Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

SUV – TIRIK JON OZIGʻI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli qirq foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi. 2025-yilda sayyoramiz aholisining har o‘ntasidan oltitasi yoki 5 yarim milliard aholi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. Bugungi kunda ko‘payib borayotgan yuqumli kasalliklarning 80 foizidan ortig‘i aynan ichimlik suvi sifatining pastligi, sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq, deyishmoqda mutaxassislar. Shubhasiz, dunyo […]

04.01.2025 | 15:45

img534

BEHUDA BAHS NE KERAK?

Har safar dekabr oyi oxirlayversa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bo‘lgan yurtdoshlarimiz ikki guruhga bo‘linib, ko‘hna bir bahsga kirisha ketadi: Yangi yil bayramini nishonlash joizmi yoki yo‘q? Tarmoqda o‘zidan “fatvo beruvchi” yasab olgan, lekin real hayotda tahorat olishni ham bilmaydigan “internet shayx”larining hukmnamo chiqishlari bayram mushaklaridek potirlab ketadi. Haqiqiy ilm ahlidan bu borada so‘ralganda, ular bu bayramning […]

04.01.2025 | 13:33

img388

UMR SOATLARI

“Chiq-chiq” deydi soat “11”gaimo qilib mo‘ylovi bilan,to‘n bichadi har kim umrgao‘z qarichi – o‘ylovi bilan.Osmon esa yum-yumaloq vaqt,har soati uning – bir muchal –davra qurib, yillar betoqatajdar, asov ot bo‘lib uchar.Uzun tashlab qo‘yadi birdayvaqt arqonni. Kimga baxt kular –osmonlardan muloyim qordayyog‘adi oq-oppoq orzular;kimga esa aksi omadning,tun qop-qora tomchi tuyilar,har lahzasi garchi hayotningoltin yombi bo‘lib quyilar.Umr […]

04.01.2025 | 10:30

img454

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident Qarori e’lon qilindi

Vatanimiz tarixida g‘oyat murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi hisoblanadi. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etgan […]

04.01.2025 | 09:55

img1198

Yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov tavallud topgan kun

Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini tamomlagan. Adib yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G varianti” (1981), “G‘urur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”, “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski […]

04.01.2025 | 09:34

img1075

JADIDONA SO‘Z DOVRUGʻI

“Jadid” gazetasi bir yil davomida o‘z o‘quvchilarining qo‘liga va qalbiga yetib bordi. Uning sahifalarida chop etilgan juda ko‘plab manbalar O‘zbekistonning yaqin tarixidagi eng qiziq, eng murakkab va shonli jadidlik harakatining mazmun-mohiyatini o‘zida ifoda etdi. To‘g‘risi, jadidlik harakati, xususan, jadid adabiyoti mutaxassislar tomonidan bir asrdan beri o‘rganib kelinadi. Sobiq tuzum zamonidagi tadqiqotlarda ularga turlicha yondashuvlar bo‘ldi. […]

03.01.2025 | 16:12

img383

Asosiy

QODIRIYNING SO‘NGGI ILTIJOSI

Adib hayotining o‘qilmagan sahifalari Ulkan so‘z san’atkori Qodiriy 1937-yil 31-dekabrda hibsga olinganidan so‘ng, to 1956-yilga qadar, salkam yigirma yil davomida, uning tabarruk nomini tilga olish imkoni bo‘lmadi, faqat adibning o‘zi emas, asarlari ham qatag‘on qahriga uchrab, bu buyuk zot ijodiy merosi, qismati haqidagi bor haqiqat sir saqlandi. Mustabid hukmdor vafotidan so‘ng, ayniqsa, ellik oltinchi yili, […]

03.01.2025 | 11:37

img1350

Asosiy

BORLIQ – BASHARIYAT MULKI. UNI ASRASH UCHUN HAR BIRIMIZ MAS’ULMIZ

Taniqli ekojurnalist Nargis Qosimova bilan suhbat – Nargis opa, keling, suhbatimizni ekojurnalistika sohasiga kirib kelishingizdan boshlaymiz. Ayting-chi, nega aynan shu sohani tanlagansiz va ekojurnalistikani bugungi kun uchun qanchalik muhim deb bilasiz? – Bolaligimdan uy hayvonlarini, qushlar va daraxtlarni juda yaxshi ko‘raman. Bir men emas, oila a’zolarimizning hammasi jonivorparvar edi. Biz ko‘chada jarohatlangan it, mushuk bormi, […]

03.01.2025 | 08:57

img424

3-yanvar kuni tavallud topganlar

Umarali Normatov – adabiyotshunos, tanqidchi;Yoqub Ahmedov – Oʻzbekiston xalq artisti.

