Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

SIZNI SOG‘INDIM, ZULFIYA OPA

Umr o‘tib bormoqda. Umr o‘tgan sari odam bosib o‘tgan yo‘llarini, boshdan kechirgan yillarini tez-tez eslab turar ekan. Inson bosib o‘tgan yillar va yo‘llar – nimadir ular? Masofami, vaqtmi yo boshqa narsami? Menimcha, ular umring davomida senga ro‘para kelgan, hayotingda iz qoldirgan odamlar – do‘stlar, qarindoshlar, ustozlar, safdoshlar. Afsuski, ulardan ancha-munchalari allaqachon shoir Shayxzoda ta’biri bilan […]

02.03.2026 | 10:24

img1398

QAHRAMON OLIMA

Yuzaki qaraganda, biror-bir olim hayot yo‘li haqida yozishning hech mushkul yeri yo‘qdek. Deylik, taniqli navoiyshunos Suyima G‘aniyeva (1932–2018) haqida ham… 1932-yilning 20-fevrali kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 20 yoshida O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini fors tili mutaxassisligi bo‘yicha bitirib, Leningrad davlat universiteti aspiranturasiga kirgan. 24 yoshida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi bir qismining […]

27.02.2026 | 09:00

img1730

KOMIL XORAZMIY KIM EDI?

Tarixga nazar tashlasak, yurtni ma’rifat orqali ozodlikka olib chiqishga qat’iy bel bog‘lagan jadidlar orasida uch xonlikda katta mavqega ega, yuqori davlat lavozimlarini egallagan insonlar ham bo‘lganini ko‘ramiz. Masalan, Qo‘qon xonligi shahzodasi Fansurullohbek, Buxoro amirligi muftiysi Mahmudxo‘ja Behbudiy, Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘ja va boshqalarning jadidlarga xayrixohligi harakatning yanada keng tomir yozishiga xizmat qilgan. …1873-yilning bahorida […]

26.02.2026 | 09:52

img1773

DILEMMA: QADRIYAT YOXUD TARAQQIYOT?

Tokio universiteti professori Kaoru IOKIBE bilan suhbat Tokio universiteti – Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri. 150 yillik tarixga ega dorilfununda o‘ttiz mingga yaqin talaba tahsil oladi. Bitiruvchi va professorlardan 14 nafari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy Yaponiya siyosati va diplomatiyasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan mutaxassis – professor Kaoru Iokibe bilan suhbatimiz universitetning Sharq-u Gʻarb ruhini […]

25.02.2026 | 12:12

img1470

MUMTOZ MUHABBAT MAMLAKATI

Hindiston deyilganda, biz kabi yoshi ulug‘ insonlar xotiriga beixtiyor “Sangam” badiiy filmi keladi. Chunki muhabbat madhiga aylangan bu film ekran yuzini ko‘rgan yillarda hali barcha xonadonlarda televizor atalmish “moʻjiza” yo‘q edi. Tuman markazidagi yagona kinozalga kirishdagi ur-to‘polonlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shu bois, mahallada kimning uyida televizor bo‘lsa, xonadon sohiblarining qosh-qovog‘iga qaramay, “Sangam”ni ko‘rishga kirib […]

25.02.2026 | 10:12

img1354

Asosiy

“JAYHUN ORTIDAGI O‘ZBEK BOLASI…”

“BOBURNI SEVGUCHILAR KUNI” 14-fevralda Kobul ko‘chalari guldasta ko‘targan, yuraksimon sharlar tutgan kishilarga to‘lib ketdi. Hamma hazrat Bobur tavalludining 543 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlayotgandek tuyuldi menga. Bir guruh yoshlar “Bog‘i Bobur”ga yig‘ildi. Birov hindcha gulchambar ko‘targan, birovi ulug‘ shoirning yangi shohona suratini namoyishkorona quchgancha mahzun odimlagan (albatta, uning ham gardishi gullar bilan bezalgan), birisi qabrtosh usti […]

24.02.2026 | 19:45

img1846

GEOMA’NAVIY XAVFSIZLIK

(2-maqola) RADIKALIZM VA EKSTREMIZMNING MEDIALASHUVI Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va virtual kommunikatsiya tizimidan iborat global axborot muhiti geoma’naviy tahdidlarning zamonaviy tabiatini – ong, dunyoqarash va jamoatchilik fikriga qaratilgan axborot ta’siri mexanizmlarini yaqqol namoyon etadi va bunday tahdidlar uchun qulay infratuzilma va makon vazifasini o‘taydi. Bu muhit vositasida axborotni yuqori tezlikda tarqatish, auditoriyani segmentlash […]

