Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

SHAXSNAVIS ADIB

Stolim ustida bir ijodkor qalamiga mansub bir nechta kitob. Ularni ustma-ust qo‘yib, o‘lchasam, umumiy bo‘yi bir qarichdan oshdi. Keyin nomlarini qayd etish uchun yoygan edim, noutbugim atrofini butkul o‘rab oldi: “Toshbaqalar poygasi”, “Senga ko‘ngil bersam…”, “Konvert-odam”, “Odil Yoqubov xazinasidan”, “Uyg‘onish zamoning muborak bo‘lsin”, “Vijdon qo‘ng‘irog‘i”, “Sahifaga sig‘magan satrlar”, “Yurak bo‘ronlari”, “Botir Zokirov – o‘zbek bulbuli” […]

24.09.2026 | 10:05

img883

TANQIDMI, CHAQIRIQ?

So‘nggi oylarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupovning “Jadid” gazetasining 14-sonida chop etilgan “Yangi zamon ilmi” suhbatida ko‘tarilgan masalalar keng jamoatchilik, ayniqsa, ilm-fan kishilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Hatto, ilm ko‘chasiga kirmagan ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa egalari ham olimning jurnalist savollariga bergan javoblarini peshma-pesh e’lon qilib bordi. Bunga nima sabab bo‘ldi? […]

23.09.2026 | 16:16

img1039

TOSH ICHRA GAVHAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori imzolanganiga ikki yildan oshdi. O‘tgan qisqa vaqt ichida tarixiy hujjatda belgilangan vazifalar yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jarayon davom etmoqda, xususan, bu yil oktyabr oyining birinchi yettikunligi mamlakatimizda uchinchi bor Siyosiy qatag‘on […]

23.09.2026 | 10:40

img807

INSOF SARI BARAKA

Bugungi kunimizdan aylanib-o‘rgilsang arziydi! Yaqin tarixda ham didingizga yoqqan biror kiyim yoki buyum kerak bo‘lsa, to‘g‘ri do‘konga bormay, avval tanish-bilish qidirib, ustiga “shapka” berib, ish bitirishga to‘g‘ri kelardi. Endi-chi? Qaysi do‘konga bormang, istagan narsangizni topish mumkin. Ko‘z tegmasin, bozorlarimiz ham to‘kin-sochin. Avvallari o‘zi tugul, hatto nomi ham tushimizga kirmagan, xorijdan keltirilgan avakado, marakuya, “ajdaho mevasi”, […]

22.09.2026 | 16:48

img753

FIKRLASH MADANIYATI

Jadid ma’rifatparvarlari taraqqiyotning eng muhim sharti sifatida ta’limni ko‘rdilar. Ularning nazarida, maktab faqat savod chiqaradigan joy emas, balki insonni dunyoni anglashga, mustaqil fikrlash va zamon bilan hamnafas bo‘lishga tayyorlaydigan maskan edi. Bugun, oradan bir asrdan ortiq vaqt o‘tib, ta’lim oldida turgan savol mohiyatan o‘sha-o‘sha: biz yosh avlodga bilim beryapmizmi yoki fikrlashni ham o‘rgatyapmizmi? Bu savol, […]

22.09.2026 | 15:51

img755

XORAZM JADID MAKTABLARI

Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fani bo‘yicha falsafa doktori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Umid BEKMUHAMMAD bilan suhbat – Qadim Turkistonning nisbatan chekka hududi – XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrning boshida jug‘rofan “markazdan uzilib qolgan xonlik”ka jadid harakati kirib kelishi va ishni aynan maktablar tashkil qilishdan boshlashlari e’tiborli holat. Ta’lim sohasidagi bu jarayon […]

22.09.2026 | 11:35

img798

ODIL OG‘ANING ARMONI

Xotira-esse O‘zbekiston xalq yozuvchisi  Odil Yoqubov bilan yillar davomida ko‘p bor xizmat safarlarida bo‘ldim, rasmiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, xalqaro uchrashuvlarda birga qatnashdik. Viloyatlarga xizmat safarlarida biz bilan ulkan yozuvchi, atoqli romannavis, o‘ziga e’tibor talab qiladigan amaldor emas, boladay beg‘ubor, dilkash, o‘ta kamtarin bir inson yurdi. Olmaotada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilganda, qozoqlar bu insonni, yana bir […]

22.09.2026 | 09:40

img695

“XAYBAR–25”DA NIMA GAPLAR?

