Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

“YEVROPAGA SAYOHAT” TAASSUROTLARI

Bugun dunyo insoniyat ko‘zi oldida kichraydi. Bir zamonlar orzu bo‘lgan mamlakatlarga borish bir nafaslik yo‘lga aylandi. Ummon ortiga bir kunga borib, ertasi kuni uyiga qaytib kelayotganlar topiladi. Yaqin bir-bir yarim asrlik tarixda Yevropadan Turkistonga kelgan sayyohlar, olimlar, josuslar  o‘z safar xotiralarini, yodnomalari va kundaliklarini yozib qoldirishdi. Ayrimlari o‘zbek tiliga tarjima ham bo‘ldi. Ularda biz to‘g‘rimizda […]

12.10.2026 | 16:49

img757

TOSHGA MUHRLANGAN TARIX

Jahon sivilizatsiyasi tarixida har bir buyuk madaniyat o‘zining siyosiy, falsafiy va madaniy mustaqilligini muayyan fundamental matnlar orqali insoniyat xotirasiga muhrlagan. Qadimgi Mesopotamiya uchun “Hammurapi qonunlari”, Misr ehromlaridagi “Iyeroglifik matnlar” qanchalik ulug‘vor poydevor bo‘lsa, Markaziy Osiyo geosiyosiy makonida gurkiragan turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek ulusi uchun O‘rxun obidalari ayni shunday umumsivilizatsion qimmatga egadir. Ana shunday buyuk yodgorliklardan […]

12.10.2026 | 15:21

img735

SHOIR VA TEATR

Teatr san’ati paydo bo‘lgandan beri bu olamga bir bor nazar solgan insonki bor, uni o‘ziga maftun etmay qolmaydi. Ayniqsa, ijodkor, xususan, qo‘liga qalam tutgan adabiyot ahlining teatr dunyosiga oshufta bo‘lganiga doir anchayin afsona-yu rivoyat tusiga kirgan hayotiy voqea-hodisalar jahon san’at tarixida bisyor. Bevosita shu dunyoda tug‘ilib, o‘sib, uni hayot mazmuniga aylantirgan Shekspir, Molyer yoki Hamza […]

12.10.2026 | 10:41

img893

HURMATDAN ZIDDIYATGACHA

Insoniyat tarixida bilim berish jarayoni qadimdan ikki ustunga tayangan: bilim va uni beradigan inson. Ammo shu ikkinchi ustun – ustoz shaxsi turli davrlarda turlicha maqomga ega bo‘lgan. Sharq buni ideallashtirgan bo‘lsa, Gʻarb ko‘proq kasbiy munosabat sifatida shakllantirgan. Ustoz kim, o‘rgatuvchi kim? Alisher Navoiy do‘sti va maslakdoshi Sulton Husayn Mirzo saltanatida bosh vazir martabasiga ko‘tarilgan, o‘z […]

09.10.2026 | 15:24

img872

AVAZA OG‘OZI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etyapti. Turkmanistonning xushmanzara Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan sammitni Markaziy Osiyoning besh davlati va Ozarbayjon […]

09.10.2026 | 11:15

img696

O‘ZBEKISTON MO‘JIZASINING SIRI: SHAXMATCHILARI BILAN FAXRLANADIGAN DAVLAT VA XALQ

Shaxmatchilarimizning tom ma’nodagi olamshumul g‘alabasi dovrug‘i bugun yetti iqlimni hayratga solmoqda. Ispaniyaning mashhur “Damas y Reyes”  sayti muharriri Federiko Marin Belyonning  tahlili mutaxassis va ishqibozlar orasida “o‘zbek shaxmat moʻjizasi” degan ibora trendga chiqishiga sabab bo‘ldi.   Quyida ushbu tahliliy maqolani muxtasar shaklda e’tiboringizga havola etyapmiz. O‘zbek mo‘jizasi aslida mo‘jiza emas. Buning ortida e’tibor, mehnat va yaratilgan […]

07.10.2026 | 09:47

img999

ISTE’MOLCHI OLOMON PAYDO BO‘LMASLIGI UCHUN BUGUN BOSH QOTIRISH LOZIM!

Oxirgi paytlarda odamlar orasida iste’molchilik ruhiyati yaqqol ko‘zga tashlanayotgani hech kimga sir emas. Ko‘pchilikning o‘y-xayoli ko‘proq narsa-buyumlar xarid qilish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash bilan band. Shaxsning jamiyatdagi o‘rnini asosan uning boyligi bilan o‘lchashga moyillik kuzatiladi. Taniqli faylasuf Viktor Alimasovning quyidagi fikrlari ham masalaning naqadar dolzarb ekanini tasdiqlaydi: “Mening nazarimda, jamiyatimizda so‘nggi yillarda iste’molchilik kayfiyati kuchayib […]

06.10.2026 | 15:55

img741

SHUNDAY KITOBLAR KERAK!