24.02.2026 | 16:45

img1165

ADABIYOT – XALOSKOR KUCH, NAJOT TUYNUGI

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon MELIBOYEV bilan suhbat – Ustoz, “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etilganiga qariyb 30 yil bo‘ldi. Qisqa muddat ichida mashhurlik va manzurlik bobida “otaxon” jurnallar safidan munosib o‘rin oldi. Siz hayot va ijodda katta tajriba to‘plagan paytingiz ushbu jurnalga Bosh muharrir bo‘ldingiz. Keling, suhbatimizni shundan boshlaylik. – […]

24.02.2026 | 12:28

img1243

Asosiy

QAYRILGAN QANOT

Ba’zi odamlar nazdida, go‘yo hech kim qatag‘onga qarshi bosh ko‘tarmay, mum tishlagan, so‘z aytishga jur’at etmagan, nohaq ayblov, tuhmat, bo‘htonlar oldida tilini ichiga yutgandek tuyuladi. Bunday tasavvur qo‘rquv hukm surgan muhitni hisobga olganda, hatto tushunarli ham. Lekin arxiv hujjatlari bunday talqinni “hazm qilish”ga izn bermaydi. Chunki qatag‘on hali avj olmasidanoq, jamiyatda kechayotgan nohaqliklar, zo‘ravonliklarga nisbatan […]

24.02.2026 | 10:00

img973

ASKARIY MIRZO QASIDASI

Zahiriddin Muhammad Boburning farzandlari ko‘p jihatdan otasiga taqlid qilib, uning hukmdorlik va ijodkorlik salohiyatini o‘z faoliyatlarida takrorlashga intilgan. Chunonchi, bir necha adabiy manbalarda Askariy Mirzoning ham she’r yozgani borasida ma’lumot bor. Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob”da ushbu boburiyzodani “xushtab podshohzoda” va “ilm-u fazlga mayli bor”ligini ta’kidlab, “To kard Xudo ro‘zi man vodii g‘amro…” deya boshlanuvchi g‘azalini […]

23.02.2026 | 16:12

img1210

Asosiy

KOBUL AZIMATI

“Fazl va hunar ahlining maskani” Har shaharki, inson bilan obod-u barbod bo‘lur. Temuriylar davrining durdona shaharlaridan biri bo‘lgan Hiriyda bir paytlar san’at, adabiyot, musiqa, xattotlik va ma’morlik gullab-yashnagan… Qadamba-qadam kezib ko‘rdimki, faqat Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, shoh va shoir Husayniy, Hofizi Abru, tarixchi Mirxond, musavvir Kamoliddin Behzod kabi sanoqli ijodkorlardan yodgorliklar qolgan… Ba’zan […]

21.02.2026 | 17:56

img1296

BIR RUH – IKKI DAVR

Tarix oddiy voqealar ketma-ketligi emas. U millat tafakkurining uzluksiz harakati, bir davrdan ikkinchisiga o‘tadigan ma’naviy jarayondir. O‘zbek tafakkuri tarixida ham shunday uzluksiz ma’naviy yo‘l bor. Bu yo‘l bir tomonda davlatchilik va mas’uliyat, ikkinchi tomonda ma’rifat va ong bilan belgilanadi. Bir qarashda o‘zaro uzoq tuyulgan ikki davr: Bobur zamoni va jadidlar davri, aslida, shu bitta ruhiy […]

20.02.2026 | 15:37

img1514

ONG KELAJAKNI BELGILAYDI

“Ekstremistik mafkura va g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlar, videoroliklar va adabiyotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish orqali jamiyatga, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda… Taqiqlangan diniy materiallarning Internet tarmog‘ida tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi yetarli darajada emasligi bunday materiallarni saqlash va tarqatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda”. Shavkat MIRZIYOYEV“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ENDI FRONT CHIZIG‘I YO‘Q […]

19.02.2026 | 16:02

img1732

ODAMIY ERSANG…

Saksondan hatlagan Jalil Sultonovning vafot etganini kimdir bildi, kimdir bilmadi. Ammo bu xabar qariyb o‘n ming chaqirim olisdagi Yaponiya ahlini ham g‘amnok qildi. Hamkasblar bilan ta’ziyaga borar ekanmiz, u yerda o‘zimizning qorako‘zlar qatorida yapon do‘stlarimizni ham ko‘rib mutaassir bo‘ldik. Ular-da, jigaridan ayrilganday yosh to‘kardi. Ikki xalq mehrini qozongan bu inson kim edi? Gapni sovet-yapon urushidan […]