03.01.2025 | 08:33

img710

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini yangi – 2025-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Jahondagi murakkab vaziyatga qaramasdan, o‘tayotgan yil mamlakatimiz uchun qutli va barakali bo‘ldi. Buning uchun har qancha shukrona aytsak, arziydi. Mehnatkash xalqimizning fidokorona mehnati, siyosiy-ijtimoiy faolligi bilan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi real voqelikka aylanmoqda. Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar […]

01.01.2025 | 00:00

img649

MAQBUL TOSHOTAR…

Qadim rivoyatlarda aytilishicha, Ayoz ismli bir qulga Sultonning mehri tushib, unga juda katta ishonch bildiradi. Hatto Ayozni vazir etib tayinlaydi. Besh-olti kun saroy a’yonlaridan biri: “Ayoz ketadi, uyiga borib yotadi. Buni bir poylay-chi, uyida nima ish qilar ekan”, deb o‘ylab, uni kuzatibdi. Ayoz uyiga borgandan keyin, vazirlik libosini avaylab yechib, sandiqqa solib, sholi poxolga chalqancha […]

28.12.2024 | 11:59

img462

QANDAY ZO‘R USTOZIM BOR EDI

Qanday zo‘r ustozim bor edi, do‘stlar,Kibr-u havo, g‘iybat begona edi.Durga aylanardi u tutgan so‘zlar,Erkin Vohid edi – yagona edi. Salomlar yo‘llardi turli davralar,Ertaga ustozga aytaman, derdim.Bir kun imkon bo‘lsa, ishdan ketib, shartYoniga butunlay qaytaman derdim. Siz ko‘rganmidingiz u zotni, do‘stlar,Siz ham kitoblarin izlarmidingiz?Sinchkov ko‘zlariga tushganda ko‘zlarHazrat Navoiyni eslarmidingiz? G‘o‘rman-da, o‘taman g‘o‘raligimcha,El mehrin ustozga so‘ylamabman ham.Tasavvur […]

28.12.2024 | 10:27

img448

O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavallud topgan kun

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Toshqo‘rg‘on ko‘chasida tavallud topgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan. Uning o‘ttizdan ortiq nazmiy asarlari chop etilgan. Shuningdek, Gyotening «Faust» asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashrdan chiqqan. Erkin Vohidov dramaturg sifatida «Istanbul fojiasi», «Oltin devor» asarlari muallifi […]

28.12.2024 | 09:00

img1041

Asosiy

“JADIDLAR MEROSIGA MEHRIM O‘ZGACHA”

Yaponiyalik taniqli jadidshunos olim Hisao Komatsu bilan suhbat – O‘zbek adabiy-ilmiy muhiti, xususan, jadid adabiyoti tadqiqotchilariga Hisao Komatsu ismi sharifi yaxshi tanish. Siz o‘tgan asrning 20-yillarida o‘lkamizda hukm surgan adabiy-madaniy muhit hamda vaqtli matbuot rivoji ustida jiddiy tadqiqotlar olib borgansiz. Yaponiyada o‘zbek adabiyotining shunday kuyunchak tadqiqotchi va targ‘ibotchisi borligidan juda xursandmiz. Ayting-chi, siz o‘zbek tili […]

27.12.2024 | 16:18

img771

«Qorga burkangan shahar». O‘rxun Pamuk kundaligidan

Ushbu kitob markazida kundalikka yozish va rasm chizishni boshlashimdan oldin ko‘rgan tushim yotadi. Tushning ba’zi qismlarini tushunishga muvaffaq bo‘ldim, lekin boshqalarini hali-hanuz anglolmayapman. Xuddi derazamdan tashqaridagi manzarani kuzatayotgandek, tushning qanday kechayotganini kuzatib turgandim, to‘satdan qo‘rqib uyg‘onib ketdim… Bu tush manzarasini tushunishimga yordam berish uchun ushbu kitobning rasmli sahifalarini xronologik tartibda emas, balki hissiy ketma-ketlikda joylashtirdim. […]