Oltinchi to‘plam Tahririyat boshlagan ezgu tashabbus izchil davom etib, qisqa muddatda “Jadid” kutubxonasi” ruknida nashr etilgan chin jadidona, jamiyatni uyg‘oq va ogoh yashashga da’vat etuvchi kitoblar soni oltitaga yetdi: ikki jildda “Tilda, fikrda, ishda birlik!”, shuningdek, zahmatkash olimlarimiz Rustambek Shamsutdinovning “Millat fidoyilari” va Bahodir Karimning “Botmasin chiqqan quyosh” hamda iste’dodli yosh ijodkor Shahriyor Shavkatning “Hirotga, […]

06.10.2026 | 14:41

img717

QODIRIY QOHIRADA

Diplomat va tarjimon Otabek ALIMOV bilan suhbat – Otabek aka, uzoq yillar Tashqi ishlar vazirligi va Misrdagi elchixonamizda diplomatik lavozimlarda ishlab keldingiz. Rasmiy vazifalar barobarida, xalq diplomatiyasiga ham hissa qo‘shdingiz – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini tarjima qilish va Misrda chop etishdek sharafli ishga bosh qo‘shdingiz. Bosh qahramon bilan adash bo‘lganingiz ham bu voqeaga alohida […]

06.10.2026 | 12:52

img640

USTOZLAR USTOZI

Shu kunlarda jahon kino ixlosmandlarining diqqat-e’tibori Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan “Odisseya” filmiga qaratilgan. Ayni vaqtda, “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan yurtimiz kitobxonlariga Homerning “Odisseya” dostonining yangi nashri taqdim etildi. Antik davrdan bugungacha yashab kelayotgan mazkur asar bashariyat adabiy merosining bebaho gavharidir. Ijobiy shov-shuvlar fonida kamina Homerni o‘zbekcha so‘ylatgan ustoz va mumtoz tarjimon QODIR MIRMUHAMEDOV […]

06.10.2026 | 09:00

img346

BOSH MAQSAD – INSON QADRI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zlashi mamlakatimiz siyosiy hayotida alohida voqeaga aylangan bo‘lsa, nutqning mazmun-mohiyati xalqaro maydonda aks sado bermoqda. Ushbu tarixiy chiqishning o‘q ildizi – dunyoning ertangi kuni bugun insonning qadr-qimmati qanday himoya qilinishiga bog‘liq, degan fikrda mujassam. Bu faqat navbatdagi sessiyadagi navbatdagi diplomatik bayonot emas. Bu […]

05.10.2026 | 14:31

img725

TARIXIY ADOLAT: QATAG‘ON QURBONLARI OQLANMOQDA

Muazzam Istiqlolimizning 35 yilligi tantanalari shukuhi hamon yurtimizda kezib yuribdi. Tabiiyki, bu ulug‘ ayyom baxsh etgan ko‘tarinkilik, baxtiyorlik, g‘urur va iftixor har bir yurtdoshimiz, ezgu niyatli har qaysi inson qalbida bir umrga qolajak. Zotan, Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol […]

05.10.2026 | 09:00

img716

TINCHLIK VODIYSI

Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyodagi geosiyosiy keskinliklar, mojarolar o‘chog‘i sifatida ko‘rilgan hamda chegaraviy nizolar bilan tilga olingan Farg‘ona vodiysi bugun tinchlik va taraqqiyot markaziga aylanmoqda. Bahsli hududlar masalasi yechilib, ayrim kelishmovchiliklar o‘rnini endilikda izchil iqtisodiy hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan iliq munosabatlar egallayapti. Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi Xo‘jand va Guliston shaharlari mezbonlik qilgan Ikkinchi Farg‘ona tinchlik forumi […]

04.10.2026 | 10:27

img625

HAL QILUVCHI KUCH

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanisharkan,  ustozlarning jamiyatda tutgan o‘rniga yuksak baho berib, ularning faoliyatini “Hal qiluvchi kuch” deb baholadi. Bugungi shiddatli asrda ta’lim sifati shunchaki ijtimoiy sohadagi navbatdagi vazifa bo‘lib qolmay, balki iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, texnologik suverenitet, yangi […]

