KUTUBXONA
Muallif: admin
Asosiy
O‘ZBEKISTON VA QIRGʻIZISTON KO‘P QIRRALI HAMKORLIGIDA YANGI DAVR BOSHLANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga 18-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Qo‘shnisiga yaxshilik sog‘inib, hamisha tinch bo‘lishini tilagan, yutug‘idan quvonadigan […]
22.07.2024 | 14:14
406
FARG‘ONA TASHRIFI: KELAJAK UCHUN DADIL QADAMLAR
Turkiy adabiyot quyoshi, ma’naviyat charog‘boni hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Saddi Iskandariy” dostonida mamlakatni adolat ila boshqarishni saltanatning qudratini belgilovchi omil sifatida talqin etar ekan: “Kerak lutf-u ehson shior aylasang, Adolat yo‘lin ixtiyor aylasang…” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, xalqni rozi qilish maslagini bosh g‘oya qilib belgilab olgan insonparvar siyosatning tayanch ustuni adolat bo‘lmog‘i muqarrardir. Prezidentimiz Shavkat […]
22.07.2024 | 14:05
465
Hafta davomida harorat +41 darajagacha koʻtariladi
Ushbu hafta davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli, shimolda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat togʻli hududlarda baʼzi joylarda mahalliy xususiyatga ega boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Dushanba va seshanba kunlari havo harorati 36-39 atrofida, janubda va choʻl hududlarda 40-41 darajagacha issiq boʻladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha harorat 2-3 darajaga koʻtarilishi […]
22.07.2024 | 12:55
250
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yangi rahbarining aholiga murojaati
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i etib tayinlagan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat qildi. U asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘lishini aytdi. Murojaat matnini quyida toʻliq keltiramiz. “Qadrli yurtdoshlar, hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari, barchamizga yaxshi maʼlumki, soʻnggi yillarda davlatimizda amalga […]
22.07.2024 | 12:20
281
Bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha davlat granti tasdiqlandi
Joriy yildan davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Prezidentning “2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga koʻra, yangi oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi: Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir […]
22.07.2024 | 09:56
511
Oʻzbekistonda 223 ta seysmik zaif bino-inshoot mavjud
Respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 73 foizi 1991-yilgacha qurilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish va qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning […]
22.07.2024 | 09:39
279
Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi
Jozef Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarida noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikka qaror qildi. “So‘nggi 3,5 yilda millat sifatida katta yutuqlarga erishdik. Bugun Amerika dunyodaning eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy sarmoya kiritdik. Zaharli moddalarga duchor bo‘lgan millionlab faxriylarga […]
22.07.2024 | 03:37
408
“ILMSIZ INSON MEVASIZ DARAXT KABIDUR…” yoxud Abdulla Avloniy ma’rifati
O‘zbek jadid allomalarining hayot yo‘li, ijtimoiy faoliyati ibratli, so‘zlari hikmatli. Millat va Vatan, ma’rifat va ma’naviyat ularning dardi, qayg‘usi, amali va a’moli edi. Ular shu el-yurt istiqboli uchun dard chekdi, qayg‘urdi, g‘amga botdi, o‘yga toldi. Ular yangi usul ta’lim maktablari ochib, farzandlarini savodli qildi, fikrini o‘stirdi, dunyoni tanitdi. Ular teatrda tomoshalar qo‘yib, ijtimoiy, maishiy muammolarni […]
21.07.2024 | 20:22
3159
21-IYUL – IMOM AL-BUXORIY TAVALLUD TOPGAN KUN
Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) 810-yil 21-iyulda Buxoroda tug‘ilgan. Islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, […]
21.07.2024 | 19:38
7565
Asosiy
MAQOM – RUH OZIG‘I
Keyingi vaqtlarda yurtimizda milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilyapti. Asrlar davomida ne-ne atoqli nozimlar, olimlar-u hofizlar, sozandalar-u navozandalarning sermashaqqat mehnati, ijodiy tafakkuri tufayli ravnaq topib, bizning davrimizda ham ijro etib kelinayotgan bu noyob san’at faqatgina yurtimiz va mintaqa mamlakatlarida emas, balki dunyo qamrovida ham katta […]
21.07.2024 | 18:40
775
Asosiy
ADABIY DO‘STLIGIMIZ RAMZI EDI
Bir yigit qirq yilda bino bo‘ladi, deyishadi. Chin olim kamoloti uchun ham shuncha vaqt zarur. Olimning martabasini uning yozgan kitoblari, xolis dunyoqarashi, haqqoniy talqinlari, hamkasblarining e’tirofi belgilab beradi. Nazarimda, ozarbayjonlik atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ramiz Asqar turkiyshunos olimlar orasida ana shunday yuksak martaba qozona olgan zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning ozarbayjon va boshqa qardosh xalqlar adabiyoti […]
21.07.2024 | 15:54
543
QULLUQ VA QUTLUG‘
– Qulluq bo‘lsin! – Qulluq, qulluq, – deymiz qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib. Lekin “qulluq”qa javoban nega “qulluq” deyilishini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bir qarashda birinchi va ikkinchi jumladagi “qulluq” bir so‘zday, lekin birinchi “qulluq” aslida “qutlug‘”, singarmonizm ta’sirida keyinchalik “qulluq”qa aylangan, shevalarda bu so‘z “qulli”, “qullig‘” deb ham aytiladi, qozoq va qirg‘izlarda – “qutti”, uning o‘zagi qadimgi […]
21.07.2024 | 14:09
816
2024-yilda turistlar uchun dunyodagi eng xavfli 10 ta shahar e’lon qilindi
Yangi tadqiqot 2024-yilda turistlar uchun dunyodagi eng “xavfli” shaharlarni aniqladi. Forbes Advisor reytingiga ko’ra, Venesuela, Pokiston va Myanmadagi shaharlar 2024-yilda xalqaro sayohatchilar uchun eng xavfli yo’nalishlar deb topildi. Tadqiqotda sayohat xavfsizligi reytingini ishlab chiqish uchun yettita xavf toifasi, jumladan jinoyatchilik, shaxsiy xavfsizlik, sog’liq, infratuzilma, tabiiy ofatlar va raqamli xavfsizlik kabi tamoyillarga ko’ra, 60 ta xalqaro […]
21.07.2024 | 10:40
471
TARBIYANING VAQTI QACHON?
