Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

Asosiy

IMPERATOR QASIDASI

Biz yetti asr muqaddam yozilgan “Yuz so‘z” she’riy asari haqida so‘z yuritmoqchimiz. Ushbu qasidani 1368–1398-yillardagi Xitoy imperatori Chju Yuanchjan (1328–1398) yozgan. U islom diniga xayrixoh nazar bilan qaragan hukmdor bo‘lgan. Shoyoni hayratki, shu borada olib borgan ozgina izlanish davomida Chju Yuanchjan bilan deyarli tengdosh bo‘lgan Amir Temur orasida juda ko‘p mushtarakliklar borligini aniqladik. Chunonchi, Amir […]

25.03.2026 | 17:12

img1396

TARIXGA YANGICHA NAZAR

O‘zbek adabiyoti tarixida hukmdor-shoirlar sezilarli iz qoldirgan. Yaqin o‘tmishda ularning ijodi mafkura talablariga ko‘ra o‘rganilmadi yoxud bir yoqlama tadqiq qilindi. Bugun esa vaziyat tubdan o‘zgardi, bu merosni to‘laqonli o‘rganish uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. Manbashunos Otabek Jo‘raboyevning “Said Muhammad Alixon. Devon” kitobi ana shu bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan. Kitobda “Xon” taxallusi bilan ijod qilgan Qo‘qon xoni […]

25.03.2026 | 14:21

img1145

ILMGA AYLANGAN UMR

Hayotda shunday insonlar bo‘ladiki, hayot yo‘liga havas qilib, o‘gitlariga yo‘lchi yulduzga talpingandek intilasan. Filologiya fanlari doktori, professor, akademik, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi To‘ra Mirzayev ana shunday o‘z ismiga munosib, aytar so‘zi bilan ishi bir bo‘lgan, shaxsiyati va ilmi bilan ibrat maktabini yaratgan olim edi. Ustoz hayot bo‘lganida bu yil to‘qson yoshga to‘lgan bo‘lardi.  To‘ra Mirzayev […]

25.03.2026 | 12:34

img1151

KITOBXONLIK SHAXSIY MASALA EMAS

Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ma’naviy taraqqiyot va fikrlash madaniyatini mustahkamlash yo‘lida muhim siyosiy yo‘nalishni, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni belgilab berdi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida kitob targ‘ibotini qanday shaklda amalga oshirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki kitobxonlikni rivojlantirish uchun qaror qabul qilishning […]

24.03.2026 | 17:38

img1546

BARCHA YO‘LLAR VATANGA ELTADI!

Germaniyadagi “Humanitäre schule” xususiy maktabi boshqaruvchisi Maryam SULTONOVA bilan suhbat – Germaniya nafaqat Shiller, Gyotening vatani, shu bilan birga, Yevropaning ko‘zini ochgan, tafakkurini o‘zgartirgan Martin Lyuter kabi buyuk daholarning, ilm-ma’rifat borasida yirik islohotlar o‘tkazgan fidoyi insonlarning yurti. Mana shunday yurtda hamyurtlarimiz ayni ta’lim sohasida ishlab muvaffaqiyatga erishayotgani ham hayratlanarli, ham quvonarli hol. Germaniyadagi tartib-intizom, mentalitet, […]

24.03.2026 | 10:20

img1320

Asosiy

O‘ZBEKISTON – TABARRUK ZAMIN

TURKSOY Bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev bilan suhbat – Sulton og‘a, o‘zbek ziyolilari va kitobxonlari Sizni taniqli adib va dramaturg sifatida yaxshi biladi, qadrlaydi, milliy matbuotimizdagi har bir chiqishingizni iliq qarshi oladi. Suhbatimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga to‘g‘ri keldi. Bilamiz, Siz o‘zbekchada ham ravon so‘zlaysiz, demak, hazrat asarlarini asliyatda o‘qib, bahramand bo‘lgansiz. […]

19.03.2026 | 12:48

img1986

Asosiy

QOR QO‘YNIDAGI LOLALAR

“1937–1938-yillarda qatag‘on qilichining o‘tkir tig‘i ayollarimizning dur va marvarid shodalari bezab kelgan nozikkina bo‘yinlariga ham qadalgan edi”, deb yozadi akademik Naim Karimov o‘z tadqiqotlarida. Darhaqiqat, ayollar qismati g‘oyat ayanchli ediki, ular boshiga yog‘dirilgan kulfatlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin. Turma va lagerlarda turli azob-uqubatlarga giriftor etilgan “xalq dushmanlari”ning xotinlari, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda, o‘sha mudhish davrning […]

