Choʻlpon, “Yevgeniy Onegin” asarini Oybek, “Boqchasaroy fontani” asarini Usmon Nosir, “Kapitan qizi” asarini Abdulla Qahhor, “Ruslan va Lyudmila” asarini Mirtemir o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat rus adabiyoti, balki musiqa, […]
05.06.2024 | 19:33
1030
“HAR O‘ZBEKKA AYTAR GAPIM BOR”
shoir va tarjimon Endryu Stenilend bilan suhbat Endryu Stenilend 1959-yilda Angliyaning Sheffild shahrida tug‘ilgan. Durhem universitetida siyosat bo‘yicha tahsil olgan. Shoirning “To‘rt pyesa”, “Uch kino-she’r”, “Yorug‘lik vazni”, “Ruhiyat chiroyi”, “Yangi she’rlar”, “So‘nmas she’riyat”, “O‘ynoqi she’rlar”, “Tanishuv xatlari”, “Gurjiston bayozi” kabi she’riy to‘plamlari, mansura-romanlari mavjud. Stenilend O‘zbekistonga ilk sayohatidan so‘ng mumtoz va zamonaviy o‘zbek she’riyatidan tarjimalar […]
05.06.2024 | 17:29
493
FAYZULLA SULTONOV – “KATTA TERROR” QURBONI
Akademik yozuvchi Komil Yashin o‘zining 1989-yili nashr etilgan “Yodnoma” xotira kitobida shunday yozgan: “Mirkomilboyga qarashli keng-ko‘lam hovlida dehqon yoshlarga atalgan maktab ochildi. Ko‘p o‘tmay meni o‘sha maktabda dars berishga taklif etishdi. Yo‘q demadim. Bu maktabda taniqli olim va dramaturg Izzat Sultonning akasi Fayzulla Sultonov ham ishlardi. U kishi bilan juda inoqlashib ketdik. O‘zi ham juda […]
05.06.2024 | 16:49
481
5-IYUN – FEDERIKO GARSIA LORKA TUG‘ILGAN KUN
Ispan shoiri va dramaturgi Federiko Garsia Lorka “Qo‘shiqlar”, “Lo‘lilar romanserosi” kabi asarlarida og‘ir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdo‘stlik va xayrixohlik tuyg‘ularni kuchli va yorqin ifoda etgan. “Shoir Nyu-Yorkda” she’rlar to‘plami, “Ajoyib kavushdo‘z ayol”, “Qonli to‘y” qahramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Shoirning “Ispan jandarmlari haqida romans”, “Gitara”, […]
05.06.2024 | 08:05
513