KUTUBXONA
Muallif: admin
SO‘Z MUSAVVIRI
Taniqli yozuvchi Sobir Oʻnarning “Tanlangan asarlar” kitobi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etildi. Unga adibning qissa va hikoyalari kiritilgan boʻlib, saylanmada oʻziga xos jozibali tilda bitilgan hikoyalar ustuvorlik qiladi. Kitobda yana bir jihat oʻquvchi e’tiborini tortishi aniq, ya’ni asarlarda ijtimoiylik bilan bir qatorda ma’naviy, oilaviy, axloqiy va sevgi-muhabbat kabi muhim va eskirmas mavzularga ham keng urgʻu […]
01.11.2024 | 13:12
317
Asosiy
TARAQQIYOTNING QO‘SH QANOTI
Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab barcha oliy va oʻrta ta’lim dargohlarida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar hamda publitsistlar ishtirokida adabiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida uyushtirilayotgan mazkur loyiha navqiron avlod vakillarini milliy adabiyotimiz, bebaho qadriyatlarimiz va shonli tariximiz […]
01.11.2024 | 12:16
507
BUGUNGI VATAN TAYANCHLARI — ERTANGI YURT USTUNLARI
Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklar”i, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik tariqati”, Bobur Mirzoning “Boburnoma” asarlari va boshqa koʻplab nodir manbalarda chin farzand, Vatan himoyachisi, oila davomchisi, sha’n va sharaf himoyachisi qanday sifatlarga ega boʻlishi lozimligi haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladiki, bu bizga farzand tarbiyasidagi nozik chegaralarni eslatib turadi. […]
01.11.2024 | 11:56
801
Asosiy
Nechta xotinga uylanish mumkin?
Albatta, ba’zi hurmatli o‘quvchilarimiz darrov bittadan to‘rttagacha xotin olish shariat bo‘yicha joiz deb javob beradilar. Biroz sabr qilinglar, deyman ularga. Bu savolning javobi unchalik ham oson emas. Yuqorida zikr etgan edimki, odamlar avval oila shaklida jam bo‘ladilar va bir necha oiladan bir qavm paydo bo‘ladi. Ma’lumki, bir qavmning har bir oilasi saodatli va baxtli bo‘lmasalar, […]
31.10.2024 | 14:43
2414
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanidan iqtiboslar
«Kecha va kunduz» romanining faqat «Kecha» qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon «Kunduz» qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Asarda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi. Har yil bir […]
31.10.2024 | 12:21
6112
O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon tavallud topgan kun
Ubaydulla Omon 1948-yilning 31-oktyabrida Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati instituti va Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tugatgan. Hozirga qadar 80 dan ortiq oʻzbek va xorij filmlarida suratga tushib, qator obrazlarni talqin etgan.
31.10.2024 | 10:46
954
“QALB KO‘ZI BILAN KO‘RAMAN DUNYONI”
Yaxshi kitob insonning nafaqat badiiy didi, balki estetik tafakkurining yuksalishiga ham xizmat qiladi. Bitiklar insoniyat yer yuzida yashay boshlaganidan buyon uni tarbiyalash, hayotini izga solish, qanday yashashni o‘rgatish vazifalarini bajarib, bashariyatni jaholat asirligidan ma’rifat yorqinligi sari boshlagan eng buyuk kashfiyot sifatida tilga olinadi. Joriy yilning 29-oktabr kuni Xorazm viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida ”Brayl yozuvida […]
30.10.2024 | 15:43
488
Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan iqtiboslar
Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolg‘izlik, do‘stlik, sevgi va yo‘qotish mavzulariga bag‘ishlangan. Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin. Mening gulim butun sayyorani xush bo‘ylarga burkagan edi, men esa bundan faqat quvonish zarurligini bilmasdim. Avvaliga barcha kattalar bola edi, ammo […]
30.10.2024 | 12:57
4178
Asosiy
“Sho‘royi islom” to‘y bilan bog‘liq ortiqcha marosimlar va karnay chalishni taqiqlagandi
“Sho‘royi islom” qarornomasi Muhtaram musulmonlar! Hozirg‘i qiymatchilik va oziqsizlik shul qadar qo‘rqinchiluq darajaga bordiki, ko‘p oilalar, faqir va bechoralar pulga ham ozuq topolmasdan, ko‘chaba-ko‘cha sargardon bo‘lib, necha kunlargacha och turmoqqa majburiyat ko‘rurlar. Hozirda davom etub turg‘on daxshatliq urush, bu yilg‘i suvsizliq va chogirdka balolari bu holni minba’d yana qo‘rqinchliroq darajag‘a olib boradirg‘ong‘a o‘xshab ko‘rinadur. Turkiston […]
30.10.2024 | 11:05
383
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun
Sirojiddin Sayyid 1958-yilning 30-oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida dunyoga kelgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Shoirning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish”, «Vatan abadiy»,» Ustimizdan o’tgan oylar», «Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni» va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. ILINJ Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.Men bir […]
30.10.2024 | 10:30
1170
XASHAK SO‘ZLAR
Uzoq vaqt oqmagan ariqqa suv kelsa, suv dastlab xas-xashak, chiqindilarni olib keladi. Saksoninchi yillar oxiri, to‘qsoninchi yillar boshida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan tilimizdagi ba’zi ruscha, baynalmilal so‘zlarni o‘zbekchalashtirishda ham shunday bo‘ldi. Misol uchun “rayon” avvaliga “nohiya” ataldi, lekin bu xashak so‘z edi, hech kim uni hazm qilolmadi, ammo tilimizda ming yillar […]
29.10.2024 | 15:38
394
KESATIQ
Bizda samolyotlar qo‘nib qo‘ya qolmaydi, balki “qo‘nishni amalga oshiradi”. Biz dorini, kechirasiz, “dori vositasi”ni ichib yoki yutib qo‘ya qolmaymiz, balki uni nihoyatda hurmat-izzat bilan “qabul qilamiz”. Kreditni to‘lash xayolimizga kelmaydi, balki uning ustiga bir-bir chelakdan suv quyib, “so‘ndirib” boramiz. Olov-da u! Bizda futbolchilar shunchaki birov-birovini chalib yiqitmaydi, balki “fol” qiladi. Qo‘shimcha vaqtda emas, o‘ynashsa, faqat […]
29.10.2024 | 14:32
342
Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romanidan iqtiboslar
Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Remark jahannam suratini, butun bir avlodni parchalagan jang qiymalagachini tasvirlashga harakat qilgan. Faqatgina harbiy kasalxonada urush nima ekanligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Oilada […]
29.10.2024 | 12:45
4674
IJTIMOIY TARMOQDAGI RO‘YO
Ijtimoiy tarmoqlardagi saviyasiz videolavhalardan birining ostiga qoldirilgan ajabtovur izoh e’tiborimni tortdi. Unda ikki o‘smirning bemaza qiliqlari tasvirlangan edi, bunga munosabat bildirgan bir foydalanuvchi “Sohibqiron bobomiz Amir Temur shular uchun jang qilganmidi?” deya izoh yozgan. Bu gap bir qaraganda ma’nosiz tuyuladi, lekin tagida achchiq haqiqat va kinoya mavjud. Avlodlar yuksak texnologiyalar asrida ajdodlarga munosiblik u yoqda […]
29.10.2024 | 11:58
402
AKSILINQILOBCHI KARIM ZARIFOV