17.03.2026 | 12:36

img1736

Asosiy

BIR ASRLIK YOLG‘ON

1924-yil 21-avgustda Yangi Urganch shahri yaqinidagi Cholish guzaridan kichik bir kema daryo bo‘ylab Orol dengizi tomon suzib ketdi. Kemada Xorazm sho‘rolar respublikasi (jadidlarga ergashgan “Yosh xivaliklar” tomonidan 1920-yilda tuzilgan Xorazm Xalq Respublikasi turli fitnalardan so‘ng 1922-yilda yangicha nom olgandi) markaziy kengashining 1924-yil 12-avgustda tuzilgan o‘qishga yuborish komissiyasi tomonidan tanlab olingan yoshlar bor edi. Mazkur komissiyaga […]

16.03.2026 | 15:20

img1868

ZAMONAMIZ AYAJONLARI

Toshkent shahri “Yangiobod” MFY raisi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibasi Manzura VALIYEVA bilan suhbat – Siz kabi yuzi nurli, hayoti ibratli, nuroniy faslda ham faoliyatdan to‘xtamagan, umrini el-yurt xizmatiga bag‘ishlagan insonlarni ko‘rsam, beixtiyor  Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim” pyesasi yodimga tushadi. O‘zbek onasi qaysi davrda yashamasin, bolajonligi, fidoyiligi, mehnatsevarligi o‘zgarmas ekan-da. Ayting-chi, bugungi dorilomon kunlarda millat ayolining […]

13.03.2026 | 09:42

img1887

DUNYO ICHRA DUNYO

Bizga adabiyot fanidan Yo‘ldoshali Solijonov dars berardi. Yaxshigina yumori bor, boshqa ustozlarga qaraganda talabalarga qalban yaqinroq edi. Adashmasam, ikkinchi kursdaligimizda, qishki sessiyadan so‘ng bo‘lsa kerak, fakultetda “yangi domla kepti” degan gap yurib qoldi. Talaba uchun bu xabar muhimligini o‘sha paytda o‘qib, ustozlar mehri-yu qahridan “bahramand” bo‘lgan tolibi ilm biladi. Bilgichlarning aytishicha, ustoz Samarqand davlat universitetidan […]

12.03.2026 | 14:31

img1802

“HIDOYAT” LIBOSIDAGI JAHOLAT

Inson ilm bilan bugun fazoga chiqdi, agar jaholat to‘sqinlik qilmaganda edi, barcha xalq va millatlar taraqqiy etib, Yer kurramiz nurga burkanar edi. Minglab yillardan beri boqiy obidalar qurish, farovon turmushga erishish, ilg‘or ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, axborotni boshqarish, uzoqni yaqin qilish, samoga egalik qilishdan tortib, boshqa jabhalarda ham ustunlikka erishish uchun odam bolalari o‘zaro raqobatda. […]

12.03.2026 | 12:14

img1619

Asosiy

CHO‘LPONNI YOQLAGAN MUTARJIM

O‘tgan asrning 20–30-yillarida o‘zbek milliy matbuoti, tarjima maktabi, teatr tanqidchiligi va ma’rifat maydonida o‘chmas iz qoldirgan yorqin siymolardan biri Sanjar Siddiqdir. Ism-sharifi Bosit Siddiqov bo‘lgan qahramonimiz oddiy tarjimon emas, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan “Adabiy tarjima san’ati” risolasini yozib, tarjimashunoslik poydevorini qo‘ygan chin ziyoli edi. Uningcha, tarjima bir matnni boshqa tilga o‘girish emas, balki […]

11.03.2026 | 14:23

img1857

Asosiy

TARIX HIKMATI

Samarqandda jadid harakati haqida so‘z borsa, tabiiyki, eng avval Mahmudxo‘ja Behbudiy va “Oyina” jurnali atrofida jamlangan ziyolilar, maktab ochgan ma’rifatparvar shaxslar nomi tilga olinadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqandda o‘nlab yangi usul maktablari tashkil etilib, ularda yuzlab bolalar yangi dasturlar asosida ta’lim olgan. 1893-yili ilk yangi usul maktabi ochilgan bo‘lsa, 1903-yilga kelib […]

11.03.2026 | 10:09

img1417

SHUKUR BURHON BASHORATI

O‘zbekiston xalq artisti Malika IBROHIMOVAga maktub Assalomu alaykum, Malika! Yaxshimisiz? Ushbu maktubni yozishimga “Shaddod ona” spektakli va unda Siz ijro etgan shaddod ona – Anna Firling obrazi sabab bo‘ldi. Milliy teatrimizda ushbu spektakl qo‘yilganini, bosh rolni Siz o‘ynayotganingizni va spektakl qiziqish bilan tomosha qilinayotganini eshitganimga ancha bo‘ldi. Va uni ko‘rish ishtiyoqi paydo bo‘lgandi menda. Yashirmayman, […]