“Xaybar–25” nashriyoti o‘tgan yili o‘zining ilk mahsuloti – yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Yaldo kechasi” romanining nashri bilan kitobxonlar va keng jamoatchilik e’tiborini qozondi. Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida nashriyot faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Ijodiy jamoa bugun qanday yangi loyihalar ustida ishlamoqda va uning kelajak rejalari nimalardan iborat? Muxbirimiz Otabek Baxtiyor ana shunday savollar bilan […]

21.09.2026 | 15:56

img781

TIL VA TEXNOLOGIYA

Bugungi shiddatli raqamlashish va sun’iy intellekt (AI) asrida tillar nafaqat yolg‘iz muloqot vositasi, balki strategik kuch, ilmiy-texnologik raqobat omiliga aylandi. Globallashuv jarayonida o‘z raqamli ekotizimi, ilmiy bazasi va texnologik jozibadorligiga ega bo‘lmagan tillar iste’moldan chiqib ketish xavfi ostida qolmoqda. Shu bois, o‘zbek tilini davlat tili maqomidagi ijtimoiy muloqot vositasidan raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan […]

21.09.2026 | 14:35

img747

MUVOFIQLASHTIRUVCHI KO‘PRIK

Ortda qolayotgan hafta mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida nihoyatda sermazmun, tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Ichki siyosatda poytaxtni rivojlantirish va mahallalarni obod qilishning yangi modeli belgilab olingan bo‘lsa, tashqi siyosatda Janubiy Koreya bilan 12 milliard dollarlik texnologik alyansga poydevor qo‘yildi. Sport sohasida esa azim Samarqand dunyo shaxmat sportining global markaziga aylandi. Poytaxt  transformatsiyasi Juma kuni […]

21.09.2026 | 11:02

img631

IBRAT ARMONLARI USHALMOQDA

Har bir xalqning o‘tmishi va kelajagini bog‘lab turuvchi ma’naviy ko‘priklar bo‘ladi. O‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvar farzandi, olim, sayyoh va noshir Is’hoqxon To‘ra Ibrat ana shunday ko‘prik solgan ulug‘ zotdir. U serqirra faoliyati va o‘lmas asarlari orqali millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga, ilm-fan va jahon taraqqiyotiga ergashishga chaqirdi. Alloma tug‘ilib o‘sgan Namangan zaminida uning ko‘plab asarlarida, jumladan, […]

17.09.2026 | 16:18

img1226

OLIMLAR ALPOMISHI

Kuni kecha Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, ko‘rib chiqish uchun Prezidentga yubordi. Hujjatda amaldagi 26 harf va 3 ta birikma o‘rniga 28 harf hamda bitta apostrofdan iborat tizimga o‘tish ko‘zda tutilgan. Ushbu islohotlar jadidlarni ham o‘ylantirgani, ular bu yo‘lda jonkuyarlik bilan faoliyat olib borgani ma’lum. “O‘zbek tilining akademik […]

17.09.2026 | 15:29

img1017

Asosiy

CHO‘LPON HIMOYAGA MUHTOJMI?

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani nafaqat o‘zbek romanchiligi cho‘qqilaridan biri, balki millat ruhiyati, tarixiy fojiasi va tilining betakror nafosati mujassam bo‘lgan muqaddas merosdir. Cho‘lpon nasri oddiy bayon emas; unda har bir so‘z, har bir tashbeh shoirona jilolanadi, o‘zbekning milliy turmushi, etnografiyasi va nafasi ufurib turadi. Shu bois, uni boshqa tilga o‘girish tarjimondan […]

16.09.2026 | 17:24

img1586

YANGILIKCHILAR – YAXSHILIKCHILAR

JADIDLAR SHARQIYSI 1 Bu olamda har yil o‘zicha yangi,Yangilik bor yilning to‘rt faslida ham.Yangidir, shuningdek, hafta hamda kun,Kunning ichidagi har lahza, har dam.Faqat buni ko‘rmoq, bilmoq, anglamoqHammaga ham nasib etavermaydi.Ko‘rgan, anglaganlar, bilganlar – baxtli,Baxt – oz, hammaga ham yetavermaydi. 2 Biz – Cho‘lpon, Qodiriy, Avloniy, Fitrat…Yuz mingmiz, sanamoq emasdir oson.Zamon tan olmadi, boqmadi bizga,Boqmadik bizlar […]

16.09.2026 | 14:42

img890

Asosiy

DA’VONING DAVOSI NE?