Bugungi globallashuv davrida o‘zining asl qiyofasini asrab qolish, ayniqsa, yosh avlodga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berib, ularni haqiqiy shaxs sifatida voyaga yetkazish insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har bir xalq o‘z farzandiga odob-axloq o‘rgatish va ma’naviy barkamol inson sifatida kamolga yetkazishda, avvalo, ajdodlaridan meros bo‘lgan an’ana va qadriyatlarga, o‘ziga xos usul va vositalarga suyanishi […]
20.07.2024 | 17:20
649
JADID LUG‘ATCHILIGI
O‘zbek lug‘atchiligi tarixida jadidlikkacha bo‘lgan davrda, asosan, izohli lug‘atlar tuzish, mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy asarlarini tushunishni ta’minlash va yangi shakllanayotgan eski o‘zbek adabiy tilini targ‘ib qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini ommaga singdirishga yordam beradigan lug‘atlarni yaratish yetakchilik qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan lug‘atchilikda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lgani, lug‘at tartib berishda zamonaviy yondashuvlar yuzaga kelgani […]
20.07.2024 | 16:36
1816
Oʻzbekistonda ayrim koʻchalar nogironligi boʻlganlar uchun moslashtiriladi
Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2024-yil 1-oktabrdan: 2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratilgani bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi. Hokimliklar: 2026-yil […]
20.07.2024 | 15:41
324
Asosiy
“BIZNING ISMIMIZ – O‘ZBEKISTONLIK!”
Bundan bir asr avval, aniqrog‘i, 1922-yilda jadid yetakchilarining tashabbusi va homiyligida 70 nafar turkistonlik talaba Germaniyaga o‘qishga yuborilgan edi. Ularning keyingi taqdiri haqida ko‘plab maqolalar, badiiy asarlar, filmlar yaratilganki, biz bu xususda ko‘p to‘xtalmoqchi emasmiz. Bugun biz ayni paytda olis nemis diyorida ta’lim olayotgan, tadqiqot va amaliy izlanishlar olib borayotgan yoshlarimiz haqida, Prezidentimiz va davlatimiz […]
20.07.2024 | 13:33
425
Siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuzildi
Har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi boʻladi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod kishi qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan. Ularning 13 ming nafari […]
20.07.2024 | 10:26
579
Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari olib tashlanadi
Toshkent shahri ko‘chalarida 1-iyungacha qonuniylashtirilmagan reklama obyektlari (konstruksiyalari) demontaj qilinadi. Egalari yangi shakldagi reklama joyi pasporti uchun ariza topshirmagan obyektlarning avvalgi hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. Vazirlar Mahkamasi pasportlarni 1-aprelga qadar almashtirishni belgilagan, ammo keyinroq muddat 1-iyungacha uzaytirilgandi. Demontaj ishlari hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan amalga oshiriladi va u jarayonni bevosita amalga oshirish […]
19.07.2024 | 17:18
283
O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari Xivaga bordi
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Xiva shahri 1990-yilda YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. Shahar 2020-yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024-yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi. “Ochiq osmon ostidagi muzey” […]
19.07.2024 | 17:09
295
Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rildi – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
“San’atkorlar mehmon sifatida ishtirok etadigan teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar ham bisyor bo‘lib, bu yaxshi tendensiya, albatta. Ammo masalaning yana bir jihati borki, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa litsenziyaga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham ana shunday ko‘rsatuv va eshittirishlarga mehmon sifatida chaqirilmoqda. Vaholanki, har qanday san’atkor o‘z ijodini taqdim qilishda, ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar […]
19.07.2024 | 17:00
556