KUTUBXONA
Muallif: admin
TA’SIRCHAN TARG‘IBOT ZARURATI
Ma’naviy targ‘ibot shunchaki oyog‘i yerdan uzilgan, umumiy, hamma biladigan gaplardan iborat masala emas. Uning turlarini odamlarning axborotni qanday yo‘llar bilan qabul qilishidan kelib chiqib belgilaymiz: a) vizuallar – axborotning katta qismini ko‘rish orqali qabul qiluvchilar. Bular juda-juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Xalqimiz bekorga: “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal”, demaydi; b) audiollar – axborotning asosiy […]
09.01.2025 | 10:27
1000
9-yanvar kuni tavallud topganlar
Azimboy Saʼdullayev – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;Nasrullo Sohibnazarov – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi.
09.01.2025 | 09:35
406
“VATANIY ISH…”
Jadid bobomiz Is’hoqxon Ibratning “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, degan so‘zlari bugun, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etgan. Darhaqiqat, o‘z ona tilini cheksiz hurmat qilgan millatgina o‘zgalarning ham tiliga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. […]
08.01.2025 | 18:06
565
Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning yuz yili” romanidan iqtiboslar
“Yolgʻizlikning yuz yili” – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilinish boʻyicha Migel Servantesning “Don Kixot”idan keyingi oʻrinda turadi. Roman “moʻjizaviy realizm” deb nomlangan yoʻnalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday koʻrsatiladi. Menga hozir ikkovimizning tirik […]
08.01.2025 | 16:50
1286
“TARAQQIY” GAZETASI
“O‘rta Osiyoning umr guzorligi gazetasi Taraqqiy”dan Turkiston ahlisining ixlos qaytgach, u chiqishdan to‘xtashga majbur bo‘ladi. Shundan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan jadidlar ustalik bilan foydalanadilar. Xususan, Munavvarqori mazkur gazetaning myayyan zaxiralari zaminida mahalliy aholining manfaatlarini himoya qila oladigan davriy nashrga ega bo‘lish uchun qattiq harakat qiladi. Chunki, u I.Geyer chiqarayotgan “O‘rta Osiyoning umr guzorligi gazetasi Taraqqiy”ning […]
08.01.2025 | 15:00
1929
Olimlar dunyo xaritasi 250 million yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini taxmin qildi
Yer yuzasidagi tektonik plitalar harakati zilzilalar, tog‘ tizmalarining paydo bo‘lishi va qit’alarning sayyora bo‘ylab asta-sekin siljishiga sabab bo‘ladi. Millionlab yillar davomida bu jarayonlar quruqlik massalarining to‘qnashuviga, ajralishiga va qayta birlashishiga olib keladi, natijada olimlar superkontinentlar deb ataydigan hodisa yuzaga keladi. Chorak milliard yil keyingi qit’alarning aniq joylashuvini bashorat qilish oson vazifa emas. Litosfera plitalarining harakat […]
08.01.2025 | 14:15
1141
SHABADA (hikoya)
Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi.Tog‘asi Komronni yomon izza qildi. – Hayotda noshukrlikdan yomon narsa yo‘q, – dedi u avvaliga muloyimlik bilan, lekin bu muloyimlik-vazminlik portlash arafasidagi sokinlik ekani tog‘aning fe’lini biladiganlar uchun yangilik emas edi. Komron ham […]
08.01.2025 | 12:50
513
NISHONPAZLIK VASVASASI yoxud el tanimagan “jahongashta adiblar”
Tanishim qishloq xo‘jalik xodimlari bayramida “Ilg‘or tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganidan xabar topib, uni qutladim. Bu inson ko‘p yillardan buyon moʻjazgina tomorqasidagi issiqxonada turli ko‘kat-u sabzavotlar yetishtirib, oilasini boqadi. Ta’rifi qishlog‘idan chiqmagan odam… Gap ohangida ozroq iymanish ham seziladi: “Men… o‘z oilam uchun ishlasam… bu yoqda hokim buva ko‘pchilik orasida minbarga chaqirib, ko‘ksimga nishon taqib […]
08.01.2025 | 09:39
310
8-yanvar kuni tavallud topganlar
Anvar Obidjon – O‘zbekiston xalq shoiri;Xurshid Do‘stmuhammad – yozuvchi va jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
08.01.2025 | 09:10
487
SATIRA
Turli illatlarni ayovsiz kulgi orqali fosh etish satira deb ataladi. Bu so‘z lotincha «satur» – «to‘q, to‘yingan, qurama» so‘zlaridan kelib chiqqan. Dastlab satira turli xil tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan taom, ya’ni aralashma ma’nosini anglatgan. Keyinchalik Qadimgi Rimda «tartibsiz» mazmundagi qo‘shiqlar, masxara tarzida ijro etiladigan to‘qima she’rlar va so‘z o‘yinlari shu nom bilan atala boshlangan. Eng […]
07.01.2025 | 17:19
987
Asosiy
KIM NIMANI YAXSHI KO‘RAR?