04.10.2026 | 09:00

img544

“UMIDGA SUYANGAYMAN”

Taniqli aktrisa Adolat KIMSANOVA bilan suhbat – Assalomu alaykum, Adolat opa! Suhbatdan oldingi gurungda “matbuot uchun emas” deb, dil ochdingiz. Eshita turib, beixtiyor O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyevaning “So‘ldirganlar, qasddan gullab-o‘sganman men… O‘z boshimni o‘zim silab o‘sganman men” degan satrlari yodimga tushdi. Ismingiz tantanavor eshitilsa-da, ortida bir mahzunlik yashirinligini his qildim. Suhbatni ismingiz tarixidan boshlasak, […]

02.10.2026 | 16:18

img723

QORAQALPOG‘ISTONDA JADID HARAKATI

Turkiston jadid harakati tarixida Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat olib borgan ma’rifatparvarlar alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 1910-yilgi Xiva xonligidagi bekliklar, aholi soni, yer hajmi, milliy tarkibi va kimlar hokimlik qilayotganiga oid ro‘yxatga olish materiallarida 27 ta ma’muriy bekliklar qatorida, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irotga oid statistika ham keltirilgan. Unga ko‘ra, Xo‘jaylida 60 ming tanob yer bo‘lib, […]

02.10.2026 | 14:21

img804

DARSLIK SHUNDAY BO‘LSA!

“Bolalarga nimani o‘rgatish kerak?” degan savoldan avval “Bizga qanday avlod kerak?” degan savolni qo‘ygan jadidlar maktabdagi o‘zgarishlarga katta umid bog‘lagan edilar. Bugun esa… Internet, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli manbalar orasida ulg‘ayayotgan bolaning qo‘lida darslik bilan birga smartfon, video, elektron kitoblar, turli dasturlar va interaktiv imkoniyatlar bor. U istalgan ma’lumotni bir necha soniyada […]

30.09.2026 | 14:46

img738

TUGANMAS QUVVAT MANBAYI

Akademik Qahramon ALLAYEV bilan suhbat – Domla, bolalikdan katta ilm-fan sari boshlangan yo‘lingizga nazar tashlasak, energetika sohasini tanlashingizga undagan omillar nimada? – 1963-yilda Xiva shahridagi maktab-internatning o‘zbek guruhini tamomlaganman. Maktabni oltin medal bilan bitirib, Moskva energetika institutiga o‘qishga kirdim. Ko‘pchilik, ayniqsa, shogirdlarim: “Domla, o‘zbek maktabini tamomlab, qanday qilib Moskva energetika institutiga kirdingiz? U yerda darslar […]

30.09.2026 | 09:56

img733

Asosiy

ASIL KO‘MCHU SO‘ZLARIM

Internetni yenggan Koshg‘ariy 1988-yilning yoz oylarida Samarqand viloyatining Qizilkarvon (eski nomi Quyi Ingichka) qishlog‘i, Ashrafsoy etaklari, qadimiy Budrach manzilgohi, Niyoztepa, Omontepa, Eshmontepa yodgorliklarini tadqiq etish uchun olis Leningrad (Sankt-Peterburg)dan bir guruh tarixchi va arxeologlar keladi. Keksalarning guvohlik berishicha, o‘shanda ma’lum muddat Budrachda qazishma ishlari olib borilib, bir qancha osori-atiqalar topilgan. Kunlar sovigach, tadqiqotchilar yana kelishlarini […]

29.09.2026 | 11:24

img1575

XONOBODDAN ELOBODGACHA

O‘tgan hafta ham mamlakatimiz hayoti sermazmun, tarixiy va tizimli voqealarga boy bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi, transport-logistika, “Yashil makon”, ma’muriy odil sudlov va energetika sohalariga oid taqdimotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiyaning BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi taraqqiyot vektorlarini […]

29.09.2026 | 10:10

img618

HARIR PARDA

Bolalik xotiralari ko‘hna suratlarga o‘xshaydi. Yillar o‘tgani sayin ularning rangi o‘chmaydi, aksincha, zamirida yashiringan teran ma’nolar bo‘y ko‘rsatadi. Bugun ellik yil avvalgi so‘lim va osuda o‘zbek hovlilarini eslasam, eng avvalo, ko‘z oldimda darvozaxonadagi oppoq, harir parda gavdalanadi. Bolalik nigohi bilan qaraganda, bu shunchaki oddiy bir mato edi. Biroq bugun o‘sha xotiralarni ruhiyat tarozisiga solib, zamonamiz […]

24.09.2026 | 13:28

img1165

JADID KUTUBXONASI