19.02.2026 | 14:32

img1121

Asosiy

NAVOIY HIROTDA, KOBULDA BOBUR

Tengri taoloning inoyati va Sarvari koinotning shafoati va ham pok ko‘ngilli chahoryorlarning himmati birlan tarix ming to‘rt yuz qirq yettida, sha’bon oyining o‘n birida, muborak jum’a kuni ko‘hna va navqiron shahri Shoshdan ulug‘ hazratlarimiz yotgan tuproqni ziyorat etmoq ilinjida yo‘lga tushdim. Alqissa, faqiringiz ozod-u obod va ham saodatmand Vatanimizning muborak tuproqlaridan olisda yotqan Abu Rayhon […]

19.02.2026 | 10:17

img1228

ASQAD MUXTORNING “CHINOR” ROMANIDAN IQTIBOSLAR

Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar… Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu […]

18.02.2026 | 17:34

img2523

Asosiy

BIR ASRLIK “O‘TKAN KUNLAR”

Bundan bir yuz o‘n yil muqaddam Ismoilbek Gʻasprali o‘spirin Abdulhamid Yunusov – Cho‘lpon savollariga javob maktubida: “Adabiyot o‘tda yonmas, suvga botmas”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, chinakam san’at durdonalari oradan asrlar oshsa ham, bashariyat oldidagi o‘zining tarixiy missiyasini bajaraveradi. Olam va odamni anglatadi, ko‘ngillarga zavq-shavq bag‘ishlaydi, ishq-muhabbat atalmish bebaho yurak javharini, his-tuyg‘ularni yangilaydi. Abdulla Qodiriyni jismonan […]

18.02.2026 | 15:31

img1300

BILIM BO‘LMASA, TARAQQIYOT BO‘LMAYDI

O‘zFA M.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori Karim SULTONOV bilan suhbat – Domla, bu yil Toshkent zilzilasiga oltmish yil to‘ldi, dunyoni titratgan Turkiyadagi yer silkinishiga ham uch yil bo‘libdi. Institut nomini o‘qiganda, mana shunday voqealar yodga tushadi. Suhbat avvalida muassasa tarixi, shakllanish bosqichlari va bugungi faoliyat yo‘nalishlari bilan gazetxonlarimizni tanishtirib o‘tsangiz. – […]

17.02.2026 | 11:48

img1142

“LISON UT-TAYR” – ISHQNOMA

Alisher Navoiyning “Foniy” taxallusi bilan bitgan “Lison ut-tayr” dostoni sovet davrida eng ko‘p xato bilan talqin etilgan asari hisoblanadi. Shuning uchun uni “ishqnoma” deb atash dabdurustdan ko‘pchilik tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmasligi ham mumkin. Chunki biz “ishqnoma” deganda, ikki jins vakili bo‘lgan oshiq va ma’shuqa muhabbati aks ettirilgan, “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Shirin”, “Layli va […]

16.02.2026 | 16:05

img1362

“ZANJIRBAND SHER”NI KIM CHIZGAN?

Alisher Navoiy “Zanjirband sher” rasmida o‘zini tasvirlagan, degan qarash hammaga yaxshi tanish. Bunda Oybekning 1942-yilda yaratilgan “Navoiy” romani hamda Izzat Sulton va Uyg‘unning 1941-yili yozilgan, 1948-yili sahnaga qo‘yilgan “Alisher Navoiy” dramasida “Zanjirband sher” nomli suratning tilga olinishi katta rol o‘ynagan ko‘rinadi. Bu ikki asarda, garchi ular badiiy ijod namunalari bo‘lsa-da, zanjirband sher suratida Navoiy o‘zini […]

16.02.2026 | 10:27

img1535

SHOIRLAR ICHRA SHOH, SHOHLAR ICHRA PODISHOH

SHE’RIYAT Bobur she’riyatining o‘ziga xosligi samimiyligida, shuningdek, barcha birdek tushuna olishidadir. Shoir lirikasi markazida muhabbat va hijron, pok sevgini ulug‘lash, visol orzusi, vafodorlik mavzulari turadi. Har bir she’rida shoir hayotining manzaralari aks etadi. Shu bois, Bobur she’riyatini uning biografiyasi sifatida baholash mumkin. Bobur o‘zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoir. Bir ruboiysida va “Boburnoma”ning […]

14.02.2026 | 12:01

img1680

JADID KUTUBXONASI