Ehtimol, bizning xalq ilm-u ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish. Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko’rurlar. Ulamolarimiz dars-u ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni […]
07.01.2025 | 15:22
558
TOMOSHOG‘A BORMOQ VA TOMOSHO BO‘LMASLIQ ZIKRIDA
Ey, farzand, bu kun archa bayram bahonayi sabab senga tomosho va uning madaniyati va zavq-u zarofati va shavq-u sharofati va taft-u tarovati va husn-u halovati xususinda bir shingil nasihat bor. Magar ushbu pandlarim bir qulog‘ingdin kirib, ikkinchisidin chiqar bo‘lsa, fahm-u farosating ham zehn-u zakovating ham xulq-u hamiyating qasriga falokat bor. Eng avvalo, tomosho tanlashni bilg‘il. […]
07.01.2025 | 14:53
334
Alisher Navoiy zamonida qanday xalq tomoshalari mavjud bo‘lgan?
Alisher Navoiy zamonida tomoshalar xilma-xil bo‘lgan. Shulardan katta maydonlarda (saylgoh, shoxko‘cha, zo‘rxona, registon kabi) o‘tadigan uloq, poyga, chavgon, dor o‘yin, kurash, qo‘lda o‘rgatilgan hayvonlarni o‘ynatish singari tomoshalar alohida bir turkumni tashkil etadi. Hozirgi atamalarni ishlatadigan bo‘lsak, bular sport va sirkka mansub tomoshalardir. Bulardan tashqari yana ikki turkum tomoshalar bo‘lgan: bir kishi tomonidan ko‘rsatiladigan tomoshalar (taqlid, […]
07.01.2025 | 13:27
706
Asosiy
XUN EVAZIGA KELTIRILGAN QO‘LYOZMA yoxud “g‘alati mashhur”lardan biri xususida
Haq da’vosidagi yolg‘on Xuddi rost so‘zdek xalqning inonchiga aylanib qolgan yolg‘onlarga nisbatan qo‘llanadigan “g‘alati mashhur” degan ibora bor. Bu ibora ko‘pincha taniqli shaxslar va tarixiy voqea-hodisalarga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar, mish-mishlarning omma orasida keng yoyilib, haqiqat to‘nini kiyishiga nisbatan qo‘llaniladi. Qalamga olmoqchi bo‘lganimiz ilmiy muammo ham ana shunday “g‘alati mashhur”lardan. Masalaga teranroq nazar solish uchun ilmiy […]
07.01.2025 | 12:02
635
JOZIBADOR SAYYOHLIK MARKAZI
2024-yil davomida O‘zbekistonga jami 8,6 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Ko‘rsatilgan turizm xizmatlari eksporti 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobarga o‘sdi. Sayyohlarning o‘rtacha xarajatlari 2022-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi. Ma’lumki, Buxoro noyob tarixiy obidalari, me’moriy ansambllari va ko‘p asrlik madaniyati bilan mashhur. Qadimiy shahar YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti […]
07.01.2025 | 09:41
377
“Jadid” gazetasiga tabriklar
Muhammad AHMEDOV,O‘zbekiston Qahramoni “DEHQONKI, DONA SOCHAR…” Asli, bolaligimdan yer bilan tillashib kelyapman, umrim tuproq kechib o‘tmoqda. Bitta bug‘doy, bitta chigit uchun yer tishlab, loy changallagan davrlarimiz bo‘ldi. Lekin bugun noroziligim yo‘q. Mehnatimdan rizq keldi, elga tanildim. Shu kunlari bolalikda o‘qiganim hazrat Navoiyning so‘zlari tez-tez yodimga tushadigan bo‘lib qolgan: “Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bila rizq […]