10.03.2026 | 14:47

img1343

QORIN QAYG‘USIDAGI QAVM

Qo‘shni qishloqda yashaydigan jiyanim arzi hol qilib keldi: “Farog‘at” baliqxonasi egasi ertalab kelib o‘g‘limning yap-yangi velosipedini olib ketdi. Shunga melisaga ariza yozib bersangiz”. Tafsilotlari bilan qiziqdim. Jiyanimning o‘g‘li tug‘ilgan kuni munosabati bilan baliqxonada tengqurlariga ziyofat uyushtiradi. Bazmni shomda boshlagan  yoshlar qora xuftonda tarqaladi. Hisob-kitobga navbat kelganida jiyanchaning puli yetmay, biror haftalarda qolganini keltirib beraman, deb […]

10.03.2026 | 10:03

img1244

SIZ BUYUKSIZ, AYOLLAR!

Aslida, siz har yili ko‘klam bilan barobar, ko‘klamday bexato keladigan bayramingiz arafasidagina emas, balki har kuni, har soat, har lahza madh-u sanoga, e’zoz-u ikromga, gul-u lolaga, mehr-u siylovga, muhabbat-u ardoqqa loyiqsiz, munosibsiz. Biz esa bilibmi-bilmaymi, xohlabmi-xohlamaymi, ba’zan sizning daxlsiz dilingizning nozik oynalariga darz yetkazib, ozor berib qo‘yamiz. Shunga o‘zimizda kuch topganimizni qarang-a… Aslida, siz… Aslida, […]

09.03.2026 | 08:56

img1280

UZUN YO‘LNI YORITGAN CHIROQ

Bu lavhalar hayotda qanday ro‘y bergan bo‘lsa, aynan yozildi.Muallif 1927-yil. Tojinisa aya bir necha kundan beri yegani ichiga tushmas, xotirjam tortmas, eng yomoni – nimadan xavotirlanayotganini ham bilmas, bu dardini birortasi bilan baham ko‘rishni-ku, hay-hay, Xudoning o‘zi asrasin, og‘iz ochib, siringni doston qiladigan zamon emas. Birdan bir ishongani farzandlarining otasi, afsus, ayani bosh-keti yo‘q o‘ylovga […]

05.03.2026 | 15:37

img1700

ILM YADROSI

O‘zFA S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti direktori Husniddin OLIMOV bilan suhbat – Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning yoshlar bilan doimiy uchrashuv o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan. Kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan navbatdagi muloqot ham yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratishi shubhasiz. Olimona nigoh uchrashuvda nimalarni ko‘ra oldi? – Ushbu tarixiy muloqot ajoyib raqamlar bilan boshlandi. Bugun […]

04.03.2026 | 16:43

img1777

“TUGʻILGAN YER UCHUN HURMAT YAXSHIROQ”

O‘zbekiston xalq rassomi Jolliboy Izentayev qoraqalpoq tasviriy san’atining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan yirik san’at arbobidir. Bugungi kunda rassom asarlari yurtimiz va dunyoning qator davlatlari kolleksiyalaridan munosib o‘rin egallagan. Ular o‘zining noyobligi va yuqori qiymati bilan katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Jolliboy Izentayev 1943-yil 28-fevralda Qo‘ng‘irot tumanida tavallud topgan. Ilk ijodi o‘quvchilik chog‘ida cho‘l manzarasini aks […]

04.03.2026 | 14:26

img1544

Asosiy

YUZ YILLIK QURULTOY

Bundan rosa yuz yil muqaddam turkiy dunyo olimlari birinchi turkologiya qurultoyini o‘tkazish uchun Bokuda jam bo‘ldi. Bu tarixiy anjuman Ozarbayjon poytaxtida 1926-yil 26-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tadi. 131 nafar delegat ishtirok etgan, to‘qqiz kun davom etgan anjumanda 17 ta majlis o‘tkazilib, 38 ta ma’ruza tinglanadi. Unda turkiy tillarning alifbo va til masalalariga oid yetti yirik muammo […]

04.03.2026 | 11:39

img1294

SHARHLOVCHI NUKTADON BO‘LSA…

Sport jurnalisti va sharhlovchi Davron FAYZIYEV bilan suhbat – Yurtimizga futbol XX asr boshlarida Qo‘qonda “Mus” jamoasining tuzilishi bilan kirib kelgan. Jadidlar va ular bilan bir davrda yashagan ijodkorlar ham futbol bilan faol shug‘ullangan. Jumladan, sevimli shoirimiz Usmon Nosir havaskor jamoada to‘p tepgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Davron aka, suhbatimizni yangi o‘zbek futboli haqidagi mulohazalaringizdan boshlasak. […]

03.03.2026 | 11:11

img1479

JADID KUTUBXONASI