Qatag‘on qurboni bo‘lgan qahramonimiz Karim Zarifov 1897-yil 15-iyunda Namangan shahrida dehqonchilik va bog‘bonlik bilan shug‘ullanuvchi oilada tug‘ilgan. U Oktyabr inqilobidan so‘ng Namangan uyezd shahar bog‘boni bo‘lib xizmat qilgan. 1937-yil 11-mayda – Samarqand oblasti Yuqori Darg‘om rayon ijroiya komiteti raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab turgan paytida yozgan tarjimayi holida otasi bilan 1915-yilgacha birga yashaganini, rus-tuzem maktabini 3-sinfini […]
29.10.2024 | 11:27
403
Asosiy
“TARJIMON”NING XORAZMDAGI MUXBIRLARI
Matbuotning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati katta. U boshqa manbalar – qo‘lyozma asarlar, arxiv hujjatlari, memuarlar bilan qiyosiy taqqoslash, tadqiq qilish orqali o‘tmishda yuz bergan jarayonlarni xolis, haqqoniy tasvirlashga, davr manzarasi qanday bo‘lganligini tasavvur qilishga imkon yaratadi. Aynan shu boisdan ham turkiy musulmon xalqlarida milliy uyg‘onishni yuzaga keltirgan Ismoil Gʻaspralining “Tarjimon” gazetasi ham g‘oyat katta ahamiyatga egadir. […]
29.10.2024 | 10:44
906
O‘tkir Hoshimovning «Shamol esaveradi» qissasidan iqtiboslar
Sezganmisiz… erta bahor paytlari, so‘nggi qorlar erib bitgach, yer yuzida qadimiy, sokin jonlanish boshlanadi. Ko‘pchib yotgan dalalar uzra dilni orziqtiruvchi allanechuk qadrdon bir is – tuproq hidi parvoz etadi. Bahor joy tanlamas ekan… Qishloq chekkasidagi mozorda ham ko‘klam chechaklari qulf urdi. Mungli do‘ppaygan qabrlar ustida bag‘riqon qizg‘aldoqlar bosh egdi. U shuncha yillardan beri go‘dak kabi […]
28.10.2024 | 16:58
2053
JADIDLARNING DAVLAT VA HUQUQ HAQIDAGI QARASHLARI
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “O‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bo‘lgan jadidlik g‘oyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy o‘ziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda”. Bugungi kunda taraqqiyparvar […]
28.10.2024 | 14:17
1471
Asosiy
ELBEK – O‘ZBEK TILI JONKUYARI
XX asr boshlarida barcha sohalarda katta islohotlarga bel bog‘lagan jadidlar o‘zbek tilini rivojlantirish va imlo qoidalarini yaratish borasida ham tizimli ishlarni amalga oshirdi. Bunda shoir, publitsist, pedagog va yozuvchi sifatida tanilgan Mashriq Yunusov (Elbek)ning jonbozligini ham alohida aytib o‘tish zarur. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Bobomurodovaning ayni masaladagi tadqiqotlarini, o‘sha davr matbuotida tinimsiz chop […]
28.10.2024 | 13:55
937
HAYRAT BOSIB KELAR BALANDROQ
Shahriyor SHAVKAT – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. “Ruhim qushlari”, “Ham” nomli kitoblari nashr etilgan. Hozirda “Mahalla” telekanalida katta muharrir vazifasida faoliyat olib bormoqda. LAHZA Sen gullar rasmini chizarsan:Yaproqlaru yashil gilamlar.Barmog‘ingni bir o‘pmoq uchunNavbat kutar rangli qalamlar. Men chelak rasmini chizarman,Bilasan-ku, bor hunarim shu.Men chelak rasmini chizarmanKeltirgani […]
28.10.2024 | 13:32
470
TURSUNBOYNING SARGUZASHTLARI
Qayerda bo‘lmay, uchala otdoshim yonimda. Kozlov ham, Tabib ham, Pakana ham. Kozlov deganimiz menga o‘xshab naynovgina. Nega unga Naynovmas, Kozlov deb laqab qo‘yganimiz sababi… maktabimizga yangi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi keldi. Kozlov degan. Shu odam kelishi bilan katta yangilik qildi. Voleybol maydonchasi qurdirdi. Hamma qiziqib ketdi bu yangi o‘yinga. Ayniqsa, haligi naynov otdoshim voleybol jinnisiga aylandi-qo‘ydi-da, […]
28.10.2024 | 12:17
482