06.01.2025 | 16:13
533
London Qirollik kolleji san’at va madaniyat menejmenti magistratura talabasi hayotidan bir kun
Qirollik kollejida san’at va madaniyat menejmenti bo‘yicha magistratura talabasi bo‘lish nafaqat o‘qish va bilim olish imkonini beradi, balki London bo‘ylab tashkil etilgan barcha qiziqarli tadbirlarga ham bemalol tashrif buyurishga zamin hozirlaydi. Ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlarMagistratura talabasi sifatida, mening o‘quv kursim hafta davomida o‘tkaziladigan ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Darslarim odatda Temple stansiyasidan 5 daqiqalik […]
06.01.2025 | 15:51
404
“Jadid” gazetasi xodimlari Markaziy harbiy okrugda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Jadid” gazetasining bir guruh xodimlari Markaziy harbiy okrugda bo‘lib, 13-060 harbiy qismdagi serjantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tashrif davomida milliy armiyamiz tarixi, buyuk sarkardalarimizning hayot yo‘li, ma’rifatparvar jadidlarimiz haqida ma’lumot beruvchi zamonaviy muzey Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining Samarqand mintaqa bo‘limi a’zolarida iliq taassurot uyg‘otdi. Shundan so‘ng okrug […]
06.01.2025 | 15:17
365
EL SALOMAT – KO‘NGIL TINCH
Insoniy qadriyatlar moliyaviy va maishiy farovonlik bilangina o‘lchanmaydi. Kishi jismonan sog‘lom bo‘lmasa, moddiy boylik hayotning haqiqiy mohiyatini yashiradigan tashqi qobiq bo‘lib qolaveradi. Shu jihatdan har bir ijtimoiy shaxs salomatligi nafaqat uning o‘zi, balki u yashayotgan davlat uchun ham muhimdir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar boshidayoq ilk e’tibor tibbiyot sohasiga qaratilgani ham bejizga emas, albatta. […]
06.01.2025 | 13:46
484
Iste’dodli haykaltarosh Artur Rajabov ijodiy ishlari bilan tanishing
Artur Rajabov 1995-yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tug‘ilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini haykaltaroshlik yo‘nalishini tamomlagan. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. Jadidchilik harakati namoyandasi, shoir Abdulhamid Cho‘lpon haykali Shoir Usmon Nosir byusti Polshalik xonanda Anna German byusti Anna German byusti Oʻzbekiston xalq artisti Olim Xo‘jayev monumenti Oʻzbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev monumenti […]
06.01.2025 | 13:16
884
YASHIL BOG‘LAR – KO‘NGILNI CHOG‘LAR
Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan biri – havo. Odamzod kislorodsiz atigi 2–5 daqiqa yashashi mumkin, xolos. Shunday ekan, dov-daraxtlar, hayotbaxsh gulzorlar, qisqa aytganda, musaffo havo – tirikligimiz manbayi. Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilayotgani ortida inson qadri masalasi turibdi. Hayotiy ehtiyoj Bugungi globallashuv, aholi, sanoat korxonalari ko‘paygan, tabiiy resurslarga putur yetkazilayotgan bir sharoitda […]
06.01.2025 | 09:24
676