Galstukli qassob O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning yangi asari – “Da’vo” romani nashrdan chiqdi. Mutolaadan keyingi mulohazalarimni bayon qilishni kitob boshidan emas, sal oxirrog‘idan, 6-bobdagi bir holat tasviridan boshlamoqchiman. Bu holat ramziy ma’noda ham, real ma’noda ham roman mohiyatiga kirishda kalit vazifasini o‘taydi. Asar qahramoni Jamshid Bo‘ron tilidan hikoya qilinadigan bu epizod shunday: “Ustoz ko‘rsatgan […]

16.09.2026 | 09:42

img980

BOLANI IT DAN KIM HIMOYA QILADI?

Bugun TikTok, Instagram, YouTube va boshqa platformalar bolalar hayotining bir qismiga aylangan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilayotgan vaqt, kiberbulling, zararli kontent, “ideal hayot” bosimi, layk, obunachilar orqali tashqi tasdiqqa bog‘lanish kabi muammolar tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Jurnalist Muyassar Ibrohimovaning savollariga psixolog, Shveytsariya Lozanna xalqaro instituti (SIIL) talabasi Dilfuza JUMAYEVA, huquqshunos Ixtiyor ABDURAZZOQOV va “Domlajon” telegram sahifasi […]

15.09.2026 | 16:11

img1112

AYOL ILMLI BO‘LSA…

Mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi islohotlar tahlili.

15.09.2026 | 15:26

img1056

OG‘U VA DORU

Bioorganik kimyo instituti olimi Nurxo‘ja Muhammadov bilan hayvon zahri asosida saratonga qarshi dori vositalarini yaratish borasidagi ilmiy izlanishlar haqida suhbat.

15.09.2026 | 09:57

img696

DADIL QADAMLAR

O‘tgan hafta O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatida miqyosi va ahamiyati bo‘yicha g‘oyat boy, strategik jihatdan muhim voqealar bilan yodda qoldi. Mamlakat hayotida bir vaqtning o‘zida inson kapitalini rivojlantirish, tibbiyot va ta’limda chuqur islohotlar, kreativ iqtisodiyot va madaniy diplomatiya, shuningdek, Yevropa, Xitoy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan geosiyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘nalishida tarixiy qadamlar qo‘yildi. […]

14.09.2026 | 14:55

img768

Asosiy

RO‘YXAT BOSHIDA

Qatag‘on bir xonadon eshigini bir marta emas, qayta-qayta buzib kirgan hollar ko‘p edi. Bir oiladan aka-uka, ota-bola, hatto bir necha avlod vakillarining siyosiy ayblovlar girdobiga tortilishi 1930-yillar fojiasining eng og‘riqli sahifalaridan. Gazetaning o‘tgan sonlarida Husanxon Niyozov taqdirini yoritar ekanmiz, arxiv hujjatlari bizni yana o‘sha xonadonga – bu safar akasi Hasanxon Niyozov qismati tomon eltdi. Hasanxon […]

10.09.2026 | 14:57

img1471

QUYOSH TOMLARGA QO‘NGANDA…

Yil boshida biror hafta Toshkentda dam olishda bo‘lib uyga qaytgach, dastlab ko‘zim tushgan narsa yon qo‘shnimiz – amakimning o‘g‘li tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari bo‘ldi. Oz emas, naqd yetmishta panel tunuka tomning qibla tarafini deyarli egallagan edi. Amakimning hali uylanmagan o‘g‘li bir yilcha xorijda ishlab, yaxshigina pul topibdi. Ishlab topgan puliga boshqa tengqurlari kabi yengil mashina […]

10.09.2026 | 10:15

img1235

JADID KUTUBXONASI