27.12.2024 | 13:16

img413

Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” qissasidan iqtiboslar

Dunyo miqyosida mashhur adib, ‌‎“Nobel” mukofoti ‎sovrindori Ernest Hemingueyning “Chol va ‎dengiz” qissasida insonning ulugʻligi, undagi iroda va matonat, ‎oqillik ‎va azm-u qaroridan ogʻishmaslik oʻzgacha talqinda aks etgan.‎ Mening zangsoatim — qarilik. Qariyalar nega buncha erta uyg‘onadilar? Ehtimol, hech bo‘lmaganda kunini biroz cho‘zish niyatidadir? Hozir o‘zingda yo‘q narsa haqda o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi bor narsa bilan […]

27.12.2024 | 12:52

img1612

NЕGA SHOIRLAR DЕVONA BO‘LADILAR?

Cho‘lpon so‘zi bilan ishi doimo bir bo‘lgan odamlar toifasiga kiradi. U bir yilning o‘zida bir millat tomonidan qilingan ikki inqilob va’da etgan ozodlik g‘oyasiga chin dildan ishongan va unga behad umid bog‘lagan sof ko‘ngilli millim ziyolilardan edi. Qanchalar orzu qilgan edi va qanchalar kutgan edi bu xalqlarga ijtimoiy ozodlikni! Bugun Cho‘lponning barcha asarlarini diqqatimizni qo‘yib […]

27.12.2024 | 11:25

img701

YANGI ZAMON TARJIMACHILIGI HAQIDA

Tili mustaqil bo‘lmagan mamlakat ko‘p axborotni boshqa tildan oladi, oqibatda ularning dunyoqarashi ta’siriga beixtiyor tushib qoladi. Yigirma birinchi asr tarjimachiligi avvalgi davrdagidan talay jihatlariga ko‘ra farq qiladi. Bu tafovut, avvalo, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi mustahkamlanganligida, asarlarni dunyoning ko‘pgina tillaridan bevosita o‘girishga o‘tilganida va mutarjimlar sonining ko‘payganida ko‘rinadi. Nisbatan qisqa bir zamonda bizda turk […]

27.12.2024 | 09:45

img533

27-dekabr – yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻafurov tavallud topgan kun

Ibrohim G‘afurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. «Goʻzallikning olmos qirralari» (1964) «Unutilmagan bogʻ» (1965), «Joziba» (1970), «Yonar soʻz» (1973), «Yam-yashil daraxt» (1976), «Yurak-alanga» (1980). «Lirikaning yuragi» (1982), «Sheʻriyat – izlanish demak» (1984), «Oʻttiz yil izhori» (1987), «Dil erkinligi» (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar mualliflik qilgan. Jahon adabiyotida […]

27.12.2024 | 09:34

img570

Asosiy

NOSHIRNING DARDINI KIM ESHITADI?

“Jadid”ga rahmat, ko‘ngildagi gapni ko‘taribdi. Muallif Ikrom Bo‘riboyevning “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” nomli tahliliy maqolasi yosh avlodning mutolaaga munosabati borasidagi tushkun xulosalarga dadil javob olish imkonini bergan. Ishonchim komilki, bu maqola men singari boshqa noshirlarni ham o‘yga solgani aniq. Mutolaa bilan kifoyalanish ham mumkin edi. Ammo, maqola bahona, ancha yillardan beri jamoatchilikning, mutasaddi tashkilotlar va noshirlarning […]

26.12.2024 | 13:58

img602

Sharof Boshbekovning «Yer baribir aylanaveradi» pyesasidan iqtiboslar

Asarda bugungi kunning qahramoni, ortidan halqni ergashtira oluvchi, xalqni dardi bilan yashay oladigan rahbarning xarakteri, uning iztirob va orzulari ochib berilgan. Bu yerda hech kim shoshmaydi, bu yerda shoshiltirishadi! Odam o‘zini tanitish uchun minbarlarda shaqillab turishi kerak. Indamay o‘tirgan odam, birinchidan, aqlli ko‘rinadi, ikkinchidan, uzo-oq yashaydi. Kechirasiz, poraxo‘rlik bilan qanday kurashmoqchisiz? Qo‘lini kestirasizmi?.. Unda dunyoni […]

26.12.2024 | 12:03

img769

JADID KUTUBXONASI